O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Ashyolarning lombardda garovga qo‘yilishi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

289-modda. Ashyolarning lombardda garovga qo‘yilishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni qisqa muddatli
mikroqarzlarni ta’minlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — faoliyatini
xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida
amalga oshirilishi mumkin.
(289-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Lombardda ashyolarni garovga qo‘yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov
pattasi berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Garovga qo‘yilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi.
Lombard garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash
va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan
garovga qo‘yuvchi foydasiga sug‘urtalashi shart.
Lombard garovga qo‘yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli
emas.
Lombard ashyolarning yo‘qolishi yoki shikastlanishi yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz
berganligini isbotlay olmasa, garovga qo‘yilgan ashyolarning yo‘qolganligi yoki shikastlanganligi
uchun javobgar bo‘ladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan ta’minlangan kredit summasi belgilangan
muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir
oylik muddat o‘tganidan keyin garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qo‘yilgan
tartibda (ushbu Kodeksning 
281-moddasi
) ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin
hatto garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa talablarni to‘liq qanoatlantirish
uchun yetarli bo‘lmasa ham, lombardning garovga qo‘yuvchiga (qarzdorga) talablari bekor
bo‘ladi.
(289-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish
qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi.
(289-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Lombardda ashyolarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomaning garovga
qo‘yuvchining huquqlarini ushbu Kodeks yoki boshqa qonunlar bilan unga beriladigan
huquqlarga qaraganda cheklab qo‘yadigan shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
202, 203

264, 265

267

269-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Garov to‘g‘risida”gi Qonunining 
35-moddasi
.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin