Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


Tavsiya etiladigan so‘zlar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

Tavsiya etiladigan so‘zlar: mehr-oqibat, jonsarak, himmat, momaqaldiroq
to‘la-to‘kis, obod, mushtarak, avaylamoq, fidokor, jasorat, qadr-qimmat, yetakchi, 
olqishlamoq.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
20.1- topshiriq. 
Matnni o‘qing va berilgan qolip asosida tahlil qiling.
Kundalik yuritganmisiz? Agar har kuni o‘zingizning hissiyotlaringizni, 
ular dan olgan saboqlaringizni yozib borsangiz, siz kundan kunga donishmand-
http://eduportal.uz


78
roq 
bo‘lib borasiz: hayotni anglash salohiyati shakllanadi, kamroq xato qila 
boshlaysiz. Shaxsiy kundalik orzularingizni peshlaydigan, tasavvuringizni 
mashq qildiradigan xususiy makondir. U sizning shaxs sifatida o‘sishingiz va 
aql to‘plashingizga ko‘maklashuvchi hamda o‘tmishni o‘rganib, uni kelajak
-
dagi muvaffaqiyatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi moslamaga aylantiruvchi forumdir.
Shifokorlarning aniqlashlaricha, kishi shaxsiy kundaligi uchun bir kunda 
15 daqiqa vaqt ajratsa, bu uning sog‘lig‘ini yaxshilaydi, immunitetini kuchay
-
tiradi va kayfiyatini ko‘taradi. 
Yodingizdan chiqarmang: sizning hayotingiz o‘ylashga arziydimi, demak, 
yozish kerak. 
(Robin Sharma)
Matn tahlili:
1. Sarlavha. 
2. Asosiy fikr(lar).
3. Matn turi.
4. Ijodkor mahorati.
5. Matnning tili (lug‘at bilan ishlash).
6. Xulosa.
20.2- topshiriq.
Siz ham kundalik tuting va unda yozadigan matnlaringizga e’tiborli 
bo‘ling.
MUSTAHKAMLASH DARSI 
1- topshiriq
. Matnni tinglang. 
NOBEL MUKOFOTI
Taniqli shved ixtirochisi va tadbirkori Alfred Bernxard Nobel 1895- yilda 
o‘z mol-mulkini o‘limidan so‘ng fizika, kimyo, meditsina (fiziologiya), adabiyot 
sohasida yuksak muvaffaqiyatga erishgan olimlar va tinchlikni mustahkamlash
-
dagi buyuk xizmatlari uchun atoqli arboblarga mukofot tariqasida berishni vasi
-
yat qilgan edi. Bu mukofotlar 1901- yildan boshlab berib kelinmoqda. 1968- yil 
Shvet siya Markaziy banki „Riksbank“ ning 300 yilligi munosabati bilan va Nobel 
xotirasiga chuqur ehtirom sifatida iqtisodiyot bo‘yicha ham mukofot ta’sis etildi. 
Hozirgi davrda mavjud oltita 

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin