Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti



Yüklə 123,52 Kb.
səhifə3/8
tarix25.12.2023
ölçüsü123,52 Kb.
#196306
1   2   3   4   5   6   7   8
bAYON..

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


  1. ASOSIY QISM.

  1. Dars jarayonida to‘garaklarning ahamiyati.

To‘garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo‘lib, u o‘quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko‘radi. To‘garakka a’zo bo‘lish ixtiyoriy, ammo uning mashg‘ulotlarida ishtirok etish majburiydir.
Ona tili to‘garagining a’zolari 12–15 o‘quvchidan oshmasligi lozim. Ular parallel sinflardan iborat bo‘lsa, mashg‘ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadi. Agar maktabdam parallel sinflar bo‘lmasa, to‘garak a’zolari bitta sinfdan iborat bo‘lishi ham mumkin.
To‘garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, «Ona tilim – jonu dilim», «Til – dil kaliti», «O‘zbek tili – davlat tili» va h.k.
O`qituvchi ona tilidan sinfdan tashqari ishning tashkil etish yuzasidan juda katta metodik mahoratga ega bo`lmog`i lozim. O`qituvchi ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni ona tili mashg`ulotidan farqini to`g`ri anglashi kerak. Aks holda ona tili darslaridan sinfdan tashqari ishlarning farqi qolmaydi. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning ona tili darslaridan farqi shundaki, o`qituvchi har bir sinf uchun tashkil etilgan sinfdan tashqari ishlarning tashkiliy ishlarini, rejasini, ishtirokchilar ro`yxatini, mashg`ulot mazmuni, o`quv materiali va rejasini o`zi tuzadi va belgilaydi. Bundan tashqari o`tiladigan har bir mashg`ulot uchun ta`lim vositalarini ta`minlash, mashg`ulot xonalarini jihozlash, mashg`ulotlarning faolliyatini yorituvchi devoriy gazetalar tashkil etish va o`tilgan mashg`ulotlarning natijasini hisobga olib borishi zarur. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish shakllari Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan grammatik mavzular, til bilan bog`liq tarixiy sanalar bilan bog`liq holda grammatik o`yinlar, topishmoqlar, topqirlar bellashuvi, she`rxonlik, ifodali o`qish, chiroyli yozuv konkurslari, uchrashuvlar, ulug` kishilar hayotiga sayohat, eng savodli diktant, bayon va insho tanlovi, mushoira, boshqotirma va rebuslar tuzish va yechish kabi mashg`ulotlar ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning mazmunini tashkil etadi. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarga ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborat vositalarini jarayoniga joriy etish zarur.Boshlang`ich sinflarda, sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirishda va mashg`ulotlar materiallarini tanlashda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:
1. O`quvchining yoshi va individual xususiyatlari hisobga olinadi.
2. Bolalar hayotidagi ahamiyatiga alohida e`tibor qaratiladi.
3.Adabiyot ona tilidan sinfdan tashqari ishlar uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki grammatik mavzularga bog`liq she`rlar, topishmoqlar, maqollar, ertaklar, sahna asarlari bolalar adabiyotidan tanlanadi.
4. Didaktikaning tavsiyalariga tayaniladi.
A.G`ulomov ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni doimiy va mavsumiy tadbirlarga ajratadi. U doimiy tadbirlarga to`garak mashg`ulotlarini, qolganlarini vaqt-vaqti bilan o`tkaziladigan tadbirlarga kiritadi.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning vaqti-vaqti bilan o`tkaziladigan turiga uchrashuvlar, “O`tkir zehnlilar musobaqasi“, “Mushoira kechasi“, “So`z mulkiga sayohat“,“So`rang, javob beramiz“, ko`rik-tanlovlar, olimpiadalar, konferensiyalar, haftaliklar, ertalik, bellashuvlar kiradi. Uchrashuvlar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unga ona tili darsliklarining mualliflari, mashhur tilshunoslar – olimlar, ilg`or ona tili o`quvchilari, yozuvchi va shoirlar taklif etilishi mumkin. “Yosh shoirlar mushoirasi“ yoki biror shoir ijodiga bag`ishlangan mushoira mavzusi ham 1-1,5 oy oldin e`lon qilinadi. Bellashadigan guruhlar o`zlariga sardor belgilaydilar. Mushoira shartlari asosida har bir guruh mustaqil tayyorgarlik ko`radi.
Mushoira odatda guruhlarning o`zaro tabrigi bilan boshlanadi. Asosiy qism savol-javobdan iborat. Savollar o`qituvchi yoki bellashayotgan guruhlar tomonidan tuzilishi mumkin. Hakamlar tabrik so`zi va har bir savol-javobga tegishli ball qo`yishadi hamda ular e`lon qilib boriladi. 655 “So`zlar mulkiga sayohat“. Bu mashg`ulot o`quvchilarning so`z zahirasini oshirishga qaratilgan tadbirdir.
O`quvchilar darsdan keyingi bo`sh vaqtlarida so`zlarning etimologiyasi, ularning leksik ma`nosi olamiga sayohat qilishadi. Tilimizdagi so`zlar juda katta xazina bo`lganligi sababli, o`qituvchi qaysi uyadagi so`zlar yuzasidan o`quvchilarning tayyorgarlik ko`rishlari lozimligini 10- 15 kun oldin ma`lum qiladi va qanday manbalardan foydalanish lozimligini uqtiradi. “So`rang, javob beramiz“ pochtasi ham “So`zlar mulkiga sayohat“ning bir ko`rinishi bo`lib, unga javobni ham to`garak a`zolari tayyorlaydilar. “So`rang, javob beramiz“ kechasida o`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishadi. Unga tayyorgarlik 1-1,5 oy oldin boshlanadi. O`quvchilar maktabda tashkil etilgan qutiga o`zlarini qiziqtirgan savollarni yozib tashlaydilar. Muayyan vaqt o`tgach, to`garak a`zolari savollarni yig`ib, ularga javob tayyorlaydilar va kechani tashkil etadilar.
Ko`rik-tanlovlar - ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning muhim turi. Bu tadbir vaqt-vaqti bilan o`tkaziladigan tadbir bolib, uni tashkil etishda o`quvchilarning yoshi, bilim saviyasi hisobga olinadi. Ko`rik-tanlovlar mavzusi oldindan e`lon qilinadi.
Boshlang`ich sinflarda “Kimning xati chiroyli?”, “Matnni kim tez va to`g`ri o`qiydi?”, “Ifodali o`qish“ ,“Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi ertak aytuvchi“ kabi tanlovlar o`tkazilsa bo`ladi. Olimpiadalar ham sinfdan tashqari ishlarning bir turi bo`lib, unga ishtirok etish ixtiyoriy. Olimpiadaga istagan o`quvchilar ishtiroketishlari mumkin. Ona tili olimpiadalari yilda bir marta o`tkaziladigan tadbirdir. Bu tadbirning birinchi bosqichi maktabda, ikkinchi bosqichi tuman (shahar)da, uchinchi bosqichi viloyatda va to`rtinchi bosqichi Respublikada o`tkaziladi. G`oliblarni hay`at a`zolri belgilaydi va keyingi bosqichga tavsiya etadi. G`olib maktab yoki tuman, respublika ma`muriyati buyrug`i bilan rag`batlantiriladi. O`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi tilimizga bo`lgan e`tiborni kuchayturish demakdir.
Oktyabr oyida ””Haftaliklar – quyida keltiriladi. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning yuqorida tilga olingan barcha shakllarini tashkil etishda to`garak a`zolari faol ishtirok etadilar. Xullas, sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar alohida-alohida tadbirlar sanalsa-da, ammo ular o`zaro bog`liq, biri ikkinchisini to`ldiradigan tadbirlardir. To`garak mashg`ulotlari va sinfdan tashqari ishlarning barcha turlaridan unumli foydalanilgan taqdirdagina, ona tili ta`limining samaradorligi ta`minlanadi. Sinfdan tashqari ishlarda o`quvchilarning aqlini o`stiruvchi, fikrlashga va ijodga undovchi ish turlari, ta`limiy o`yinlarga keng o`rin beriladi. O`quvchi o`ynab turib o`ylanadi, izlanadi, bilimini boyitadi.
To’garak mashg’ulotlari darsr mashg’ulotlarini takrorlamaydi, balki uni to’ldiradi va takomillashtiradi.
Ona tili kabineti zamonaviy texnika vositalari, mashhur tilshunos olimlarning portretlari, donolarning til haqidagi aytgan hikmatli so’zlari, DTS talablari, tahlil namunalari, o’quvchilarning diktant, bayon va insho yozishlari uchun esdalik kabilar bilan jihozlangan bo’lishi, o’quv-metodik majmuani o’zida mujassamlashtirishi lozim. Oan tili kabinetida ish qog’ozlarining namunalari bo’lsa. O’quvchilar uchun ancha foydali bo’ladi.
Ko’rik-tanlovlar ham sinfdan tashqari ishlarning muhim turlaridan biridir. Bu tadbir vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan tadbir bo’lib, uni tashkil etishda o’quvchilarning yoshi, bilim saviyasi hisobga olinishi lozim.
Boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilar badiiy va ilmiyommabop kitoblarni mustaqil o'qiy va tanlay oladigan, ulaming mazmun-mohiyatini tushunadigan bo'lishlariga erishish lozim. Bu jarayonda o'quvchilarning faqat kitoblarninggina emas, balki gazeta va jurnallar mutolaasiga ham qiziquvchan faol kitobxon bo'lishlariga e'tibor qaratiladi.
Mavjud dasturlarda sinfdan tashqari o'qish davomida o'quvchilar egallas hi zarur bo'lgan bolalar yozuvchilarining asarlarini tanlay bilish, mustaqil o'qigan kitoblarini, ulardagi qahramonlarning xatti-harakatlarini haholash, asar sujetidagi mllhim o'rinlarni ajrata olish, sintdan tashqari o'qish kundaligi yuritish kabi ko'nikmalarni egallash belgilab betilgan. Sinfdan tashqari o'qish, o'z navbatida, qiziqarli va o'ziga jalb etadigan faoliyat bo'lib, o'quvehilarning bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, kundalik hayotga faol munosabat uyg'otadi. Shuning uehun ham bu xildagi darslarning qurilishi ham xilma-xil bo'ladi. Sinfdan tashqari o'qish darslarida o'quvchilar o'qigan kitoblari hisobga olinadi, yangi kitoblar tavsiya etiladi. Mustaqil mutolaa qilingan asarlar yuzasidan o'tkaziladigan suhbatlarda asar mavzusi, janri, kompozitsion tuzilishi, sujet qurilishi, qahramonlar timsoliga oid tahlil elementlari o'qituvchi savollari asosida o'quvchilar ongiga singdirila boriladi. Sinfdan tashqari o'qish darslarida ham kirish va yakuniy suhbatlar o'tkaziladi. Darslar rejasi butun o'quv yili uchun oldindan tuzilishi lozim.
Sinfdan tashqari o'qishning asosiy vazifasi bolalarni mllstaqil amaliy faoliyatga o'rgatish, bilimini boyitish va o'qish ko'nikmalarini takomillashtirishdir. O'quvchilarga sinfdan tashqari o'qish darslarida o'qishlari zarur bo'lgan kitoblar, ular bilan tanishish tartibi yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. Maktab kutubxonasi bilan birgalikda kitob ko'rgazmalari tashkil etiladi. Bu jarayondn kitob muqovasi , tituli, betlarini farqlay olish , asar muallifi, nomlarini, rassomlarni tanib-bilib olish,rasm asosida asariaming nima haqida ekanini, mazmunini uniqlashga erishish muhim ahamiyatga ega. O'quychilarda muayyan mavzularda tavsiya etilgan asarlar ichidan kitob tanlash va o'qish ko'nikmalarini shakllantirish, ularni o'qigan asari mazmunini qisqacha so'zlab berishga o'rgatish lozim.O'qish mavzusi sinfda o'qiladigan asarlar mavzusi bilan uyg’unligiga, ta'lim-tarbiya birligiga, mavsumiy, bosqichli va bolalar qiziqishiga rioya qilgan holda belgilanadi hamda asarlar tanlanadi.
Boshlang'ich sinflarda STO' darslarini rejalashtirishda quyidagilarga asoslaniladi:
1. Mavsumiy tamoyilga va milliy an'analarimiz bilan bog'liq bo'lishiga.
2. STO' darslarini sinfdan sinfga o'tgan sari bosqichli izchillik tamoyili asosida kengaytirib borishga.
3. Sinfda o'qish darslarida o'rganiladigan mavzular bilan bog'liq bo'lishiga.
4. Bolalar yozuvchilarining tavallud kunlari bilan bog'liq holda ularning ijodini o'rganishga.
5. Bolalarning qiziqishlarini hisobga olishga .
6. Adabiy jarayon bilan hamnafas bo'lishiga.
7. STO' uchun bcriladigan topshiriqlar:ling ijodiy xarakterda bo'lishiga.
8. O'quvchilarda mustaqil o'qish ko'nikmalarining shakllanishiga e'tiborni kuchaytirish va rahbarlik shakllarining xilma-xil bo'lishiga.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning yuqorida tilga olingan barcha shakllarini tashkil etishda to‘garak a’zolari faol ishtirok etadilar.
Xullas, sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar alohida-alohida tadbirlar sanalsa-da, ammo ular o‘zaro bog‘langan, biri ikkinchisini to‘ldiradigan tadbirlardir. To‘garak mashg‘ulotlari va sinfdan tashqari ishlarning barcha turlaridan unumli foydalanilgan taqdirdagina ona tili ta’limining samaradorligiga umid bog‘lash mumkin.

Yüklə 123,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin