Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va unga qo’yilgan pedagogik talablar
Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma’naviy axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e’tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. Mustaqil O’zbekistoning, istiqlol va istiqboli uchun fidoiylik ko’rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o’zgacha xarakter kasb etmoqda: - fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oluvchi; - vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi; - diniy bag’rikenglik va mehr-muravvatli bo’lish; - davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo’lish; - o’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash; - yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda; - maqsadni aniqligi va uni to’g’ri yo’naltirish madaniyati; - tarbiyachi-o’qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati; - o’zini anglash, mustaqil fikrlovchi e’tiqodligi va ixtiyorlik. Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi”dagi g’oyalarni bolalarning ongida o’ziga xos va mos ravishda singdiradi. -Xalqimizning boy ma’naviy, an’ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan foydalanish. -O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash. - Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash. - Mehrli-muruvvatli va bag’ri kenglik. Ayniqsa kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ta’limiy- tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: o’quvchilarda hayotiy tajribalarning kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egadir: