144
XV asrda ham avvalgi davrlardagidek juda ko‘p yer va suv
masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara va mozorlarga biriktirilib,
bunday yerlar
“mulki vaqf” deb atalgan. Odatda yer va suvdan
tashqari ko‘plab do‘kon, korxona, tegirmon, objuvoz, bozor
rastalari, karvonsaroylar ham vaqf qilinib, ulardan tushgan
daromad masjid, madrasa, tabiblar uyi va xonaqohlarning
ta’miri, jihozi, mutavalli, mudarris, tabib va talabalarga
beriladigan nafaqalar hamda langarxona (musofirxona) va
shifoxonalarning kundalik xarjlari uchun sarf etilgan.
Dostları ilə paylaş: