1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini davlat boshqaruvining markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy taʼminoti darajasini oshirish, hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish;
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha vazifalarni amalga oshirishda oʻzaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shahslaring huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish; “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari koʻrsatishning samarasi, sifati va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.
Dostları ilə paylaş: |