Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash
4. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. CHunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. SHu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. SHuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoadagi ishlarni o’rganadilar. Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. Ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyatga quyidagilar kiradi: 1. Og’zaki ish usullari: majlislar, yig’inlar, ma’ruzalar kutubxonalar, konferentsiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va jurnallar. 2. Amaliy ish olib borish usullari turli joylarga sayyohatlarga, sport musobaqalari, tabiatshunoslar to’garaklari, shanbaliklar, yangi kitoblar ko’rgazmalari. Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishga taqozo etadi. Sinf rahbarligi kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasi kursi bir-biriga bog’liq va uning davomiyligidir. Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o’quvchilar turli qo’llanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni o’rganadilar, o’z-o’zini tekshirish uchun turli ma’lumot va tayanch materiallarini jalb etish ko’nikmalarini egallaydilar. Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh xususiyatlariga, maktabning joylashgan shart-sharoitlariga, ijodiy birlashmalariga, ilmiy markazlar bilan o’zaro aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o’rinbosarining faoliyati, o’z ifodasini topgan xujjatlar ro’yxati, xalq ta’limi tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi. «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» kontseptsiyasi xalq vazirligi tomonidan 1993 yilda tasdiqlangan. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ishlab chiqiladi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o’qituvchining yo’naltiruvchi ta’siri ostidagi o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o’tkaziladigan mustaqil mashg’ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda ta’limning moddiy bazasi: qo’shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari laboratoriya uskunalari, ko’rgazmali qo’llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko’zda tutiladi. Ular o’z ichiga quyidagilarni oladi: