Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


Vodorod sulfidning olinishi va uning yonishi



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə41/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

Vodorod sulfidning olinishi va uning yonishi
Vodorod sulfid nihoyatda zaharli. Shuning uchun u bilan bo‘ladigan barcha reaksiyalarni mo‘rili shkafda bajaring.
Laboratoriyada mavjud bo‘lgan shunday reaktivlarni tanlangki, ular o‘zaro ta’sirlashganlarida xona temperaturasida vodorod sulfid gazini olish mumkin bo‘lsin. Tanlangan reaktivlar va ularning konsentratsiyalari to‘g‘ri tanlanganligini bilish uchun o‘qituvchiga ko‘rsating. 73 rasmdagi asbobni yig‘ing. Uni shtativga mahkamlab reaksiyani o‘tkazing. Reaksiya tenglamasini yozing. Gaz mo‘l miqdorda ajrala boshlagach, gaz o‘tkazuvchi trubkadan chiqayotgan gazni yoqing.Vodorod sulfidning to‘la yonish reaksiyasini yozing. Olov ustida kutilayotgan moddalar hosil bo‘layotganini namlangan indikator qog‘ozi va quruq varonka yordamida isbotlang.
Vodorod sulfid alangasi sovuq jisimga tekkganida yoki kislorod yetishmaganda tula yonmaydi
Yonib turgan vodorod sulfid alangasiga chinni tigelning sovuq qopqoqchasini tuting. Unda sariq modda tuplanishini kuzating. Nima xosil buldi? Vodorod sulfidning chala yonish reaksiya tenglamasini yozing. Yonish jarayonida vodorod sulfid qanday kimyoviy xossani namoyon qiladi.


Vodorod sulfidli suvning olinishi.
Vodorod sulfidning suvdagi eritmasini tayyorlang. Buning uchun Kipp apparatidan yoki vodorod sulfid olish uchun qullanilgan asbobdan foydalanib, gaz o‘tqazuvchi nayni probirkadagi suvga birnecha minut quyib quyish kerak.
Olingan eritmani neytral lakmus eritmasi bilan sinang. Lakmus rangini o‘zgarishi eritmaning qanday xossasini kursatadi.
Sulfid kislotasining dissotsilanish reaksiyasi tenglamasini yozing. Ilovadagi jadvaldan foydalanib sulfid kislotaning kuchi xaqida xulosa qiling.


Vodorod sulfidning qaytaruvchi xossalari.
Vodorod sulfidli suv bilan bromli suvga, kislota muhiti hosil qilingan kaliy permanganat va kaliy dixromat eritmalariga ta’sir qiling. Reaksiya sodir bo‘lishida qanday tashqi belgilarni kuzatdingiz. Reaksiya tenglamalarini yozing. Koeffitsiyentlarni tanlang.



Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin