Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 766
w www.oriens.uz April 2022 bilim olish faoliyatini shakllantirish, darsda ijrochilik maxoratini oshiruvchi
topshiriqlarini, ijodkorlikka yo’naltiruvchi vositalarni mustaqil ravishda ishlashning
har - xil turlariga ko’proq e’tibor berilishini taqozo etadi. Musiqa darsining o’ziga xos
tomoni shundan iboratki, darsda musiqa ta’limi vazifalaridan tashqari, badiiy
ijodkorlik vazifalari ham qo’yiladi. Ijodkorlik-o’quvchi-talabalarning xotirasini
faollashtiradi, fikrlashni, kuzatuvchanlikni, maqsaga intilishni rivojlantiradi.
Oliy ta’lim muassasalarini asosiy vazifasi, har bir yoshning shaxsiy
imkoniyatlarini
rivojlantirish,
ularning
tashabbuskorligi
va
ijodkorligini
kuchaytirishdir. Bunda hamkorlik pedagogikasi- bu talaba shaxsiga yo’ldir.
Shaxsga yo’naltirilgan pedagogika tamoyiliga asoslangan ijodiy hamkorlik
natijasida va o’qituvchi va talabalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jarayonida
talabalarning ijodiy qobiliyatlari to’liq amalga oshiriladi. Ijodiy qobiliyatlar xususida
so’z borganda, Rossiyalik olimlardan I.P Volkov, “ijodiy qobiliyatlarni aniqlash va
rivojlantirish - talabalarni turli xil ijodiy faoliyat bilan tanishtirish”, G.S. Alsxuller –
“ijodiy faoliyat bilan shug’ullanish”; “ijodiy xayolot texnikasi bilan tanishtirish”; I.P.
Ivanovda– “ Bu ijtimoiy madaniyatni yuksaltirishga qodir, ijtimoiy faol ijodkor
shaxsni tarbiyalash”[6] – deb ta’kidlashgan.
Har bir Talabaning shaxsiy xususiyati, imkoniyatiga qarab ijodiy qobiliyati,
ishtiyoqi, qiziqishini samarali rivojlantirish:
- yechimi aniq bo’lgan ijodiy vazifalar berish;
- pedagogik faliyatda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammoli vaziyatlarni
mustaqil hal qilishga o’rgatish;
- musiqa darslarida faoliyat turlarini samarali va qiziqarli tashkil qilishda ijodiy
muxitni yarata bilish;
- Mutaxassislik fanlarining amaliy mashg’ulotlar jarayonida talabalardagi ijodiy
qobiliyatlarni faollashtirish va yo’naltirish usullari bilan amalga oshirilishi mumkin.
- Talabalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish ularning qiziqishi, xohish-istaklari
bilan ham bog’liq.
Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish ta’lim jarayoniga ijodiy yondashuv asosida
amalga oshadi. Ijodiy yondashuv esa shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarini
to’la amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Shunday shaxsga yo’naltirilgan ta’lim
texnologiyalaridan biri – hamkorlikda o’qitish texnologiyasidir. Bunda ayniqsa,
guruhlarda o’qitish, muammoli o’qitish, modulli o’qitish, individual ta’lim asosida
o’qitish kabilar yuqori samara beradi.
Hamkorlikda o’qitishning barcha texnologiyalari, o’qituvchi va talabaning
psixologik
aloqasi
uchun
imkoniyat
yaratadi.
Shaxslararo
aloqalarni