Bir soatlik to’garak rejasi: Sinf: 2-sinf
Sana: 05.05.2023
Fan: Ona tili va o’qish savodxonligi
To’garak mavzusi: Bakteriya va mikroblar.
To’garak maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarning “Bakteriya va mikroblar” mavzusi bo’yicha o’tilganlarni takrorlash, mustahkamlash, va rivojlantirish.
Tarbiyaviy: Ozodalik qoidalarini tushuntirish.
Rivojlantiruvchi: Bakteriya va mikroblar haqida qo’shimcha va ko’proq ma’lumotlar berish.
To’garak turi: Mustahkamlovchi
To’garak metodi: Suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.
To’garak jihozi: mikroskob, tozalovchi vositalar.
I Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
II Uy vazifalarni tekshirish. Avvalgi to’garak darsida berilgan topshiriqlarni so’rash.
III Yangi mavzu bayoni:
1 Bakteriyalar qayerlarda yashashi mumkin?
2 Bakteriyalarni ko‘z bilan ko‘rish mumkinmi?
3 Bakteriyalarni ko‘ra olishimiz uchun bizda nima
bo‘lishi kerak?
1. Mos so‘zlar bilan davom ettiring: yuvilmagan
qo‘l.... VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman. Uyga vazifa qo’llarni qanday to’g’ri tozalashni mashq qilib kelish.
Boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilar badiiy va ilmiyommabop kitoblarni mustaqil o'qiy va tanlay oladigan, ulaming mazmun-mohiyatini tushunadigan bo'lishlariga erishish lozim. Bu jarayonda o'quvchilarning faqat kitoblarninggina emas, balki gazeta va jurnallar mutolaasiga ham qiziquvchan faol kitobxon bo'lishlariga e'tibor qaratiladi. Mavjud dasturlarda sinfdan tashqari o'qish davomida o'quvchilar egallas hi zarur bo'lgan bolalar yozuvchilarining asarlarini tanlay bilish, mustaqil o'qigan kitoblarini, ulardagi qahramonlarning xatti-harakattlarini haholash, asar slljetidagi mllhim o'rinlarni ajrata olish, sintd;..m tashqari o'qish kllndaligi yuritish kabi ko'nikmalarni egallash belgilab betilgan.
Sinfdan tashqari o'qish, o'z navbatida, qiziqarli va o'ziga jalb etadigan faoliyat bo'lib, o'quvehilarning bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, kundalik hayotga faol munosabat uyg'otadi. Shuning uehun ham bu xildagi darslarning qurilishi ham xii rna-xii bo'ladi. Sinfdan tashqari o'qish darslarida o'quvchilar o'qigan kitoblari hisobga olinadi, yangi kitoblar tavsiya etiladi. Mustaqil mutolaa qilingan asarlar yuzasidan o'tkaziladigan suhbatlarda asar mavzusi, janri, kompozitsion tuzilishi, sujet qurilishi, qahramonlar timsoliga oid tahlil elementlari o'qituvchi savollari asosida o'quvchilar ongiga singdirila boriladi.
Sinfdan tashqari o'qish darslarida ham kirish va yakuniy suhbatJar o'tkaziladi. Darslar rejasi butun o'quv yili uchun oldindan tuzilishi lozim. Sinfdan tashqari o'qishning asosiy vazifasi bolalarni mustaqil amaliy faoliyatga o'rgatish, bilimini boyitish va o'qish ko'nikmalarini takomillashtirishdir. O'quvchilarga sinfdan tashqari o'qish darslarida o'qishlari zarur bo'lgan kitoblar, ular bilan tanishish tartibi yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. Maktab kutubxonasi bilan birgalikda kitob ko'rgazmalari tashkil etiladi. Bu jarayondn kitob muqovasi , tituli, betlarini farqlay olish, asar muallifi, nomlarini, rassomlarni tanib-bilib olish, rasm asosida asariaming nima haqida ekanini, mazmunini aniqlashga erishish muhim ahamiyatga ega.
O'quychilarda muayyan mavzularda tavsiya etilgan asarlar ichidan kitob tanlash va o'qish ko'nikmalarini shakllantirish, ularni o'qigan asari mazmunini qisqacha so'zlab berishga o'rgatish lozim.
O'qish mavzusi sinfda o'qiladigan asarlar mavzusi bilan uyg'unligiga, ta'lim-tarbiya birligiga, mavsumiy, bosqichli va bolalar qiziqishiga rioya qilgan holda belgilanadi hamda asarlar tanlanadi. Boshlang'ich sinflarda STO' darslarini rejalashtirishda quyidagilarga asoslaniladi:
1. Mavsumiy tamoyilga va milliy an'analarimiz bilan bog'liq bo'lishiga.
2. STO' darslarini sinfdan sinfga o'tgan sari bosqichli izchillik tamoyili asosida kengaytirib borishga.
3. Sinfda o'qish darslarida o'rganiladigan mavzular bilan bog'liq bo'lishiga.
4. Bolalar yozuvchilarining tavallud kunlari bilan bog'liq holda ularning ijodini o'rganishga.
5. Bolalarning qiziqishlarini hisobga olishga .
6. Adabiy jarayon bilan hamnafas bo'lishiga.
7. STO' lIchun bcriladigan topshiriqlar:ling ijodiy xarakterda bo'lishiga.
8. O'qllvchilarda mustaqil o'qish ko'nikmalarining shakllanishiga e'tiborni kuchaytirish va rahbarlik shakllarining xilma-xil bo'lishiga.