74
Ishchi faraz ilmiy tadqiqot ishining asosiy sharoitlarini, harakatlantiruvchi
kuchini aniqlaydi. Ishchi faraz, ilmiy tadqiqot ishining rivoji va hech bo‘lmaganda
shunga yaqin natijani qo‘lga kiritishni o‘z zimmasiga oladi. Ammo buni olg‘a
surilgan faraz nazariy va amaliy asoslangandan keyingina olish mumkin, ya’ni
ilmiy tadqiqot ishi jarayonida asoslangan, tasdiqlangan va rivojlangan ishchi faraz
ilmiy nazariyaga o‘sib o‘tadi.
To‘liq ilmiy asoslangan, tahliliy ishchi faraz keyingi ishlarni
rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ladi, chunki har qanday ilmiy tadqiqot ishida
nazariy va amaliy qism bo‘lib, ular tadqiqot manbaini tasdiqlaydigan aniq
ko‘rsatkichlarga (omillarga, vositalarga, parametrlarga) ajratish imkonini beradi.
Bulardan tashqari ishchi faraz ilmiy tadqiqot ishining asosiy poydevorlaridan biri
bo‘lib, uning yordamida ilmiy tadqiqot ishini to‘g‘ri boshqara oladigan dastlabki
analitik ishchi faraz shakllantiriladi va shu asosda muammo yechimi bo‘yicha
ilmiy izlanishlar boshlab yuboriladi.
Ishchi faraz - kuzatilgan omilning, jarayonning yoki hodisaning ehtimoliy,
bashoratli, faraziy rivoji keltirib chiqaradigan tadqiqotchi tomonidan asoslab
aytilgan fikr, qarash. Ma’lumotlarni o‘rganish manbai va unga tegishli.
Ilmiy faraz — bu avvalo, ilmiy fikrga asoslangan bo‘lib, u ichki his va sezgi
bilan olg‘a suriladigan shaklda paydo bo‘ladi, chunki ilmiy dunyoqarash
(tafakkur)siz fan - texnikada hech bir ilmiy g‘oya (fikr, ta’limot, qarash,
qonuniyat)ni shakllantirib bo‘lmaydi.
Ishchi faraz, ilmiy tadqiqot ishining rivoji va hech bo‘lmaganda shunga yaqin
natijani qo‘lga kiritishni o‘z zimmasiga oladi.
Dostları ilə paylaş: