O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

87-modda. Xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar
Alohida, faqat o‘zigagina xos, uni bir xil ashyolar orasidan ajratib turadigan va shu tariqa
xususiy alomatlarga ega bo‘lgan ashyo xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyo hisoblanadi.


Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar jumlasiga noyob, ya’ni o‘zi bir dona bo‘lgan
ashyolar, shuningdek muayyan usul bilan ajratib qo‘yilgan ashyolar (muhr bosish, alohida
belgilar tushirish, nomer, raqam berish va shu kabilar) kiradi.
Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydigan
ashyolardir.
Bir turdagi hamma ashyolarga xos alomatlarga ega bo‘lgan hamda soni, og‘irligi, o‘lchovi
va shu kabilar bilan belgilanadigan ashyolar turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar
hisoblanadi.
Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo‘ladigan
ashyolardir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
86

732

734

747-moddalari
.
88-modda. Bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar
Bo‘lish natijasida har qaysi qismi butunning xossalarini o‘zida saqlab qoladigan va shu
bilan birga o‘zining xo‘jalik (maqsadli) ahamiyatini yo‘qotmaydigan ashyo bo‘linadigan ashyo
hisoblanadi.
Bo‘lish natijasida qismlari dastlabki ashyoning xossalarini yo‘qotadigan, uning xo‘jalik
(maqsadli) ahamiyatini o‘zgartiradigan ashyo bo‘linmaydigan ashyo hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
86-moddasi
, 216-moddasi 
to‘rtinchi qismi
.
89-modda. Iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar
Bir karra foydalanish natijasida yo‘qolib ketadigan yoki dastlabki holatida mavjud bo‘lmay
qoladigan ashyolar (xomashyo, yoqilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlari va shu kabilar) iste’mol
qilinadigan ashyolar hisoblanadi.
Qayta-qayta foydalanishga mo‘ljallangan, bunda o‘zining dastlabki holatini uzoq vaqt
davomida saqlab qoladigan hamda asta-sekin yemirilib boradigan ashyolar (binolar, uskunalar,
transport vositalari) iste’mol qilinmaydigan ashyolar hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
86-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 14.04.1999-yildagi “Lizing
to‘g‘risida”gi Qonunining 
3-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining
01.12.2011-yildagi “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar
tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
3-bandi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin