Mashq va masalalar Mn3O4 ni struktura formulasini yozing va bu modda qaysi sinf birikmalariga ta’luqliligini ko‘rsating.
Mn(OH)2 suvda oz erishini va NH4OH kam dissotsilanishini nazarda tutib, marganeS (II) gidroksidini ammoniy xlorid ishtirokida erib ketishini tushintiring.
Xloridlardan xlor olish uchun marganetsning qanday birikmalardan foydalaniladi? Reaksiya tenglamalarini yozing.
Quyidagi reaksiya tenglamalarini tuzing:
Mn2Q Mn4Q ; MnO42- Mn4Q ; Mn2Q MnO42-.
Oksidlovchi va qaytaruvchilarning formulalarini, reaksiya muhitini hosil qiluvchi moddalarni ko‘rsating.
Kislotali, neytral va ishqoriy muhitda KMnO4 ni NaNO2 bilan o‘zaro ta’sirlanish reaksiyalarini molekulyar va ionli shakllarda yozing.
Reaksiya tenglamalarini tugallang va koeffitsiyentlarni qo‘ying:
KMnO4 +Cr2(SO4)3 + KOH ...; KMnO4 + H2O2 + H2SO4 ... .
Pirolyuzitdan qanday qilib KMnO4 ni olish mumkin? Reaksiya tenglamalrini yozing.
10 l xlor olish uchun 180S va 100 kPada konsentrlangan HCI bilan ta’sirlanish uchun qancha miqdorda KMnO4 kerak bo‘ladi?
9. 250 ml 0,1M KMnO4 eritmasi rangsizlanishi uchun 170S va 101 kPa bosimda qancha xajm SO2 o‘tkazish kerak?
10. 0,12g temir simini H2SO4 da xavosiz muxitda eritilgan. Xosil bo‘lgan temir (II) sulfatni oksidlash uchun 33,6 ml 0,1103n KMnO4 eritmasi sarflangan. Simdagi temirning protsentda ifodalangan massa ulushi aniqlansin.