Ovqatlanishning adekvatligini tekshirish baholash


Maktabgacha tarbiya yoshi davri



Yüklə 369,02 Kb.
səhifə11/16
tarix03.12.2023
ölçüsü369,02 Kb.
#172181
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-20 gigiyena

Maktabgacha tarbiya yoshi davri 2-6 yoshlarni o`z ichiga oladi. Bola 2 yoshligida
jismoniy va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi, tanasining og`irligi har oyda 200-250 g dan
ortib boradi, bo`yi 1 sm dan o`sadi.Uch yoshli bola tanasining massasi 1 yilda 2-2,8 kg,
bo`yi 7-8 sm ga ortadi.Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3 yosh oxirida so`z
boyligi 1000 tagacha yetishi mumkin. 2-3 yoshdagi bolalarning xarakterli xususiyati
shundaki, ular juda harakatchan, tinib-tinchimas bo`ladi.Shuning uchun bu yoshdagi
bolalarda shikastlanish, har xil kimyoviy moddalar, kattalar iste`mol qiladigan dorilar
bilan zaharlanish hollari tez-tez uchrab turadi.Shu tufayli bu yoshda ularni bir daqiqa ham
qarovsiz qoldirmaslik kerak.
4-5 yoshli bolalarning og`irligi har yili 1,5-2 kg.ga ortadi, bo`yining o`sishi bir oz
sekinlashib, 1 yilda 4-6 sm ni tashkil etadi; 6-7 yoshda bo`yining o`sishi tezlashib, bir yilda
8-10 sm ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar suyagining ko`p qismi tog`aydan iborat bo`lib,
ular yumshoq, egiluvchan bo`ladi.Shuning uchun bolaning noqulay vaziyatda bo`lishi,
ya`ni uzoq vaqt tik turishi, qimirlamay yoki qiyshayib o`tirishi, stol-stulning bo`yiga mos
bo`lmasligi, to`shagining juda yumshoq, bo`lishi, og`ir yuk ko`tarishi kabilar uning
umurtqa pog`onasi, ko`krak qafasi, chanoq va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qadqomatining
buzilishiga sabab bo`ladi.
Maktab yoshi davri. Ma`lumki, har bir odam umrining o`n bir yilini maktabda yoki kollej
(litsey)da o`tkazadi.Bu davr o`ziga xos xususiyatlarga ega.Bu davrda bola va o`smir
organizmi uzluksiz o`sadi va rivojlanadi.Shu bilan birga u tashqi muhitning turli
ta`sirlariga juda beriluvchan bo`ladi.Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning yashash,
o`qish va tarbiyalanish sharoiti ularning normal o`sishi va rivojlanishiga, sog`lig`iga
salmoqli ta`sir ko`rsatadi.Binobarin, bu sharoitning qulay yoki noqulay tashkil qilinishiga
ko`ra, bolalar va o`smirlarning o`sishi va rivojlanishi normal yoki nonormal bo`lishi
mumkin.
O`quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo`lib yetishishi uchun maktabda va oilada
gigiyena talabalariga rioya qilinishi zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda
dam olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi va sifati, o`quv xonalarida
va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug`lik yetarli bo`lishi, stol-stullar bo`yiga mos
bo`lishi, o`quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani to`g`ri
tutish kabilarga amal qilish muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 369,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin