139
(1498–1500) mustaqil hokimlik qiladi. Biroq Movarounnahrda
tarqoqlik yanada avj oladi. Bu vaqtda Movarounnahr o‘zaro
nizolashayotgan temuriy shahzodalar boshchilik qilib turgan
ko‘pdan ko‘p viloyatlarga bo‘linib ketgan edi. Mamlakat, el-yurt
boshiga katta tashvishlar tushgan paytlarda din ulamolaridan
biri
Xoja Ubaydulloh Ahror musibatlarni daf qilish yo‘lida
bir necha bor jonbozlik ko‘rsatgan edi.
1454-yilda Hirot hokimi
Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni
qamalga olganida
Xoja Ubaydulloh Ahror mojaroga qat’iyan
aralashib, raqiblarni yarashtirdi.
Dostları ilə paylaş: