O’SMIRLARDA IJTIMOIY DEZADAPTATSIYa HOLATLARIGA OLIB KELUVCHI OMILLARGA QUYIDAGILAR
1. Disfunktsional oila;
2. O’smirning shaxs xususiyatlari (xarakter xususiyatlari , xulqiy og’ishlar,temperament, psixik buzilishlar)
3 Ta’lim muassasaidagi dezadaptatsiya;
4.Norasmiy ijtimoiy muhitning o’smir shaxsiga salbiy psixologik ta’siri);
5. Ijtimoiy demografik sabablar.
Ijtimoiy-pedagogik omillar. Oila, maktab va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo’ladi. Bu omil bolani erta ijtimoiylashuvdan og’ishganlikka, bolalik davridayoq maktabda o’zlashtirmovchilik tufayli maktab bilan aloqaning uzilishi (pedagogik bo’sh qo’yish) olib keladi. O’smirda maktabga bo’lgan ongli ravishda qiziqishning shakllanmasligi motiviga sabab bo’ladi. Bunday bolalar maktabga yomon tayyorlangan, uy vazifalariga negativ munosabatda bo’luvchi, maktab baholariga befarq bo’ladigan, o’quv dezadaptatsiyasiga uchrovchi bo’ladilar.
-O’quv dezadaptatsiya – bolaning maktabga bo’lgan umumiy qiziqishini saqlanishida bir yoki ikki fanni o’zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan holatidir.
Dostları ilə paylaş: |