Tiosulfat anioni S2O32- ning xususiy reaktsiyalari Reaktsiyalarnil bajarishda Na2S2O3 ning suvdagi eritmasidan foydalaniladi.
1. Bariy xlorid BaCl2eritmadagi S2O32- ionlari bilan bariy tiosulfatning oq rangli cho’kmasini qosil qiladi: Na2S2O3+BaCl2 = BaS2O3+2NaCl
S2O32-+Ba2+= BaS2O3
Natriy tiosulfat eritmasining 5-6 tomchisiga BaCl2 eritmasidan 8-10 tomchi qoshiladi. Oq cho’kma tushishi kuzatiladi.
Tajribani o’tkazish sharoiti:
Reaktsiya mol miqdorda BaCl2 eritmasi qoshilganda boradi.
Cho’kma qosil bo’lishi uchun probirkaning suyuqlik bor qismidagi ichki devori shisha tayoqcha bilan ishqalab turiladi.
2. Kislotalar tiosulfat eritmalariga ta'sir ettirilganda olitingugurt va sulfat angidrid qosil bo’ladi:
Na2S2O3+H2SO4 = Na2SO4+S+SO2+H2O
Probirka natriy tiosulfat eritmasining 5-6 tomchisiga sulfat kislotaning 2 N eritmasidan 3-4 tomchi qoshiladi. Ma'lum vaqtdan keyin aralashmaning loyqalanishi kuzatiladi.
Sulfidlar kislotalar ta'sir ettirilganda SO2 ajratib chiqarsa qam, oltingugurt qosil qilmaydi. Shuning uchun bu reaktsiya SO32- ishtirokida S2O32- ni topishga imkon beradi va tiosulfat anionining eng muqim reaktsiyalaridan biri qisoblanadi.
4-Ilova
Karbonat anioni CO32-ning xususiy reaktsiyalari Tajribalarnil Na2CO3, K2CO3 va (NH4)2CO3 larning suvdagi rangsiz eritmalaridan foydalanib bajariladi.