Muammoli vaziyat


Fizik hodisalarni muammoli o'qitish



Yüklə 153,44 Kb.
səhifə19/22
tarix19.12.2023
ölçüsü153,44 Kb.
#184967
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Muammoli vaziyat-fayllar.org

Fizik hodisalarni muammoli o'qitish. Yuqori sinflarda fizik hodisalarni muammoli o'qitishni quyidagicha tashkil etish mumkin.
1. Hodisani kuzatish
2. Hodisani xarakterli xususiyatlarini aniqlash
3. Mazkur hodisani, boshqa, avvalda o'rgangan hodisalar bilan aloqadorligini aniqlash va hodisaning (mohiyatini) tabiatini tushuntirish.
4.O'rganilayotgan hodisani xarakterlovchi yangi fizik kattaliklar va konstantalar kiritish.
5. Qaralayotgan hodisaga tegishli miqdoriy qonuniyatlarni o'rnatish.
6. Hodisani amaliyotda qo'llanilishi.
Fizik hodisani o'rganishning barcha bosqichlarida muammoli o'qitish metodini u yoki bu darajada qo'llash mumkin. Lekin muammoli o'qitishning imkoniyatlari ayniqsa hodisani (mohiyatini) aniqlashda ochiladi. Buni o'zinduksiya hodisasini o'rganish misolida ko'ramiz.
O'zinduksiya hodisasini muammoli o'qitish uchun uning asosiy mohiyatini yaqqol ko'rsatib beruvchi «tayanch» tajriba kerak. Bunga misol sifatida elektr zanjirini ulaganda o'zinduksiya hodisasini ko'rsatuvchi ma'lum tajribani kuzatish mumkin.
Tajribadan hodisaning asosiy xususiyati (mohiyati) yaqqol ko'rinadi: G'altakli zanjirni ulaganda tok kuchini zanjirning g'altakli qismida sekin-asta oshishidir.
Birinchi qarashda talabalarga kuzatilayotgan hodisa zanjirning bir qismi uchun Om qonuniga ziddek ko'rinadi, chunki ularga zanjirning parallel ulangan qismlarida kuchlanish bir xil va zanjirning bu qismlari uchun qarshilik ham bir xil qilib olinganda (reastat bilan to'g'rilanib borilishi mumkin) ularda tokning o'zgarishi ham bir xil bo'lishi kerak edi.

1-muammoli vaziyat paydo bo'ldi. Paydo bo'lgan vaziyatning muhokamasi sinfda quyidagicha o'tadi.

O'qituvchi: “Avvalo o'zimizga shunday savol beraylik: Qanday fizikaviy sabab zanjirning g'altakli qismida tokning o'sishiga to'sqinlik qiladi?”

Talabalar: Manbaning EYUK (elektr yurituvchi kuch) va zanjirning aktiv qarshiligi o'zgarmasligi sababli. Buning sababi faqat zanjirni ulaganda qisqa muddatga paydo bo'ladigan va manbaning EYUK iga qarama qarshi ishoraga ega bo'lgan induksiya EYUK i bo'lishi mumkin.


Yüklə 153,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin