Savdo aloqalari. XV asrda temuriylar uzoq va yaqin
qator qo‘shni mamlakatlar: Xitoy, Hindiston, Tibet, eron,
Rus, Volga bo‘yi va Sibir bilan muntazam savdo-sotiq qilardi.
Chet davlatlar bilan o‘zaro savdo-sotiqni kengaytirishda
temuriylarning qo‘shni mamlakatlar bilan olib borgan elchilik
aloqalari katta rol o‘ynaydi. Ulug‘bek va Shohrux Xitoy
bilan muntazam ravishda elchilar almashib turishgan. Ular zamonida Tibet va Hindiston bilan ham yaxshi qo‘shnichilik
munosabatlari o‘rnatiladi.
Pul muomalasi. Iqtisodiy taraqqiyot ma’lum darajada o‘sha
davrda o‘tkazilgan pul islohoti bilan ham bog‘liq edi. Ma’-
lumki, Ulug‘bek1428-yilda muomaladagi fulusiy pullar islo-
hotini amalga oshirdi. Ulug‘bek yengil vaznda zarb etilgan va
muomalada yurgan chaqa pullar bilan ayirboshlashni man etdi.
eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning fulusiy pullarga bo‘lgan talabini qondirish uchun bir vaqtning o‘zida u
Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya va
Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi
salmoqdor fuluslar zarb ettiradi va muomalaga chiqaradi. Xalq
o‘rtasida “fulusi adliya”, ya’ni “adolatli chaqa” nomi bilan
shuh rat topgan Ulug‘bekning bu yangi fuluslari ichki chakana
savdo uchun keng yo‘l ochadi.
Shu bilan birga Ulug‘bek tashqi savdodan davlat xazinasiga
tushadigan daromadni ko‘paytirish maqsadida tamg‘a solig‘ini
birmuncha oshirdi.
* Tamg‘a – savdo boji, savdogarlardan olinadigan soliq * Fulus – misdan yasalgan mayda chaqa pul
143
Shunday qilib, Ulug‘bek zamonida mamlakatda ichki va
tashqi savdoning kengayishi hunarmandchilik mahsulotlarining
hajmini oshirib, kasb-hunar tarmoqlarining rivojida asosiy
omillardan biriga aylandi.