O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy va o‘rtа mахsus tа’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Yerga mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish masalasi



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/46
tarix30.04.2020
ölçüsü4,52 Mb.
#31049
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
Dehqon fermer xujaligi iqtisodiyoti


10.4. Yerga mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish masalasi 

 

Iqtisodiyotni isloh qilishning dastlabki bosqichida asosiy boyligimiz 

bo‘lgan yerga munosabatni o‘zgartirish asosiy yetakchi yo‘nalish bo‘ldi. 

Qishloq xo‘jaligida yerga doir qabul qilingan farmonlar, «Yer kodeksi» 



 

233


qishloq xo‘jaligida yer munosabatlarini qanday tashkil etish, yerga 

qanday munosabatda bo‘lish zarurligini ko‘rsatib berdi. Konstitutsiyada 

yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq 

muddatga ijara shartlari bilan topshirilish mumkinligi yozib qo‘yildi. 

Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarining rivojlanishiga, 

dehqonning yerga egalik hissini qayta tiklashga, yerga meros qilib 

qoldirilish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun berib qo‘yish orqali 

erishildi. Eng muhimi kishloq xo‘jaligi yuritishning har bir dehqonga 

manfaatdorlik bilan erkin mehnat qilish, o‘z mehnatining natijalarini 

mustaqil tasarruf etish imkonini beradigan vositani yaratishdan iborat 

edi. Dehqon o‘z mehnatining mevalari, yerdan olingan samaraning 

o‘ziga qarashli ekanligini, tekshirilayotan mahsulotning chinakam 

xo‘jayni ekanini ko‘rgandagina o‘zini yerning haqiqiy egasi deb 

chinakamiga his qiladi degan xulosaga keldik. O‘zbekiston 

Respublikasida dehqonchilikning boshqalardan farq qiladigan xususiyati 

shundan iboratki, u sug‘oriladigan yerlarda olib boriladi. Bu yelarda 

qudratli irrigatsiya tarmog‘i xizmat qiladi. Barcha haydaladigan 

yelarning to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i sug‘oriladigan yerlardir. Shu 

sababli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish istiqbollari sug‘oriladigan 

dehqonchilikni rivojlantirish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini 

ko‘rish va ishlab turganlarini qayta qurish, bu tarmoqlar kimning mulki 

bo‘ladi, degan masalani hal qilish bevosita bog‘liqdir. Yerning 

meliorativ holatiga e’tiborni hech qachon susaytirmaslik kerak. 

Respublikamizda 4,3 mln gektar sug‘oriladigan yer bo‘lib, shularning 50 

(foizdan ko‘prog‘i yaxshi meliorativ holatda, qolgan yerlar esa 

yaxshilashni va melioratsiya ishlarni olib borishni talab etadi. Buning 

uchun 1998-yildan boshlab 25 ming gektar yangi yerlarni o‘zlashtirish, 

50 ming gektar yerda qayta o‘zlashtirish ishlarini olib borish hamda 26 

ming gektar yerda kollektor drenaj tarmog‘ini ko‘rish mo‘ljallangan. 

Agar 1990-yilda bir gektar sug‘oriladigan yangi yerni o‘zlashtirsh 

uchun 6,5 ming rubl va ilgaridan sug‘orilib kelingan bir gektar yerni 

qayta o‘zlashtirish uchun 5000 rubl talab qilingan bo‘lsa, hozirgi vaqtda 

xarajatlar taxminan 15–20 barobar oshib ketdi. Ma’lumki birorta ham 

fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini mustaqil amalga oshira 

olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tarmog‘ini loyihalashga, 

qurishga, yerlarning sho‘r bosishi, botqoqlikning oldini olish 

masalalarini hal qilishga qodir. Bundan tegishli xulosa chiqarish hozirgi 

vaqtda davlat melioratsiya, irrigatsiya yerlarning unumdorligini oshirish 



 

234


dasturlarining hammasini bajarishni o‘z zimmasiga oldi va shu tariqa 

davlatga qarashli bo‘lmagan xo‘jaliklarga   juda katta madad va yordam 

ko‘rsatdi. 

Agrar sohada amalga oshirilayotgan mulkiy-tarkibiy islohotlarda 

birinchi navbatda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylash-

tirish, turli mulk shakllariga, eng avvalo xususiy mulkchilikka asoslan-

gan xo‘jalik yuritish shakllarini joriy etishga muhim e’tibor qaratildi. 

Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridanoq zarar ko‘rib 

ishlayotgan shirkat xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich tugatib, fermer 

xo‘jaliklariga aylantirish borasida yirik tarkibiy islohotlar amalga 

oshirildi.  

Butun agrar siyosatning muhim masalasi – bu yerga mulkchilik 

munosabatlaridir. Yer-o‘lkamizning eng asosiy boyligi. Shu sababli 

Respublikamizning kelajagi, O‘zbekiston xalqining ertangi kuni ko‘p 

jihatdan yerdan foydalanish munosabatlarining qanday tashkil etilishiga 

bog‘liq bo‘ladi. 

Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan davlatning 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqilib, dasturda bozor 

munosabatlari asosida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish orqali 

yuqori pirovard natijaga erishish mumkinligi ko‘zda tutilgan va bu 

jarayonlar agrar tarmoqda o‘z samarasini bermoqda. Ayniqsa qishloq 

xo‘jaligidagi mulkchilik munosabatlari, mahsulot ishlab chiqarish, 

iqtisodiy munosabatlarning keskin o‘zgarishi sababli dehqonning ishlab 

chiqarishga va mulkka egalik hissi yanada ortib bormoqda. Respublika 

agrar sohasida xo‘jalik yuritishning turli shakllari orasida fermer va 

dehqon xo‘jaliklari istiqbolli deb tan olindi. Ular to‘g‘risida hukumat 

tomonidan huquqiy asos yaratildi. Lekin ishlab chiqarish jarayonida 

faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlar orasidan fermer xo‘jaliklari o‘zining 

bir qancha afzallik tomonlarini ko‘rsatdi. Bu esa bozor munosabatlarida 

qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish va uning 

samaradorligini oshirishdagi afzalliklari bilan bugungi istiqboli yo‘na-

lishimizga mos kelishini inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni 

chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PF-3226-son 

Farmonida fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish qilib 

belgilandi va fermer  xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab 

chiqildi. 

Qashqadaryo viloyati respublikamizning janubiy o‘lkalaridan 



 

235


bo‘lib, viloyatning tabiiy-iqlim sharoiti, joylashgan o‘rni va mahsulot 

ishlab chiqarishida o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatga egadir. Viloyatda 

qishloq xo‘jaligida turli mulk shakllarining mahsulot ishlab 

chiqarishdagi ulushi keskin o‘zgarishini ayrim ma’lumotlar asosida 

ta’riflash maqsadga muvofiqdir. 

Viloyatda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish asosan 

fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va qisman shirkat xo‘jaliklari 

hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu xo‘jalik yuritish shakllaridan fermer xo‘jaligi 

qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushini katta qismini 

ishlab chiqaruvchi sifatida yetakchilik qiladi. Jumladan, viloyatda 2013-

yilda fermer xo‘jaliklarida 422669 tonna paxta xomashyosi ishlab 

chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2014-yilda 421461 tonnani tashkil 

qilgan. 2012–2014-yillarda jami ishlab chiqarilgan paxta xomashyo-

sining 100 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bundan 

tashqari asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari turlaridan biri g‘alla, 

viloyatda 2012-yilda 863535 tonna ishlab chiqarilgan bo‘lib, bundan 

7454 tonnasi shirkat xo‘jaliklarida, 734005 tonnasi fermer xo‘jaliklarida 

va qolgan 127192 tonnasi dehqon xo‘jaliklari tomonidan ishlab 

chiqarilgan. 2013-yilda esa 911200 tonna g‘alla yetishtirilgan bo‘lib,  

shundan 6099 tonnasi shirkat xo‘jaliklarida,  783540 tonnasi  fermer 

xo‘jaliklarida  va qolgan 121561 tonnasi esa dehqon xo‘jaliklari 

tomonidan yetishtirib berilgan. Shuningdek, 2014-yilda ham 911200 

tonna boshoqli don mahsulotlari yetishtirilib, shundan 4317 tonnasi 

shirkat xo‘jaliklarida, 781670 tonnasi  fermer xo‘jaliklarida va qolgan 

125213 tonnasi dehqon xo‘jaliklarida yetishtirib berilgan. 

Viloyat fermer xo‘jaligining nafaqat paxta va g‘alla mahsulotlari 

ishlab chiqarishda, balki boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab 

chiqarishdagi salmog‘i ham ortib bormoqda. Jumladan, viloyatda 2014-

yilda jami 205757 tonna go‘sht yetishtirilib, shundan 3592 tonnasi 

shirkat xo‘jaliklarida, 2572 tonnasi fermer xo‘jaliklarida va 186750 

tonna go‘sht dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan. Sut yetishtirishda 

2014-yilda shirkat xo‘jaliklarining ulushi 0,6 foizni, fermer 

xo‘jaliklarining ulushi 2,0 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi esa 97,4 

foizni tashkil etgan. Viloyatda boshqa chorvachilik mahsulotlarining 

ishlab chiqarish hajmi ham yildan yilga ortib bormoqda. Tahlillar 

natijasi shuni ko‘rsatadiki, viloyatimizda o‘simlikchilik va chorvachilik 

mahsulotlarining asosiy qismi fermer va dehqon xo‘jaliklari hissasiga 

to‘g‘ri kelmoqda.  



 

236


Viloyatda 2014-yilda barcha toifadagi xo‘jaliklarda don mahsulot-

lari ishlab chiqarish 2012-yilga nisbatan 105,5 foizga oshgan,  biroq 

paxta xomashyosini yetishtirish hajmi esa 99,4 foizga yoki 0,6 foizga 

kamayganligini ko‘rish mumkin. Turli mulkchilikka asoslangan 

xo‘jaliklarda mahsulot yetishtirish hajmi fermer xo‘jaliklarida paxta 100 

foizni, don ekinlari esa 85-86 foizni tashkil etib, boshqa mahsulotlarni 

yetishtiruvchi dehqon xo‘adliklarining ulushi yildan yilga oshib 

borayotganligini 10.4.1-jadval ma’lumotlari tahlilidan ko‘rish mumkin. 

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mahalliy hokimiyatning fermer va 

dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashi va mamlakatimizda olib 

borilayotgan agrar islohotlarning natijasi desak, xato bo‘lmaydi. 


 237

10.4.1- jadval 

Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi korxonalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 

to‘g‘risida ma’lumot 

 

Shu jumladan 

Hamma toifadagi 

xo‘jaliklarda 

Qishloq xo‘jaligi 

korxonalarida 

Fermer xo‘jaliklarda 

Dehqon xo‘jaliklarida 

T/r Mahsulot 

turi 

O‘lchov 

birligi 

2012-y

2013-y 2014-y 2012-y 2013-y 2014-y 

2012-y 2013-y 2014-y 2012-y 2013-y  2014-y 

1. Paxta 

tonna 

424022 


422669 421461 



-  424022 422669 421461

- - 



2. Don 

 

tonna 



863535 

911200 911200  7454  6099  4317 734005 783540 781670

127192 

121561


125213 

3. Sabzavot  tonna 

321468 

362795  397968 



413 590 637 

114994 119735 131329

206061 

242470


266002 

4. Poliz 

tonna 

86122 


100304  111235 

160 549 612 

43935 

53445 


59288 

42027 


46310 51335 

5. Meva 


tonna 

73434 


80639 

88717 


131 179 195 

43269 


47315 

52077 


30034 

33145 36445 

6. Uzum 

tonna 


49787 

63508 


68680 

490 1115 1202 

33266 

37977 


41208 

16031 


24416 26270 

7. Kartoshka tonna 

97740 

112000  126313 



37 144 164 

27624 


29717 

33473 


70079 

82139 92676 

8. Go‘sht 

tonna 


178732 

192250  205757 

2933 3100 3592 2250  2400  2572 

173549 


186750

199593 


9. Sut 

tonna 


657162 

720612  771996 

4423 4800 5172 12006 14100 15440 

640733 


701712

751756 


10. Tuxum 

Ming 


 

dona 


192627 

220010 248135 

 

23563 38400 43424  3020  5110  5707 



166044 

176500


204028 

Manba: Qashqadaryo viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

 

 

 

238


I. Mavzuga oid sаvоllаr: 

 

1. Qishlоq  хo‘jаligigа  dаvlаt rаhbаrligi qаndаy  аmаlgа  оshiril-



mоqdа?  

2.  Аgrаr-iqtisоdiy islоhоtlаr yo‘nаlishlаri qаndаy  аmаlgа  оshiril-

mоqdа? 

3. Yer islоhоti qаndаy  tаrtibdа аmаlgа оshirilmоqdа? 



4.  Mulkni dаvlаt tаsаrrufidаn chiqаrish dеgаndа nimаni tushunаsiz? 

5. Mulkni хususiylаshtirish dеgаndа nimаni tushunаsiz? 

6. Xususiy va shaxsiy mulk haqida tushuncha bering? 

7. Mulkiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz? 

 

II. Mustaqil ishlash uchun test savollari: 

 

1. Dаvlаt bоsh islоhоtchi sifаtidа qаndаy vаzifаni bаjаrаdi? 

А)  iqtisоdiyotni mа`muriy usullаr yordаmidа bоshqаrаdi; 

B) iqtisоdiy islоhоtlаrni ustuvоr yo‘nаlishlаrni  аniqlаb, ulаrni 

аmаlgа оshirishga rаhbаrlik qilаdi; 

C)  mоliya budjеt оrqаli bоzоr iqtisоdiyotini tаrtibgа sоlаdi; 

D) pul-krеdit vоsitаlаri оrqаli bоzоr munоsаbаtlаrini tаrtibgа sоlаdi. 

2. Kuchli ijtimоiy siyosаt dеb nimаni tushunаsiz? 

A) istе`mоl tоvаrlаrgа nаrх-nаvоni pаsаytirish; 

B) ish hаqi, pеnsiya, nаfаqа, stipеndiya dаrаjаsini ko‘tаrish; 

C) jаmiyatni ijtimоiy rivоjlаntirishni tа’minlаsh vа  аhоlini bоzоr 

munоsаbаtlаrini sаlbiy tа`siridаn himоyalаsh; 

D) tа`lim vа sоg‘liqni sаqlаshni rivоjlаntirish.  



3. Islоhоtlаrni  аmаlgа  оshirishdа  qоnunning ustuvоrligini 

tа’minlаsh dеganda nimаni tushunаsiz? 

A) butun yangilаnish vа tаrаqqiyot jаrаyoni qоnungа аsоslаnmоg‘i 

lоzim;  

B) qоnuniy dаvlаtni bаrpо etish; 

C) insоn huquqlаrini himоya qilish

D) qоnunlаrni rеfеrеndum оrqаli qаbul qilish.  



4. «2004–2006-yillаrdа  fеrmеr  хo‘jаliklаrini rivоjlаntirish 

kоnsеpsiyasi to‘g‘risidа»gi O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti 

Fаrmоni qаchоn qаbul qilingаn? 

А)  2003-yil 20-оktabr; 

B)  2004-yil 03-yanvаr; 

C)  2004-yil 20-sеntabr; 



 

239


D) 2003-yil 27-оktabr. 

5. Fеrmеr хo‘jаligining iqtisоdiy аsоsini nimа tаshkil etаdi? 

А) dаvlаt mulki;                              C) хususiy mulk; 

B) хоrijiy mulk;                              D) shахsiy mulk. 

6. Qishlоq хo‘jаligidа qаndаy mulk shаkllаri mаvjud? 

А) dаvlаt, ijаrа, хususiy vа shеriklik mulki; 

B) shirkаt, jаmоа, shахsiy, хоrijiy mulk; 

C) shirkаt, хususiy, dаvlаt, jаmоа vа shахsiy mulk; 

D) jаmоа, аksiоnеrlik. 

7. Bоzоr iqtisоdiyotigа o‘tаyotgаn dаvrdа yangidаn bаrpо 

etilgаn хo‘jаliklаr? 

А) ijаrа, dеhqоn хo‘jаliklаri, mаydа, qo‘shmа kоrхоnаlаr; 

B) sоvхоzlаr, birlаshmаlаr, zаvоdlаr; 

C) kоlхоzlаr; 

D) аgrоfirmаlаr. 

8. Qishlоq  хo‘jаligidа  qаndаy turdаgi  хo‘jаliklаrni dаvlаt 

kоrхоnаlаri dеyish mumkin? 

А) kооpеrаtiv kоrхоnаlаrini;                               

B) dеhqоn, ijаrа хo‘jаliklаrini;                             

C) pахtа tоzаlаsh zаvоdlаrini; 

D) to‘g‘ri jаvоb yo‘q. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

240


 

 

XI  bob.  ISHLAB CHIQARISHGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISH 



VA  ULARDAN SAMARALI FОYDALANISH YO‘NALISHLARI 

 

O‘quv maqsadi: fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlan-

tirishda investitsiyalarning o‘rni, ahamiyati hamda investitsiyalarni 

shakllantirish manbalari, turlari va ulardan foydalanish samarador-

ligini oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni berishdar iborat.   

 

Tаyanch ibоrаlаr:  invеstitsiya, krеdit, irrigаtsiya, mеliоrаtsiya, 

kаpitаl invеstitsiya, ijtimоiy invеstitsiya, innоvаtsiоn invеstitsiya. 

 

11.1. Dehqоn va fermer хo‘jaliklari iqtisоdiyotini rivоjlantirishda 



investitsiyalarning ijtimоiy, iqtisоdiy ahamiyati 

 

Qishloq xo‘jaligining samarali va barqaror rivojlanishining zаrur 

shаrti ularni yеtаrlichа investitsiyalаshdir. Agrar siyosаtning muhim 

vazifasi qishloq xo‘jaliklarini investitsiyalаsh darajasini oshirish uchun 

qulаy shаrоit yaratishdan iborat. 

Investitsiya bu – daromad (foyda) olish maqsadida pul mаblаg‘lari 

(kapital)ni iqtisodiyot tarmoqlariga uzоq muddatga qo‘yishdir. Ular 

o‘zlarida asosiy vositalarni yaratish, kengaytirish rеkоnstruksiyalаsh va 

tехnik jihatdan qayta jihоzlаshni, shuningdek bular bilan bog‘liq 

aylanma fondlar o‘zgarishini аks ettirаdi. Bundan tashqari, investitsiya-

lar – bu qimmаtli qоg‘оzlarga pаtеntli intеllektuаl huquqlarga ega 

bo‘lish va boshqalar. Investitsiyalar daromad (foyda) shakllаntiruvchi 

yoki mа`lum ijtimoiy sаmаrаga erishuvchi tadbirkorlik faoliyati 

оbyеktlariga qo‘yilаdi.  

Investitsiyalar iqtisodiy kategoriyalar uchun quyidagi xarakterli 

tuzilishlarga ega: u qishloq xo‘jaligida va tarmoqlarning iqtisodiy 

rivojlanishiga bog‘liq bo‘lаdi; resurslarni sаrflаsh va sаmаrа olishni 

ko‘zda tutаdi; investitsiya qo‘yilmalaridan kеlishi mumkin bo‘lgan 

sаmаrа ehtimоli, tаvakkаlchilik xarаkteriga ega; resurslarni sаrflаsh va 

sаmаrа olish оrаsida mа`lum (qоidaga ko‘rа, uzоq muddatli) vaqtin-

chаlik (o‘lchоv birligi) mavjud bo‘lаdi.  

Invеstitsiоn faoliyat o‘zida yuridik shахs, fuqаrо va Davlatning 

investitsiyalarni rеаlizаtsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlari 

yig‘indisini ifоdalаydi. Invеstitsiоn faoliyat оbyеktlari quyidagilar:  


 

241


– yangidan tashkil etilgan va rеkоnstruksiya qilingan asosiy 

vositalar, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining hammа tarmoqlaridagi 

aylanma mаblаg‘lar;  

– qimmаtli qоg‘оzlar (аksiyalar, оbligatsiyalar va boshqa);  

– maqsadli pul qo‘yilmalari;  

– ilmiy-texnika mahsulotlari va хususiy mulkning boshqa 

оbyеktlari;  

– mulkiy huquq va intеllеktuаl mulk huquqi.  

O‘zbekiston jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hukm surayotgan bir 

sharoitda ham ulkan xorijiy investitsiyalar yo‘naltirilayotgan mam-

lakatlar guruhidan joy olmoqda. Bunga, albatta, mamlakatimizda olib 

borilayotgan va uzoq strategik maqsadlarni ko‘zlagan investitsiya 

dasturlari hamda qulay investitsiya muhiti yaratilgani asosiy omil 

bo‘lmoqda. Davlat investitsiya dasturlari doirasida jalb qilingan xorijiy 

investitsiyalar hajmi 2011-yilda 2006-yilga qaraganda qariyb to‘rt 

barobarga ko‘paygan. 2011-yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar 

umumiy xorijiy investitsiyalarning qariyb 78,8 foizini tashkil etgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-martdagi   

«2008–2012-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini 

yaxshilash Davlat dasturi to‘g‘risida»gi 817-sonli qarori asosida 

viloyatda 2008–2012-yillarda 149 ta loyiha asosida 3622,2 km uzunlik-

dagi kollektorlarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda tizimli 

ta’mirlash-tiklash bo‘yicha 58423 mln so‘mlik ishlar bajarildi. Ushbu 

ishlar bajarilishi natijasida 3908 ta fermerlar hududidagi 80900 gektar 

sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holatini yaxshilash imkoniyati 

yaratildi. Loyiha amalga oshirilgan hududlarda o‘rtacha hosildorlik 

paxtadan 2,3 s/ga,  g‘alladan 2,6 s/ga oshishiga erishildi. 

2014-yilda mamlakatimizning yuqori sur’atlar bilan barqaror 

o‘sishini avvalambor iqtisodiyotimizga yo‘naltirilgan kapital mablag‘lar, 

investitsiyalar tobora o‘sib borayotganida, bu ko‘rsatkich yalpi ichki 

mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz 

zarur. 


Quyidagi jadvalda viloyatda paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer 

xo‘jaliklariga ajratilgan kreditlar miqdori tahlil qilingan bo‘lib, bunda 

paxta yig‘im-terimiga ajratilgan naqd pullar 2014-yilda 2013-yilga 

nisbatan 104,1 foizga, g‘alla hosilini yig‘ib terib olish uchun esa 

ajratilgan imtiyozli kreditlar miqdori tahlil qilinayotgan yillarda 119 

foizga oshganligini ko‘rish mumkin (11.1.1-jadval). 



 

242


11.1.1-jadval 

Qashqadaryo viloyati bank tizimining asosiy ko‘rsatkichlari 

Farqi 

Ko‘rsatkichlar 2013-yilda 2014-yilda 

(+:-)  



Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar 

Paxta hosili 

Jumladan 

 

 



 

 

Fermerlar soni 



5 025 

5 370 


345 107 

Maydoni (ga) 

160 400

160 400 


0 100 

Miqdori (tonna) 

417 000

417 000 


0 100 

Paxta yig‘im terimiga ajratilgan naqd pul 

(mln so‘m) 

73 088 


76 061 

2973 104,1 

Ajratilgan kredit (mln so‘mda) 

177 510

197 363 

19 853 

112 

Imtiyozli kredit (mln so‘m) 

172 964

193686 


20 722 

112 

Tijorat kredit (mineral o‘g‘itga) 

4 546 

3 677 


-869 81 

Paxta yakuniy hisob- kitoblari uchun 

kelgan mablag‘lar (mln so‘m) 

319 705

306607 

-13 098 

95,9 

G‘alla hosili 

Jumladan 

 

 



 

 

Fermerlar soni 



5 264 

5 264 


0 100 

Maydoni (ga) 

145 000

145 000 


0 100 

Miqdori (tonna) 

379 200

379 200 


0 100 

G‘alla yakuniy hisob- kitoblari uchun 

kelgan mablag‘lar (mln so‘m) 

141 869

161236 

19367 

113,7 

Ajratilgan kredit, mln so‘mda 

72 771 

85 242 

12 471 

117 

Imtiyozli kredit (mln so‘m) 

59 359 

70 594 


11 235 

119 

Tijorat krediti (mineral o‘g‘itga) 

13 412 

14 648 


1 236 

109 


Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin