2.1. Birinchi meditsina yordamini ko‘rsatish qoidalari
Kuyganda (gorelka alangasida yoki issiq jism ta’sirida) kuygan joyni kaliy permanganatning konsentrlangan eritmasi bilan namlash kerak. Kuygan joyni kaliy permanganatning kristalari bilan qo‘ng‘ir rang hosil bo‘lguncha ishqalasa ham bo‘ladi. Kuyganga qarshi suyuqlik bilan (aptechkadan) paxtani namlab kuygan joyga qo‘yish ham mumkin va tezda shifokorga murojaat qilish kerak. Kuchli kuyganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Vodorod sulfid, xlor, brom bug‘lari, azot oksidlari, is gazi bilan zaharlanganda jarohatlangan kishini tezda ochiq xavoga olib chiqish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Agar yuzga yoki qo‘lga kislota sachrasa, darxol suv bilan so‘ngra choy sodasining suyultirilgan eritmasi bilan yuvish kerak. Ishqor to‘kilganda esa silliqligi yo‘qolguncha suv bilan, so‘ngra 2%-li sirka kislotasining eritmasi bilan yuvish kerak.
3. KimYoviy idishlar
Rasm. 2. Probirkalar: a – oddiy; b- kalibrovka qilingan.
Ris. 3. Kimyoviy stakanlar: a - burunchali; b – burunchasiz; v – kalibrovka qilngan.
Laboratoriya amaliyotlarida turli o‘lcham va shakldagi kolbalar keng qo‘llaniladi (tubi yassi, tubi yumaloq va konussimon) (rasm 4).