O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə29/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Qo *llarni prujinasimon harakatlantirish— barcha bo'g'inlarni bir vaqtda bukib prujinasimon yaxlit harakat qilish turli yo'nalish- larda bajariladi.
To Iqinsimon— do'ngsimon yarimcho'qqayishdan boshlana- digan, bo'g'inlarning ketma-ket biri yozilib, biri bukilishidan iborat murakkab yaxlit harakat. To'Iqinsimon harakatning quyidagi turlari

bor: oldinga qarab to'lqinsimon, o'ng tomonga, chap tomonga (yonlama) to'lqinsimon harakatlar.
Qo'lni to'lqinlatish —
qo'lni (qo'llarni) bukish (o'zi tomonga) va panjani osiltirishdan boshlab, keyin yozish (o'zidan nariga) bilan bir vaqtda panjani ko'tarishdan iborat to'lqinsimon hara­katlantirish. Panjaning holatini bunday nomlash qabul qilingan: odatdagicha (ko'rsatilmaydi), panja bemalol tutilgan, panja bo'- shashtirilgan, panja ko'tarilgan.
3.8. Mashqlami yozib borish qoida va usullari
Gimnastika mashqlarini tushunishda ulami qisqa va aniq qilib yozish muhim ahamiyatga ega. Yozish qo'yilgan maqsadga qarab umumlashtirilgan, aniq, qisqartirilgan, jadval tarzida yoki shu usul- larning birlashmasidan iborat bo'lishi mumkin.
Gimnastika mashqlari atamasining yozuvi yuqorida bayon etil- gan qoidalarga asosan hamda belgilangan usullarda bo'ladi. Yozuv qoidalariga quyidagilar kiradi: gimnastika mashqlarining ayrim guruhlari uchun belgilangan yozuv tartibi, yozuvda qo'llaniladigan grammatik tuzilish va belgilarga rioya qilish. Quyida shu qoidalarni ко'rib chiqamiz.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarning yozilishL Ayrim harakatni yozishda quyidagilar ko'rsatilishi kerak:

  1. Harakat boshlanadigan dastlabki holat (d.h.).

  2. Harakatning nomi (egilish, burilish, siltanish, cho'qqayish, tashlanish va h.k.).

  3. Harakat yo'nalishi (ocng tomonga, orqaga va h.k.).

  4. Pirovard holat (zarurat bo'lsa).

Bir vaqtda bajariladigan bir nechta harakatni yozishda ham ayrim harakatni yozishda nimalar ko'rsatilsa, shularni ko'rsatish qabul qilingan, lekin bunda oldin asosiy harakat (odatda, gavda yoki oyoqlar harakati), keyin boshqa harakatlar ko'rsatiladi. Masa­lan, d.h. oyoqlar kerilib, qo'llar yelkada.

    1. O'ng oyoqni bukib, qo'llar yuqoriga ko'tarilgan holda chap tomonga egilish.

    2. D.h.

Bir vaqtda bajariladigan bir nechta harakat (hatto, bir sanoqda bajariladigani ham) qanday tartibda bajariladigan bo'lsa, xuddi shunday ketma-ketlikda yoziladi. Masalan, d.h. qo'llarni yon tomon- larga uzatib, oyoqlarni kerib turish:



      1. Chap tomonga burilib, o'ng oyoqni yoysimon pastga tushi- riladi, bunda o'ng oyoq orqada uchiga qo'yilgan bo'ladi, qo'llar oldinga uzatiladi.

      2. O'ng tizzada turib, qo'llarni yuqori ko'tarib, bosh orqaga egiladi.

Agar harakat boshqa harakat bilan ketma-ket qo'shib bajarilsa,
elementlarni bog'lovchisi bilan birlashtirib, birin-ketin yoziladi. Masalan, d.h. qo'llar belda, oyoqlar kerilgan. Kerishib oldinga engashib, qo'llarni yon tomonlarga uzatish va chapga burilish. Bunday yozilganda burilishni engashish oxirida (engashishni maxsus ta'kidlagandek) bajariladi.
Agar harakat boshqa harakat bilan bir vaqtda bajarilsa (hozirgi misolda engashish bilan burilish bir vaqtda bajarilyapti), unda «...turib» so'zini ishlatish kerak bo'ladi.
Harakat odatdagi uslubda bajarilmasa, bu hoi yozuvda aks etishi kerak. Masalan, qo'llar oldinga ohista uzatiladi, panjalar bo'sh qo'yiladi va h.k.
Erkin mashqlarning yozilishi.
Erkin mashqlar muayyan tartibda yoziladi:

        1. Mashqning nomi (kimga mo'ljallangani).

        2. Jo'r bo'ladigan musiqa. Asarning nomi, uning hajmi ko'rsa­tiladi.

        3. Dastlabki holat.

        4. Mashqning mazmuni musiqa asarining tuzilishiga moslab, masalan, sakkizliklarga bo'lib yoziladi. Majburiy mashqni yozishda (musobaqalar uchun) gimnastika ko'rpachasining o'ng tomonida elementlar va birlashmalarning nisbiy qiyinligi (ballari yoki qiyinlik guruhlari) ko'rsatiladi.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin