sekretsiya qilinib, adenogipofizga maxsus dofaminergik retseptorlar
orqali prolaktin va kam darajada STG sekretsiyasini tormozlanishini
chaqiradi. Uning agonisti hisoblanuvchi parlodel ayollarda sut
bezlarining patologik sekretsiyasida foydalaniladi (galaktorei
sindromi).
Tireoid gormonlar. Ularning strukturaviy asosida ikkita α-
tirozinning kondensillashgan molekulalaridan tashkil topgan tironinli
yadro yotadi. Tironin hosilalarining gormonli faol muhim
strukturaviy tavsifi –ularning molekulalarida 3 yoki 4 ta yod
atomining bo`lishidir. Xuddi shunday triyodotronin (3, 5, 3
'
–
triyodotronin, T
3
) va tiroksin (3, 5, 3
'
, 5' –tetrayodotronin, T
4
) –
gormonlari organizmdagi energiya almashinuvini, o`qsillar sintezini
va tanani rivojlanishini boshqarib, umurtqali hayvonlarning
qalqonsimon bezining follikulyar hujayralaridan ishlab chiqiladi. T
4
ning tuzilishini birinchi marta Kendall (1915) tomonidan, T
3
–Gross
va Tett-Rivers (1952) tomonidan tavsiflangan. T
3
va T
4
ayrim ko`k
yashil suvo`tlarida topilgan. Tironinli gormonlar katexolaminlardan
farqli o`laroq ularning molekulalarida ikkita tekis benzolli halqani
mavjudligi tufayli neytral muhitli suvlarda yomon eriydi. Ularning
suvda eruvchanligi muhitning ishqoriyligi ortgan paytda jiddiy
darajada yaxshilanadi. Shu bilan birga, ular ayrim spirtlarda, aynan
butanolda, yaxshi eriydi, shu sababdan ohirgi qon plazmasi va
to`qimalarda gormonlarni aniqlashda foydalaniladi. Tironinli
birikmalar nisbatan past qutblanishga ega bo`lganligi sababli ular
etarlicha namoyon bo`luvchi lipofillikka ega va ular
katexolaminlarga nisbatan engil hujayra membranalaridan o`tishi
mumkin.
Tireoid gormonlarning biologik faolligi uning molekulasidagi
strukturaviy xususiyatlarini majmuasi bilan aniqlanadi: difenilli
bog`lar, yon zanjirli (alanin qoldig`i ) va yodfenolli funktsiyalari.
Spetsifik gormonal faolligini namoyon bo`lishida, tironinning
yodlanish darajasi va halqalardagi yod atomlarini holati muhim rol
o`ynaydi. Masalan, mono-va diyodtironinlar unchalik faol emaslar,
lekin 3 yoki 4 yod atomini saqlovchi tironinlargina faoldir. Bu
holda A halqasidagi 3- va 5-holatlarni va B halqadagi 3
'-
holatdagi
yodlanishlar ancha yuqori ahamiyatga ega. T
3
ancha yuqori, kuchli
biologik ta`sir ko`rsatishga, T
4-
ancha samarasiz, 3, 3', 5' –
triyodtironin esa umuman gormonal faollikka ega emasligi ko`rsatib
berilgan. T
3
–faqatgina sekretsiya qilinuvchi gormongina bo`lib
qolmasdan, balki u periferiyadagi tiroksinning faollashtirilgan
shaklidir deb hisoblanadi. Bizning nazarimizda, yon zanjir va
diyodlangan A halqasi gormonal molekulaning rekognonli qismi
hisoblansa, monoyodlangan B halqa esa –akton hisoblanadi
(Yorgensen ham mual. , 1962; Tata, 1980). Qalqonsimon bezning
gormonlari hujayralardagi ma`lum almashinuv jarayonlarini alohida
spetsifik ravishda boshqaruvchi –yodning tashuvchisi (transporterlari)
hisoblanadi deb ta`kidlanadi. Triyodli gormonlarning samarasi
faqatgina reaktsiya qiluvchi hujayralar, organlar va to`qimalarda
gormonlarning diyodlanishi yuz berganidan keyingina, ya`ni organik
birikmalardan yod atomlari ajralganidan keyin namoyon bo`ladi.
Keltirilgan ma`lumotlar ma`lum darajada o`z o`rniga ega. Shunday
ekan, tireoidli gormonlar molekulasidagi yod yuqorida qayd
qilinganidek, ajib alohidagi ahamiyatga ega emas ekan. Bizning
nazarimizda uning roli spetsifik tsitoretseptorlar strukturasidagi
tironinli molekulaning strukturaviy mosligini ta`minlashga qaratilgan
bo`lsa kerak.
Dostları ilə paylaş: