37
topshirilgunga qadar ob’ektning tasodifiy yo’q qilinishi
va shikastlanishi xavfi
pudratchining zimmasida bo’ladi.
Buyurtmachi
shartnoma
bo’yicha o’z zimmasiga qabul qilgan
majburiyatlarni shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab o’ttiz kun mobaynida
bajarmagan
taqdirda, pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda, shartnomaga o’zgartirishlar
kiritish yoki shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir.
Bunda buyurtmachi pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq to’lashdan
ozod qilinmaydi.
Buyurtmachi qurilish maydonida o’z vakilini - texnik auditorni tayinlaydi, u
buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustidan nazoratni amalga
oshiradi, shuningdek pudratchi tomonidan foydalaniladigan
materiallar va asbob-
uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshirib
boradi.
Agar buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki pudratchining
qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida o’z fikrini bayon qiladi.
Pudratchi daftarda buyurtmachi tomonidan asosli ravishda ko’rsatilgan
kamchiliklarni 3 kun muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rish
majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
Qurilishi tugallangan ob’ektni qabul qilib
olish shartnomani imzolash
sanasida amalda bo’lgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada
nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin,
shuningdek qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga
qabul qilib olishning
belgilangan qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
Qabul qilib olingan paytdan boshlab ob’ekt buyurtmachining mulkiga
aylanadi.
Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari pudratchi va
buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi.
Agar pudratchi bajarilgaiy investorlar
sonlar va chala ishlarni, jumladan
uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada ko’rsatilgan muddat ichida bartaraf
38
etmasa, u holda buyurtmachi kafolat summasini
pudratchidan ushlab qolish
huquqiga ega.
Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega:
Dostları ilə paylaş: