1. Kaliy xromat K2CrO4 yoki kaliy dixromat K2Cr2O7. Ba2+ kationlari bilan sariq kristallik cho’kma xosil qiladi:
BaCl2+K2CrO4 = BaCrO4¯+2KCl
Ba2++CrO42- = BaCrO4¯
2BaCl2+ K2Cr2O7+H2O = 2BaCrO4¯+2KCl+2HCl
2Ba2++Cr2O72-+H2O = 2BaCrO4¯+2H+ Probirkaga 3 tomchi bariy xlorid yoki bariy nitrat eritmasidan solib, ustiga kaliy xromat K2CrO4 yoki kaliy dixromat K2Cr2O7 eritmasidan 3 tomchi qoshiladi va suv hammomida isitiladi. Bunda bariy xromat BaCrO4 ning sariq kristallik cho’kmasi xosil bo’ladi.
Tajribani bajarish sharoiti:
- Reaktsiya neytral va kuchsiz kislotali muxitda bajariladi
- Eritmada Sr2+ va Sa2+ kationlari bo’lsa reaktsiyani sirka kislotali muxtda rN=3-5 bo’lganda o’tkaziladi
- Eritmani isitish cho’kma tushishishini tezlashtiradir Sr2+ va Sa2+ kationlari ham dixromat-ionlari bilan sariq cho’kma xosil qiladi, lekin ular sirka kislotada eriydi. Shu
sababli bu reaktsiyadan Ba2+ ionlarini Sr2+ va Sa2+ ionlarini ionlaridan ajratishda foydalanish mumkin.
2. Alangani bo’yash reaktsiyasi. Bariyning uchuvchan tuzlari, masalan BaCl2, Ba(NO3)2 va boshqalar gazning rangsiz alangasiga kiritilsa, alanga sargish-yashil tusga kiradi.