O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə54/94
tarix29.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#169779
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Nazorat savollari
1. Moliya tushunchasi iqtisodiy katеgoriya sifatida nimadan iborat?
2. Moliyaning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Moliya qanday vazifalarni bajaradi?
4. Moliyaviy tizim nima?
5. O’zbеkiston Rеspublikasi moliyaviy tizimi qaysi bo’g’inlardan tashkil topgan?
6. Davlatning moliyaviy faoliyati dеganda nimani tushunasiz?
7. Davlat pul mablag’larini to’plash shakllari.
8. Davlat pul mablag’larini taqsimlash usullari.
9. Moliyaviy siyosat tushunchasi nimadan iborat?
10.Moliyaviy siyosat turlari.


6-Mavzu nomi: To'lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar va ularni rasmiylashtirish tartibi.

To’lov talabnomasi mahsulot jo’natilgandan so’ng shartnomada belgilangan 


muddatlarda mahsulot jo’natuvchi korxona tomonidan ro’yxat, ya’ni reestr asosida 
bankka inkassoga topshiriladi.
Ro’yxat to’lov talabnomalarining barcha rekvezitlarini o’z ichiga olgan holda 
ikki nusxada to’ldiriladi. Ro’yhatning birinchi nusxasi korxonaning rahbari va
buxgalteri tomonidan imzolanib muxrning izi bilan rasmiylashtirilishi lozim. 
Ro’yxatning birinchi nusxasi qabul qilingan sana, mas’ul ijrochi imzosi ko’yilgandan so’ng, bankning turtburchak muxr izi tushirilib bankda qoldiriladi. Ro’yxatning ikkinchi nusxasi esa qabul qilingan sana, mas’ul ijrochi imzosi qo’yilib, bankning to’rtburchak muxr izi tushirilib mahsulot etkazib beruvchiga qaytariladi. 
To’lov talabnomalari 3 nusxada to’ldiriladi. Agar maxsulot etkazib beruvchi va 
to’lovchi tomonlarga bitta bank bo’limi xizmat ko’rsatsa talabnoma 3 nusxada taqdim etiladi. Bu holda to’lov talabnomalarning har bir nusxalari quyidagicha ishlatiladi: 
-birinchi nusxa to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi 
tomonidan imzo, to’lovi amalga oshirilgan sana, bankning to’rtburchak muhr izi 
tushirilgan va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga 
tikiladi; 
-ikkinchi nusxasi to’lovni oluvchining hisob varag’iga ilova sifatida mas’ul 
ijrochi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning to’rtburchak muxr izi ko’yilgan va qabul qilingan sana ko’rsatilgan holda beriladi; 
-uchinchi nusxa qabul qilish sanasi, to’lovni amalga oshirish sanasi, mas’ul 
ijrochining imzosi va bank to’rtburchak muhr izi qo’yilgan holda to’lovchiga uning hisob varag’idan ko’chirma bilan birgalikda beriladi. 
Agar to’lovchi va mahsulot etkazib beruvchi bir hudud ichidagi yoki turli 
hududlarda joylashgan turli bank bo’limlari xizmatidan foydalansalar, bu holda ham to’lov talabnomalari 3 nusxada bankka taqdim etiladi. Ularning barcha nusxalari pochta aloqasi yoki kurerlar orqali to’lovchi bankiga jo’natiladi.
2. Mahsulot oluvchi bankida to’lov talabnomasini to’lash bo’yicha 
operatsiyalar.To’lovchi korxona bankiga mahsulot etkazib beruvchi korxona bankidan uchchala nusxa to’lov talabnomasi pochta aloqasi yoki kurerlar orqali kelib tushadi. 
To’lov talabnomalari tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan aktseptlash 
tartibida yoki aktseptlamasdan to’lanishi mumkin. Bank tomonidan talabnomalarni aktseptlash uchun 3 kun yoki 5 kun muxlat beriladi. Lekin korxonaning iltimosiga ko’ra bank bu muddatni 10 kungacha cho’zishi mumkin. Talabnoma bankka kelganda talabnomalarni ro’yxatga olish jurnalida qayd etib mijozning imzosi qo’yiladi. 
Shundan so’ng aktseptlash tartibida to’lanadigan talabnomalarning birinchi va 
ikkinchi nusxasi to’lov uchun aktseptlashni kutayotgan hisob-kitob hujjatlari 
kartotekasiga joylashtiriladi. Bu kartoteka bankda 1-kartoteka deb yuritiladi. Agar 
mijoz 10 kun ichida bankka kelmasa talabnoma kartotekaga joylashtirilmaydi, ijrosiz mol sotuvchi bankiga qaytariladi. Talabnomaning uchinchi nusxasi tovar-transport hujjatlari bilan birga keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan hujjatni aktseptlash uchun qabul qilingan sana ko’rsatilgan holda va to’lov to’g’risida ma’lumot sifatida to’lovchiga beriladi. Agar bankda 1-kartotekaning hisobini yuritish dasturiy yo’l bilan olib borilmasa, bunday talabnomalar qabul qilingan kuni «To’lov uchun aktseptlanishi kutayotgan hisob-kitob hujjatlari»ni hisobga olib borish daftarida ikki nusxada quyidagi rekvizitlarni ko’rsatgan holda bank tomonidan qayd etiladi:
-to’lov talabnomasining bankka kelib tushish sanasi va to’lov muddati; 
-to’lovchining hisob varaq nomeri
-to’lovchining nomi; 
-bank kodi; 
-talabnomaning nomeri; 
-to’lov maqsadi va summasi; 
Yuqorida eslatib o’tganimizdek, to’lovchi to’lov talabnomasining uchinchi 
nusxasini olgandan keyin, uning to’g’ri rasmiylashtirilganligini, shartnoma 
shartlariga to’g’ri kelish-kelmasligini tekshirib chiqadi. To’lovchi belgilangan 
muddatda tovar moddiy qiymatliklarni jo’natishda, xizmatlar ko’rsatishda amaldagi qonuniy hujjat talablariga hamda shartnoma shartlariga amal qilinmagan xollarda talabnomani qisman yoki to’liq to’lashdan bosh tortishi mumkin. Buning uchun bankka yozma ravishda raddiya arizasi topshirilishi lozim. Agar belgilangan muddatda bankka raddiya arizasi topshirilmasa, ya’ni yozma ravishda aktseptlashni rad etmasa talabnoma aktseptlangan bo’lib hisoblanadi. Aktseptlashni rad etish xuquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxslar doirasini bank bo’limi boshqaruvchisi belgilaydi. Banklar aktseptlashni rad qilish mohiyati bo’yicha kelib chiqqan baxs va nizolarga aralashmaydilar.
To’lov talabnomasini to’lashdan bosh tortib yozilgan raddiya arizasi to’lovchi 
tomonidan bankka topshirilganda talabnomalar shu kunning o’zidayoq 1 
kartotekadan olinadi hamda tovar-transport hujjatlari va boshqa ilovalar bilan birga mahsulot etkazib beruvchi korxona bankiga ijrosiz qaytarib yuboriladi. 
To’lovchi talabnomani aktseptlashdan qisman bosh tortganda, to’lovchi tomonidan aktseptlangan summa bo’yicha to’lovlar o’tkaziladi. To’lovchi hisobvarag’ida talabnomaning aktseptlangan qismini to’lashga etarli pul mablag’lari bo’lmaganda talabnoma «Muddatda to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari» kartotekasiga joylashtiriladi.
Bu kartoteka 2-kartoteka deb yuritiladi. Bunda talabnomaning dastlabki summasi o’chiriladi va yonida to’lovchi aktseptlagan summa yozib ko’yiladi. Kartotekaga kirim qilingan summa to’lovchi korxona hisobvarag’iga pul mablag’lari kelib tushgandan so’ng to’lanadi.
Agar 1-kartotekaga joylashtirilgan to’lov talabnomasi bo’yicha to’lovchi 
tomonidan raddiya arizasi kelib tushmasa, to’lov talabnomasi aktseptlash uchun 
berilagn 3 kun muhlat o’tgandan so’ng to’lanadi. To’lov talabnomasini to’lashdan 
avval to’lovchi korxonaning depozit hisob varag’ini yurituvchi mas’ul ijrochi 
talabnomani to’lash uchun etarli pul mablag’larining to’lovchi hisob varag’ida 
mavjudligini tekshiradi. Agar depozit hisob varag’ida etarli pul mablag’lari bo’lsa, 
talabanoma to’lanadi. To’lov talabnomasini to’lash quyidagi buxgalteriya yozuvi 
orqali amalga oshiriladi: 
Debet 20210 «Davlat tasarrufidagi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan 
depozit hisob varag’i» 
Kredit 10301 yoki 16103 «Tijorat bankining vakillik hisobvarag’i» 
Balans ichidagi hisob varaqlar bo’yicha bajarilgan ushbu buxgalteriya 
yozuvlari bilan bir qatorda balansdan tashqari ko’zda tutilmagan holatlar 
hisobvaraqlar bo’yicha ham buxgalteriya yozuvlari bajariladi, 1 kartotekadagi to’lov talabnomasining o’zi kartotekadan olinadi va hisobdan chiqariladi: 
Debet 96319 «To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo’yicha 
kontr. hisob varaq» Kredit 90962 «To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari» Bu buxgalteriya yozuviga karama-qarshi bo’lgan yozuv to’lov talabnomasini 1-kartotekaga qabul qilingan paytda bajariladi, ya’ni to’lov talabnomasining 1-kartotekaga kirim qilinganligini bildiradi. Yuqoridagi buxgalteriya yozuvi esa talabnomaning kartotekadan olinganligini bildiradi.
To’langan talabnoma elektron to’lovlar tizimi yordamida Markaziy bank 
qoshidagi Hisob Markazi orqali mahsulot sotuvchi bankiga o’tkaziladi. 
Talabnomaning ushbu nusxasi bankning kundalik hujjatlar yig’majildiga tikiladi va belgilangan tartibda saqlanadi. Lekin har doim ham to’lovchi korxonaning hisob varag’ida to’lov talabnomasini to’lashga etarli pul mablag’lari bo’lmasligi mumkin. To’lovchining depozit hisob varag’ida mablag’ bo’lmaganda talabnomalar 2-kartotekada to’lovni kutayotgan hujjatlar qatoriga joylashtiriladi, bu haqda mahsulot etkazib beruvchi bankiga xabar beriladi. Talabnoma 2 kartotekaga joylashtirilganda balansdan tashqari ko’zda tutilmagan holatlar hisob varaqlari bo’yicha quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: 
Debet 90963 «Muddatda to’lanmagan hisob-kitob hujjatlar» 
Kredit 96321 “Muddatda to’lanmagan hisob-kitob”
To’lov talabnomasi 2-kartotekada to’lovchi korxonaning talab qilinguncha 
saqlanadigan depozit hisobvarag’iga talabnomani to’lashga etarli pul mablag’lari 
kelib tushguncha saqlanadi. Pul kelib tushgandan so’ng, kelib tushgan mablag’lar 
doirasida me’yoriy hujjatlarda o’rnatilgan tartibda to’lov amalga oshiriladi. To’lov 
o’tkazish bo’yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi: 
Debet Mahsulot sotib oluvchining depozit hisob varag’i Kredit Tijorat bankining vakillik hisob varag’i Bu erda mahsulot sotuvchi turli mulkchlik shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lishi mumkin. Yuqorida to’lov talabnomasi to’langanda davlat tasarrufidagi korxonaning depozit hisob varag’i orqali operatsiya o’tkazilgan holni ko’rgan edik. Balans ichidagi buxgalteriya yozuvini bajarishdan avval hujjat 2-kartoteka hisobidan chiqariladi, bu operatsiya quyidagi buxgalteriya yozuvi asosida amalga oshiriladi: Debet 96321 Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo’yicha kontr hisob varaq Kredit 90963 «Muddatda to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari» Bank 2-kartotekadagi muddati o’tkazib yuborilagn hisob-kitob hujjatlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishda to’lovchilardan penya undirish va oluvchilar foydasiga o’tkazish xuquqiga ega, agar bu bank va mijoz o’rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan bo’lsa. Bank to’lovchilardan mablag’larni oluvchilar foydasiga muddati o’tkazib yuborilagn to’lovlar bo’yicha muddati o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun konunda belgilangan miqdorda penya undiradi. 
Muddati o’tkazib yuborilgan kunlarni belgilashda kalendar kunlar hisobga olinadi. 
Undirilgan penya muddati o’tkazib yuborilgan to’lovning asosiy summasi bilan 
to’lovchining hisobvarag’idan hisobdan chiqaziladi va mahsulot etkazib beruvchining bankiga elektron to’lovlar tizimi orqali o’tkaziladi. 
Ba’zi vaqtlarda to’lov talabnomasini to’lash uchun to’lovchi korxonaning 
roziligi, ya’ni aktseptlashi talab etilmaydi. To’lovchilarning hisobvaraqlaridan 
mablag’larni aktseptlamasdan hisobdan chiqarish tomonlar o’rtasida tuzilgan 
shartnomaga asosan kommunal xizmat, telefon, kanalizatsiya, pochta-telegraf 
xarajatlari hamda tashilgan musor uchun amalga oshiriladi. Kommunal xizmatlar 
uchun to’lovlar va o’lchov asboblari gaz, suv, issiqlik va elektr-energiyasi uchun 
hisoblanadi. Bunday aktseptsiz to’lovlarni amalga oshirish uchun bankka taqdim 
qilingan to’lov talabnomaning yuqori qismiga «aktseptsiz» hamda “hisoblash 
asboblari asosida” degan so’zlari ko’rsatib o’tilgan bo’lishi lozim. Ushbu yozuvlar 
bo’lmagan taqdirda talabnomalar umumiy asosda aktseptlanadi va to’lanadi. 
Talabnomada ma’lum to’lovlarni aktseptlamasdan hisobdan chiqarish xuquqiga ega bo’lgan konuniy hujjat yoki shartnomaning sanasi, nomeri va to’lovning maqsadi ko’rsatilishi shart. Bunda bank ilova qilingan hujjatlarning talabnomada ko’rsatilgan ularning rekvezitlariga mosligini tekshirib ko’radi.
Bank operatsion kuni kelib tushgan aktseptsiz to’lanadigan talabnomalar shu 
kunning o’zida to’lanadi. To’lovchi korxonaning depozit hisob varag’ida talabnomani to’lash uchun mablag’lar yo’qligi yoki kamligi aniqlansa hamda ularni to’lashi uchun bank kreditini berish imkoniyati bo’lmaganda, to’lanmagan summa «O’z muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari» kartotekasi bo’yicha alohida hisob varaqqa o’tkaziladi, talabnomaning o’zi esa 2-kartotekaga joylashtiriladi. Operatsion kun tugagandan so’ng bankka kelib tushgan to’lov talabnomalari keyingi ish kuni to’lanadi. Bunday talabnomalarga «Kechki» degan belgi qo’yib qo’yiladi. To’lovchi korxona bankida to’langan to’lov talabnomasi «Elektron pochta» elektron tizimi orqali Markaziy bank qoshidagi Hisob Markaziga uzatiladi. Hisob Markazida to’lovchi korxona bankining vakillik hisobvarag’idan to’lov talabnomasida ko’rsatilgan pul summasi maxsulot etkazib beruvchi bankining korrespondentsiya hisobvarag’iga o’tkaziladi. Elektron to’lov tizimi orqali olingan elektron talabnomalar mablag’lari oluvchi bankda ikki nusxada qog’ozga chiqariladi. 
Ularning birinchi nusxasi bank mas’ul ijrochisining imzosi va bank muhri qo’yilib 
kundalik hujjatlar yig’majildiga tikiladi va belgilangan tartibda saqlanadi. 
Talabnomaning ikkinchi nusxasi bank mas’ul ijrochisining imzosi va bank muxri 
qo’yilgan holda mahsulot etkazib bergan korxonaning depozit hisob varag’iga ilova sifatida qo’shib beriladi. Shu bilan birga bu korxonaga hisob varaqdan qo’chirma ham beriladi. Mahsulot etkazib beruvchi bankida to’lovchi bankidan kelib tushgan to’lov summasi quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali mablag’ oluvchining hisobvarag’iga o’tkazib ko’yiladi: Debet Tijorat bankining vakillik hisob varag’i Kredit Mahsulot etkazib beruvchining depozit hisob varag’i
Bu erda mahsulot etkazib beruvchi davlat tasarrufidagi, davlat tasarrufidan 
tashqaridagi turli mulkchilik shakllariga qarashli korxonalar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra ularning hisob varaq nomerlari belgilanadi. Ushbu buxgalteriya yozuvi mahsulot etkazib beruvchi korxonaning hisobvarag’iga sotilgan mahsuloti uchun pul mablag’larining kelib tushganligini bildiradi. To’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblar umumlashgan holda kanday amalga oshirilishini to’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblarning hujjatlar aylanishi sxemasi orqali yaqqol ko’rish mumkin.

1. Mahsulot jo’natuvchi korxona bilan mahsulot oluvchi korxona o’rtasida 


xo’jalik shartnomasi tuziladi. 
2. Mahsulot jo’natuvchi korxona mahsulot oluvchi korxonaga tovar jo’natadi.
3. Mahsulot jo’natuvchi korxona o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bank bo’limiga 
to’lov talabnomasi va tovar-trasport hujjatlarini taqdim qiladi. 
4. Mahsulot jo’natuvchi korxona banki mahsulot oluvchi korxona bankiga 
pochta yoki kurerlar orqali hujjatlarni jo’natadi.
5. Mahsulot oluvchi korxona banki kelib tushgan to’lov talabnomasini 
aktseptlash uchun mahsulot oluvchi korxonaga beradi. 
6. Korxona o’z bankiga aktseptlangan talabnomani taqdim etadi. 
7. Mahsulot oluvchi korxona banki talabnomada ko’rsatilgan summani 
to’lovchi korxona hisob varag’idan chegirib, talabnoma bo’yicha to’lovni amalga 
oshiradi.
8. Mahsulot oluvchi korxona banki Hisob Markaziga to’langan elektron to’lov 
talabnomasini modem orqali jo’natadi. 
9. Hisob Markazi elektron to’lov tizimi orqali to’langan talabnomani mahsulot 
sotuvchi korxona bankiga o’tkazadi. (Hisob Markazida bo’ladigan operatsiyalar 
boshqa mavzuda batafsil ko’rilishi sababli Hisob Markazida bajariladigan ishlar 
batafsil yoritilmadi.) 
10. Mahsulot sotuvchi korxona banki talabnoma summasini mahsulot sotuvchi 
korxonaning hisobvarag’iga o’tkazadi. 
11. To’lovning kelib tushganligini habar qilish uchun kompyuterda chiqarilgan 
elektron to’lov talabnomasining ikkinchi nusxasini hisobvaraqdan ko’chirma bilan 
birgalikda mahsulot sotuvchi korxonaga topshiradi.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin