qoidalari
Magistrlik dissertatsiyasining himoyasi ommaviy shaklda o’tadi, ilmiy
munozara tusida bo’ladi va yuksak talabchanlik, prinsipiallik va ilmiy etikaga rioya
qilish vaziyatida o’tadi. Dissertatsiyaning himoyasi paytida Davlat attestatsiya
Komissiyasi raisi dissertatsiyaning nomini e’lon qiladi, uning muallifining
familiyasi, ismi-sharifini ma’lum qiladi, shuningdek ishda zarur hujjatlarning
mavjudligini bildiradi, magistrantning «ta’limiy va ilmiy tarjimai holini», uning
o‘zlachtirishi, mabodo mavjud bo’lsa, e’lon qilgan maqolalarini qisqacha
tavsiflaydi.
So‘z magistrantning ilmiy rahbariga beriladi. Ilmiy rahbar o’z nutqida
magistrantning dissertatsiya ustida olib borgan ishga munosabatini ochib beradi,
shuningdek attestatsiya komissiyasi, ilmiy rahbarning bergan savollari xususida o‘z
fikrini bildiradi, raislik qiluvchi ilmiy rahbarning dissertatsiya ishi haqidagi yozma
xulosasini davlat attestatsiya komissiyasi a’zolariga o‘qib beradi.
So‘ngra magistrantning o‘ziga so‘z beriladi. Magistrant nutqini oldindan
tayyorlagan ma’ruzasi asosida quradi (imkoni boricha uni yoddan aytib bergani
ma’qul). Tadqiqot natijalarini ma’lum qilish uchun unga 15 minutgacha vaqt
beriladi.
Ma’ruza tadqiqotning metodologik bazasini, qo’yilgan vazifalar yechimi
natijalari va dissertatsiya mavzui bo’yicha tavsiyalarni o’z ichiga oladi. Magistrant
asosiy diqqat-e’tiborini o’tkazilgan tadqiqotning asosiy yakunlari, o’zi shaxsan
ishlab chiqqan yangi nazariy va amaliy qoidalarga qaratadi. Zarur bo‘lganida
tayyorlangan slaydlar, jadvallar va grafiklar namoyish qilinishi mumkin.
Nafaqat magistrant nutqi matnining mazmuni, hhu bilan birga nutqning o’zi
ham himoya muvaffaqiyatini oldindan belgilab beradi. Magistrant nutqi aniq,
imloviy jihatdan to’g’ri, tuchunarli va ifodali bo’lichi kerak. U hamma savollarga
ishonch bilan, ilmiy dalillar asosida javob berishi, erkin nutq qoidalariga amal
qilishi kerak.
Magistrantning nutqidan keyin raislik qiluvchi bajarilgan dissertatsiyaga
rasmiy opponentning taqrizini o’qib beradi va opponet bildirgan fikrlarga o’z
javobini aytishi va opponentning xulosalari hamda tavsiyalari yuzasidan fikr-
mulohazalarini bayon qilishi uchun magistrantga so’z beradi. Shundan so’ng
muhokama va ilmiy munozara jarayoni bochlanadi. Davlat attestatsiya komissiyasi
a’zolari dissertatsiyada ko’tarilgan muammolar, tadqiqot uslublari bo’yicha har
qanday savollarni berishi, tadqiq etish tartib-qoidalarini va tajriba ishi natijalarini
aniqlashtirishi mumkin.
136
Bunday savollarga javob berishda faqat ish mohiyatiga daxl qilinishi lozim.
Magistrant o’zining ilmiy natijalarini baholashda kamtarinlik va Davlat attestatsiya
komissiyasi a’zolariga nisbatan ehtiromli munosabat namoyon qilishi zarur.
Javob berishdan oldin savolni diqqat bilan tinglach va zarur bo’lganida
savolni yozib olishi kerak. Har bir berilayotgan savolga imkoni boricha izchillik
bilan javob qaytarish lozim, savollarning hammasini eshitib bo‘lib, faqat shundan
keyin birdaniga javob berish yaramaydi.Munozara tugaganidan so’ng magistrantga
yakunlovchi so’z berilishi ham mumkin.
Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolarining yopiq majlisida himoyaga
yakun yasaladi. Bunday qaror komissiya a’zolari ovozlarining oddiy ko’pchiligi
bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lib qolganida raisning ovozi hal qiluvchi
bo’lib hisoblanadi. So’ngra rais majlisda ishtirok etuvchilarga dissertatsiyasini
himoya qilgan tadqiqotchilarga magistrlik akademik darajasining berilishini
bildiradi va komissiya majlisini yopiq, deb e’lon qiladi.
XULOSA
1.
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’limda maktabgacha ta’lim
mutaxasisligi bo’yicha taxsil olayotgan magistrlarni ilmiy pedagogogik faoliyatga
tayyorlashga xizmat qiladi. OO‘YUning innovatsion , fundamental, izlanish,
amaliy ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish va olib borish konsepsiyasi va
qoidalarini belgilaydi.
OO‘YUdagi maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot
faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
2.
Maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha yangi bilimlarni yaratish,
yangi texnologiyalarni egallash, fan va texnikaning muhim yo‘nalishlarida ilmiy
ta’limlarni shakllanishi va rivojlanishi uchun asos sifatida fundamental va amaliy
tadqiqotlar rivojining istiqboli;
3.
Oliy ta’limda maktabgacha ta’lim mutaxasisligini shakllanishi va
rivojining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qilish va ishlab chiqish; ta’lim
va tarbiya vazifalarini hal etishda ilm ta’sirini kuchaytirish, oliy ta’lim rivoji uchun
fan xususiyatini belgilovchi bazisni saqlab qolish va mustahkamlash;
4.
Maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha malakali mutaxassis va oliy
toifali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash ishini ta’minlash;
5.
Professor-o‘qituvchilar
va
ilmiy
xodimlar
bilan
hamkorlikda
magistrlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish yo‘li bilan mutaxassislar tayyorlash
sifatini oshirish;
6.
Ilm bilan bog‘liq maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha yuqori
natijalar uchun innovatsiya faoliyatini rivojlantirish;
137
7.
maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha ayrim tadqiqotchilar,
intellektual mulki va mualliflik huquqlarini himoya qilish uchun sharoitlar
yaratish;
8.
Fan va ta’limning jahon darajasiga chiqish uchun xorijiy
mamlakatlarning o‘quv yurtlarining maktabgacha ta’lim mutaxasisliklari bilan
xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish.
Dostları ilə paylaş: |