Xususiy alomatlari bilan belgilangan
ashyolar jumlasiga noyob, ya’ni o‘zi bir dona bo‘lgan
ashyolar, shuningdek muayyan usul bilan ajratib qo‘yilgan ashyolar (muhr bosish,
alohida
belgilar tushirish, nomer, raqam berish va shu kabilar) kiradi.
Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydigan
ashyolardir.
Bir turdagi hamma ashyolarga xos alomatlarga ega bo‘lgan hamda soni, og‘irligi, o‘lchovi
va shu kabilar bilan belgilanadigan ashyolar turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar
hisoblanadi.
Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo‘ladigan
ashyolardir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
86
,
732
,
734
,
747-moddalari
.
88-modda. Bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar
Bo‘lish natijasida har qaysi qismi butunning xossalarini o‘zida
saqlab qoladigan va shu
bilan birga o‘zining xo‘jalik (maqsadli) ahamiyatini yo‘qotmaydigan ashyo bo‘linadigan ashyo
hisoblanadi.
Bo‘lish natijasida qismlari dastlabki ashyoning xossalarini yo‘qotadigan, uning xo‘jalik
(maqsadli) ahamiyatini o‘zgartiradigan ashyo bo‘linmaydigan ashyo hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
86-moddasi
, 216-moddasi
to‘rtinchi qismi
.
89-modda. Iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar
Bir karra foydalanish natijasida yo‘qolib ketadigan yoki dastlabki holatida mavjud bo‘lmay
qoladigan ashyolar (xomashyo, yoqilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlari va shu kabilar) iste’mol
qilinadigan ashyolar hisoblanadi.
Qayta-qayta foydalanishga mo‘ljallangan, bunda o‘zining
dastlabki holatini uzoq vaqt
davomida saqlab qoladigan hamda asta-sekin yemirilib boradigan ashyolar (binolar, uskunalar,
transport vositalari) iste’mol qilinmaydigan ashyolar hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
86-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 14.04.1999-yildagi “Lizing
to‘g‘risida”gi Qonunining
3-moddasi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining
01.12.2011-yildagi “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar
tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining
3-bandi
.
Dostları ilə paylaş: