Mashq va masalalar Kaliy sulfit va gidrosulfitlarni qanday qilib olish mumkin?
Quyidagi oksidlanish-qaytarilish jarayonida oltingugurt (IV) birikmalari qanday vazifalarni bajaradi:
HJO3 Q H2SO3 ...; FeCI3 Q SO2 Q H2O ...;
HNO3(kons.) Q SO2 Q H2O ...; SO2 Q C to ...;
NaHSO3 Q CI2 Q H2O ...
reaksiya tenglamalarini tugallang va koeffitsiyentlar tanlang.
Nima uchun sulfat kislotasini qo‘llash mumkin emas:
a) Uglerod (IV) oksidni kaltsiy karbonatdan olish uchun;
b) Vodorod olish uchun sulfat kislotasiga qo‘rg‘oshin ta’sir ettirib?
4. Quyidagi gazlardan qaysilarini konsentrlangan sulfat kislotasi dan o‘tkazib quritish mumkin: SN4, H2Se, CO2, NH3, H2S.
5. Nima uchun kontakt usuli bilan sulfat kislota ishlab chiqarishda oltingugurt (IV) oksid suvda emas, balki konsentrlangan sulfat kislotada eritiladi?
6. Quyidagi reaksiyalar qanday sharoitda sodir bo‘ladi:
NaCN3COO Q H2SO4 ...; Na2SiO3 Q H2SO4 ...;
NaCI Q H2SO4 ...; NaNO3 Q H2SO4 ....
7. Konsentrlangan sulfat kislotasi bilan quyidagi moddalarning reaksiya tenglamalarini tugallang, koeffitsiyentlar tanlang:
H2SO4 Q Fe to ...; H2SO4 Q Mg to ...;
H2SO4 Q Ag to ...; H2SO4 Q P to ...;
H2SO4 Q C to ...; H2SO4 Q HJ to ....
8. 0,1M natriy tiosulfat eritmasiga mo‘l miqdorda H2SO4 ta’sir ettirilganida 4,8 g oltingugurt hosil bo‘ldi. Reaksiya uchun natriy tiosulfatning qanday hajmi olingan?
Xlorning azot bilan 2 l (n.sh.) aralashmasidagi barcha xlorni yuttirish uchun 3,16 g natriy tiosulfat sarflandi. Gaz aralashmasidagi xlorning hajmiy ulushini aniqlang.
Tarkibida 40% oltingugurt bo‘lgan 1 t flotatsiya qoldig‘idan qanday massadagi 75%li H2SO4 eritmasini olish mumkinligini hisoblang.
Tarkibida 45% oltingugurt bo‘lgan 5 t pirit konsentratidan tarkibida 60% SO3 bo‘lgan oleumdan qanday massada olish mumkin?
0,6 mol natriy sulfitga kislota ta’sir ettirib 20oSda va 95 kPa bosimda bo‘lgan oltingugurt (IV) oksidini olinganda qanday hajmni egallashini hisoblang.
Tarkibida 70% FeS2 bo‘lgan piritni 5 t.sini kuydirish uchun (n.sh.) qanday hajmdagi havo kerak bo‘ladi?