Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi j
2-Mavzu nomi: Xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning moliyaviy resurslari Iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish shakllaridan biri sifatida XYuSlar moliyasining harakati minimal xarajatlarda maksimal natijalarning olinishini nazarda tutuvchi samaradorlikning umumiqti-sodiy mezoniga bo‘ysunadi. Shu sababli XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini quyidagi formula orqali tasavvur etish mum-kin: Sмр= Nмф : XмрBu yerda: Sмр – XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; Nмф– ma’lum davr (o‘tgan yoki rejali) uchun XYuS faoliyatining moliyaviy natijasi; Xмр – shu moliyaviy natijani qo‘lga kiritish uchun XYuS tomonidan qilingan (yoki rejalashtirilgan) moliyaviy resurslar xarajatlari XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniq-lashda shu narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moliyaviy emas, balki moddiy va mehnat resurslari xarajatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, masalan, mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko‘rsatkichga ega bo‘lamiz, deb hi-soblash maqsadga muvofiq emas. Bu XYuS moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini xarakterlovchi yaxlit ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, unga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiyishlab chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog‘liqligi xosdir. Yuqorida bildirilgan fikr o‘ziga moliyaviy natija va moliyaviy xa-rajatlarning tavsifini mujassam etuvchi XYuS moliyaviy-xo‘jalik faoli-yatining samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko‘rsatkichlarga ham to‘liq tegishlidir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan analitik maqsadlar uchun bu to‘plamdan aynan XYuSning moliyaviy faoliyatini, uning mo-liyaviy va baho siyosatining samaradorligini o‘xshash tarzda xarakter-lovchi ko‘rsatkichlarni ajratish muhimdir. Shunisi taajjublanarliki, XYuS moliyaviy faoliyatining samarador-ligini o‘xshash ifodalovchisi fond, moliya-kredit va pul bozorlaridagi operatsiyalarning daromadliligi hisoblanadi. Bu yerda, ma’lumki, pul (P*) go‘yo to‘g‘ridan-to‘g‘ri puldan (P) qilinadi. U holda moliyaviy samaradorlikni aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishni oladi: Sмр = (P* – P) : P Bu yerda: Sмр – XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; P* – P – bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad. Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi: •XYuS tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni emis-siya qilish asosida bozorda joylashtirishdan olingan dividendlar; •boshqa emitentlar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishdan olingan dividendlar; •banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari; •XYuS foydasidagi valutalar kurslari bo‘yicha farqlar; •va boshqalar. XYuS moliyaviy operatsiyalarining daromadliligini xarakterlovchi ko‘rsatkich ularning samaradorligini sof moliyaviy natijaning sof mo-
69liyaviy xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko‘pchilik hollarda XYuS moliya-xo‘jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iq-tisodiyot real sektori samaradorligining ko‘rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo‘lishlariga qaramasdan moliyaviy “spekulatsiya” imko-niyatlari ularni “cho‘kmasdan” turishiga sharoit yaratadi. Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy re-surslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi ko‘rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati) javob be-radi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul mablag‘laridan iborat bo‘lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko‘rsatkich sifatida e’tirof etish mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramasdan bu yerda yana shuni inobatga olmoq lozimki, ya’ni samaradorlikning o‘lchovi sifatida yuqoridagi ko‘rsatkichning haqqoniy-lik darajasi juda ko‘p omillarga, xususan, tushum va foydani shakllan-tiruvchi bozor baholarining monopol baholarni shakllantirishning salbiy ta’sirlaridan qanchalik ozod ekanligiga bog‘liq. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarda maz-mun va shakl o‘rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjudligi namo-yon bo‘ladiki, bu narsa bizning holatda XYuSlar moliyasining (iqtiso-diyot yaxlit moliyaviy sektorining ham) o‘z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarishdan ajralib chiqishga va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil hayot kechirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. XYuSlar moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko‘rsatkichlar (masalan, tushum va foyda) mod-diy aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning fond sig‘imi kabi iqtisodiy ko‘rsat-kichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-qarshilik, ma’lum darajada, pasayadi. Ana shu munosabat bilan eng umumlashtiruvchi ko‘rsatkich-lardan biri quyidagi formulaga muvofiq ravishda hisoblana-digan XyuS-ning iqtisodiy rentabelligi (biznes rentabelligi) ko‘rsatkichidir: Rи= F : (Kайл+ Kас+ Aном) Bu yerda: Rи – XYuSning iqtisodiy rentabelligi, biznes rentabelligi; F – yillik foyda; Kайл– XYuS aylanma kapitalining miqdori (qiymat baholarida);
70 Kас – XYuS asosiy kapitalining miqdori (qiymat baholarida); Aном– XYuS nomoddiy aktivlarining miqdori (qiymat baholarida); XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda uning moliyaviy barqarorligi, to‘lovga layoqatliligi va likvid-ligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlardan chetda qolmaslik kerak. Bu yerda ham o‘zining mazmuniga ko‘ra sof moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Sof moliyaviy ko‘rsatkichlar qatoriga absolut va muddatli likvidlik koeffitsiyentlarini kiritish mumkin bo‘lib, ular yordamida XYuSning potensial to‘lov qobiliyati baholanadi: Kавс = (P + QQ) : MкмKмуд = (P + QQ + DQ) : Mкм Bu yerda: Kавс – absolut likvidlik koeffitsiyenti; Kмуд – muddatli likvidlik koeffitsiyenti; P – hisobvaraqlardagi va XYuS kassasidagi pullar; QQ – likvid qimmatli qog‘ozlar; DQ – mobilizatsiya qilingan debitorlik qarzlari; Mкм – XYuSning qisqa muddatli majburiyatlari. XYuSning pul mablag‘lari va moddiy resurslarining pulli (qiymat) bahosi aralashadigan ko‘rsatkich joriy likvidlik koeffitsiyentidir. U qu-yidagicha hisoblanadi: Kжл= (PM + MAM) : Mкм Bu yerda: Kжл – joriy likvidlik koeffitsiyenti; PM – pullar va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar (likvid qimmatli qog‘ozlar va jalb qilingan debitorlik qarzlari); MAM – XYuS moddiy aylanma mablag‘larining qiymat bahosi; Mкм – XYuS ning qisqa muddatli majburiyatlari.
Sotuv rentabelligi Shunday bo’lishiga qaramasdan bu yerda yana bir narsani ino-batga olmoq lozim, ya’ni samaradorlikning o‘lchovi sifatida yu-qoridagi ko’rsatkichning haqqoniylik darajasi juda ko’p omil-larga, xususan, tushum va foydani shakllantiruvchi bozor baholari monopol baholarni shakllantirishning salbiy ta’sirlaridan qancha-lik ozod ekanligiga bog’liq Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy re-surslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda baho-lash talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi ko‘rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati)javob beradi Bu nisbatdagi surat va maxraj pul mablag‘laridan iborat bo‘l-ganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko‘rsatkich sifatida e’tirof etish mumkinBarcha moliyaviy ko‘rsatkichlarda mazmun va shakl o‘rtasida di-alektik qarama-qarshilikning mavjudligi namoyon bo‘ladiki, bu narsa bizning holatda XYuSlar moliyasining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy sektorining ham) o‘z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqa-rishdan ajralib chiqishga va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mus-taqil hayot kechirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi
80XYuSlar moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko‘rsatkichlar (masalan, tushum va foyda) moddiy aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning fond qaytimi (sig‘imi) kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-qarshilik, ma’lum darajada, pasayadi Ana shu munosabat bilan eng umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan biri XYuSning iqtisodiy rentabelligi (biznesning rentabelligi) ko‘r-satkichidirXYuS ning iqtisodiy rentabelligi (biznesning rentabelligi)Bu ko‘rsatkich yillik foydaning XYuS aylanma kapitali, asosiy kapitali va nomoddiy aktivlarining miqdorlari yig‘indisiga nisbati bilan aniqlanadi.