Tayanch tushunchalar: iqtisodiy hayot, hunarmandchilik turlari, ichki va tashqi savdo, pul muomalasi, yer egaligi, soliq turlari. Hunarmandchilik. Movarounnahrning Samarqand, Buxo- ro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa ko‘pgina shaharlari hunarmandchilik markaziga
aylanadi. Shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni
ortib, kasb-hunar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi-yangi guzarlar,
ko‘cha-ko‘ylar, bozor rastalari, timlar va toqlar (usti gumbazli
bozor) paydo bo‘ladi. Ko‘pgina shaharlarda zargarlik, miskarlik,
ignasozlik, sovut sozlik, toshtaroshlik, shishasozlik, ko‘n chilik
kabi hunar mandchilik mahallalari bo‘lgan.
O‘rta asr hunarmand chili gida kulolsozlik eng rivoj topgan
sertarmoq sohaga aylanadi. Bu davrda tosh yo‘nish, unga
sayqal berib, o‘ymakor naqshlar va xushxat yozuvlar bitish
san’ati kamolotga yetadi. Samarqandda Bibi
xonim jome
masjidida Qur’onni qo‘yish uchun o‘rnatilgan ul kan tosh lavh,
Go‘ri Amirdagi nefrit qabrtoshi, Shohizinda (Shay hizinda) va
boshqa joylardagi sag‘analarga jimjimador naqshlar berilib,
o‘ymakor oyatlar, marsiyalar va tarixiy qaydnomalar yozil gan.
Samarqand hunarmandchiligida, ayniqsa, qog‘oz ishlab
chiqa
rish alohida o‘rin tutadi. Samarqand qog‘ozi o‘rta asr
Sharq xattotligida g‘oyat mashhur bo‘lib, uning ma’lum bir
qismi chet o‘lkalarga chiqarilgan.
Binokorlik, yog‘och o‘ymakorligi. Bu davrda mamla kat-
ning yirik shaharlari, xususan, Samarqand va Hirotda qurilish
ishlari keng avj olib, binokorlarning roli oshib ketadi. G‘isht
terib imorat qaddini bino qiluvchilar “banno”, peshtoq-u ravoq
hamda toqlarga parchin va girihlar qoplab imoratga pardoz
beruvchilar “ustoz” deb yuritilgan.
Bu davrda yog‘ochsozlik ham rivojlangan. Mohir durad-
gor ustalar yog‘och o‘ymakorligi bilan shug‘ullangan.
142
Ular naqshinkor eshiklar, panjaralar, ustun
lar, toq-ravoq-
lar,
xontaxtalar, kursilar va boshqa xil ko‘pdan ko‘p jihoz-
lar yasaganlar. Go‘ri Amir va Shohizindaning oyatlar bitil gan
naqshinkor eshiklari XV asr xalq ustalarining yog‘och o‘yma-
korligi san’atidagi eng nodir namunalaridan hisob lanadi.