Kaliy permanganat eritmasi normalligini aniqlash. Kaliy permanganat eritmasini titrlash indikatorsiz o’tkaziladi. Titrlashda quyidagi reaktsiya boradi:
5 H2C2O4+2KMnO4 +8H2SO4=2MnSO4+K2SO4+8H2O+10CO2
Yaxshi yuvilgan shisha jomrakli byuretkani kaliy permanganat eritmasi bilan nul belgisigacha tolatiladi. Pipetka bilan oksalat kislota eritmasidan 25,00 ml olchab olib, titrlash kolbasiga solinadi, ustiga sulfat kislotaning 2N eritmasidan 10-15 ml qoshiladi va 70-80oC haroratgacha istiladi va isitilgan eritma kaliy permanganat eritmasi bilan titrlanadi. Kaliy permanganat eritmasi tomchilatib, issiq eritmani doimo chayqatib turib qoshiladi, har bir keyingi tomchisi, oldingi tomchining rangi yoqolgach, qoshiladi. Boshlanishda KMnO4 eritmasining rangsizlanishi sekin bo’ladi, keyin katalizator vazifasini bajaruvchi MnSO4 xosil bo’lgach, rangsizlanish tez yuz beradi. Ortiqcha qoshilgan bir tomchi permangant ta'siridan 1 minut ichida yoqolmaydigan och pushti rang xosil bo’lgach, titrlashni toxtatiladi. Titrlashni kamida 3 marta shu yosinda takrorlanib KMnO4 eritmasining ortacha xajmi olinadi. Bunda sarflangan titrantning eng kop va eng kam xajmlari orasidagi farq 0,1 ml dan oshmasligi kerak.
6-Ilova
Mor tuzi tarkibidagi temir (II) miqdorini permanaganatometriya metodi bilan aniqlash
Eritmalardagi Fe2+miqdorini aniqlashni permanganatometriyadan foydalanishning muxim bir korinishlaridan xisoblanadi. Mor tuzi (NH4)2SO4 FeSO4 6H2O yoki (NH4)2Fe(SO4)2 6H2O eritmasini kaliy permanganatning ishchi eritmasi bilan titrlanganda quyidagi reaktsiya boradi: