O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


II. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə45/79
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#43284
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79
МАЖМУА O'zbekistoning eng yangi tarixi 2020 2021 2

II. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari.

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish: sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; sudyalarga gʻayriqonuniy tarzda taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish; sudning mustaqilligi va begʻarazligi, sud protsessi tomonlarining tortishuvi va teng huquqligi tamoyillarini xar tomonlama tatbiq etish; “Xabeas korpus” institutini qoʻllash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish; sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash; sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish.

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash: fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida hal etish, murojaatlarni koʻrib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda boʻlish holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini koʻrish; sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash; fuqarolarining hususiy mulkka boʻlgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;fuqarolarning odil sudlovga toʻsqinliksiz erishishini taʼminlash; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.

2.3. Maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik qonunchiligini takomillashtirish:jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoyi qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish; odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish; jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish, bir birini takrorlovchi vakolat va instansiyalarni qisqartirish; elektron sud ish yurituvi va ijro ishi yurituvining zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish: jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish; diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish boʻyicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish; korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish; aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro samarali hamkorligini tashkil etish.

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash: huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish; sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini oʻqitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish;huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish boʻyicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash.

2.6. Yuridik yordam va xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish: davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining yuridik xizmati faoliyati amaradorligini oshirish;advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, maʼmuriy va hoʻjalik ishlarini koʻrib chiqishda advokat oʻrnini oshirish; notariat va FHDYO organlari tizimini isloh qilis.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin