40-§. ANIQ FANLARNING RIVOJLANISHI Tayanch tushunchalar: ilm-fan markazlari, matematika va astronomiya fanlarining rivoji, allomalarning ilmiy merosi, Samarqand akademiyasi, rasadxona. Ilm-fan markazlari. XV asrda Samarqand va Hirotda
olimlar-u fuzalolar, shoirlar-u bastakorlarning kattagina
guruhi to‘plangan edi. Ilm-fan va san’atning taraqqiyotida
zamonasining madaniy muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq
mashhur olim sifatida shuhrat qozongan Ulug‘bekning hissasi
nihoyatda buyukdir. Ulug‘bek mamlakatni boshqarish bilan
bir qatorda, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadi, olimlarning
munozaralarida faol qatnashadi. Ulug‘bek o‘tmishdoshlari
Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Muhammad Xorazmiy,
Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o‘rganadi.
Bu buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali u qadimgi yunon
olimlari Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolomeylarning mumtoz
asarlari bilan ham tanishadi.
Astronomiya va matematika sohasida erishilgan buyuk
muvaffaqiyatlar Temuriylar davlatiga katta shuhrat keltirdi.
Bu shuhrat birinchi navbatda Ulug‘bek nomi bilan bog‘liqdir.
Ulug‘bek rasadxonasi. Sa mar qandda o‘z atrofida to‘plan-
gan taniqli olimlarning bevosita ish-
tiroki va yordamida Mirzo Ulug‘ bek 1424–1429-yillarda sha har yaqinidagi
Obirahmat an
hori bo‘
yida rasadxona
qur dirdi. Hanuz gacha olimlarning qizi-
qishini uyg‘o
tib kelayotgan bu ulkan
imoratning balandligi 31 metr edi.
G‘iyosiddin Jamshid boshchi-
ligida rasadxonaning aso
siy o‘l-
chov asbob-us ku nasi – ulkan sek s -
tant o‘rnatilgan. Samar qand sek s tanti
o‘sha davrda Shar q da ma’ lum bo‘lgan
sekstantlarning eng kat tasi hisoblangan.