Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə23/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
сохавий

Bibliografik axborot- bu hujjatlar haqidagi tezkor xabar (signal), u hujjatlarning bibliografik tavsifi yoki asosiy ma’lumotlar bilangina cheklangan bibliografik ko‘rsatkich. Uning xususiyati tezkorlik, katta xajmdagi adabiyotlar haqida to‘la axborot berish. Axborot mavzusi, muammolar, bilim sohalari, hujjatlarning turlari bo‘yicha ham tartibga solinadi.
Referativ axborot- referativ jurnal, ilmiy-axborot to‘plamlari, ekspress-axborotlar kabi nashr turlarini birlashtiradi. Bunda axborot-hujjatlar haqidagi ma’lumotlar referatlar shaklida beriladi, boshqa turlardan farqi uning xajmida va berilayotgan ma’lumotlar sonida.
Referativ jurnal- bu hujjatlar haqida axborot beruvchi jurnal ko‘rinishidagi vaqtli nashr. Bu materiallarni to‘la beradi, birinchi navbatda ilmiy xodimlarga zarur nashrlarni, ayniqsa shu sohaga oid xorijiy adabiyotlarni tanlashda yordam beradi.
Referativ to‘plam- aniq bir sohadagi ilmiy-texnik yutuqlarni aks ettiruvchi materiallarni yig‘uvchi vaqtli yoki davomli referativ nashr.Unda nashr etilmagan asarlar haqidagi axborotlar ham beriladi.
Ekspress-axborot- vaqtli referativ nashr bo‘lib, u xorijda nashr etilgan va mamlakatimizda nashr etilgan va etilmagan hujjatlarni aks ettiruvchi haftalik yoki oylik nashr. U materillar haqida tanlangan asosda ma’lumot beradi, mazmun keng yoritiladi, maqsadi foydalanuvchilarga juda ham tezkorlik bilan ma’lumot berish.
Sharxli axborot- bir yoki bir necha bibliografik sharxni o‘zida jamlagan, qaysidir fan sohasi, texnika va yoki madaniyat sohasidagi yutuqlar, rivojlanish va an’analarni aks ettirgan manbalarni tahlil qilish va umumlashtirishga oid bo‘ladi. Sharxli axborot referativ jurnallar asosida, referativ to‘plamlar va boshqa axborot nashrlari asosida tayyorlanadi. Ilmiy tadqiqotlarning mazmunini, metodikasini va natijalarini chuqur tahlil qilish ko‘p vaqt, malaka va kuch talab qiladi. Shuning uchun hozirgi paytda bunday sharxlar pullik xizmat ko‘rsatish turiga kiritilgan.
Retrospektiv ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar. Ularning asosiy maqsadi turli xil hujjatlarda aks etgan fan, texnika, madaniyat yutuqlaridan, ma’naviy boylikdan kompleks foydalanishga yordam berishdan iborat. Umumlashtiruvchi, yakunlovchi vazifani bajarish bilan bunday qo‘llanmalar jiddiy tadqiqot ishlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.Uni tayyorlashda barcha ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar–oddiy asardan to memuar asargacha, kundaliklar, ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodikasiga oid asarlar tanlab olinadi. Retrospektiv bibliografiyalarning rivojlanishi kundalik bibliografiyalarning rivojiga, avtomatlashgan tizimdan qanchalik darajada foydalanilayotganiga bog‘liq.
Bu yo‘nalishda tarmoqlararo, tarmoq, mavzuli va muammoli-mavzuli ko‘rsatkichlar, ilmiy muassasalarning, ayrim olimlarning asarlari ko‘rsatkichi, biobibliografik ko‘rsatkichlar, lug‘atlar, mamlakatshunoslik va xuquqshunoslik xarakteridagi ko‘rsatkichlar, nashrlarning ayrim turlariga oid ko‘rsatkichlar (dissertatsiyalar, qo‘lyozmalar va h.k) tuziladi.

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin