Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Mashg‘ulot mavzusi


Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə16/32
tarix28.11.2023
ölçüsü125,4 Kb.
#166805
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Maruza 3

Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari. Bobur 1526-yilning 21-aprelida Dehli hukmdori Ibrohim Lo‘diy qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. Bu g‘alaba natijasida Bobur Shimoliy Hindistonni egalladi. 1526-yilning 27-aprelda Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba’ o‘qildi. Shu tariqa, yangi saltanat Boburiylar saltanatiga asos solinadi.
Bobur podshoh Hindistonda bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan mayda mustaqil rojalarni (hukmdorlarni) ham qilich, ham siyosat yo‘li bilan birlashtiradi va 1530 yilgacha markazlashgan yirik saltanatini barpo etadi. Bu saltanat 332 yil (1526-1858-yillar), ya’ni Hindistonni Buyuk Britaniya to‘liq bosib olgunga qadar hukm surdi.
Bobur xayotiy esdaliklar yozish maktabini «Boburnoma» asari orkali boshlab berdi.
«Muxtasar», «Mubayyin», «Volidiya», «Xatti Boburiy» kabi asarlarida ta’lim -tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratgan.
Uning ijodiga mansub bo‘lgan «Xatti Boburiy» uzoq yillar davomida maktablarda, madrasalarda savod o‘rgatish kitobi sifatida foydalanilgan.
Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda mashhur tarixchi olim hamdir. Bu borada uning nomini abadiylikka muhrlagan asar - “Boburnoma”dir.
Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari. Navoiy ijodining asosini inson va uning ma’naviy dunyosi, muhabbat va go‘zallik tushunchalari haqidagi chuqur uy-xayollar, hayot mazmuni haqidagi fikrlar tashkil etadi. Shoir nazarida muxabbat – bu insonni yomonliklardan va ehtiyojga berilishdan forig‘ etuvchi ulug‘-vor axloqiy kuch. U o‘zida olijanoblik va mardonavor ruhni, vafodorlik-ni, insondagi barcha imkoniyatlar va ma’naviy kuchlarning faol namoyon bo‘lishi yo‘llarini aks ettiradi. Inson ruhining go‘zallikka intilishi va bu go‘zallik uchun axloqiy jasorat ko‘rsatishga tayyorlik Navoiyda shoirning ijodiy tasavvurida yaratilgan yuksak ulug‘vorlik ko‘rinishida tasvirlanadi.
Alisher Navoiyning yozishicha, faqat inson Allohning ilmu hikmatiga oshno qilingan (“Qilding ani orifi ul ma’rifat”), faqat odamga ma’rifat ganji ishonib topshirilgan. Navoiy Qur’on oyatlariga ishora etib, inson ulug‘ligini bunday ta’rif etadi:
“Karramno” – keldi manoqib anga
“Ahsani taqvim” – munosib anga.
Alisher Navoiy insonga birinchi navbatda hayotdagi kirdikoriga qarab baho bergan. Inson jamiyatga naf keltirishi, foydali ishlari bilan qadrli. Boshqalarga ziyon etkazadigan, jamiyat tengligi va osoyishtaligini buzadigan, siyrati suratiga to‘g‘ri kelmaydigan kimsalar chin inson emas. U jamiyatning har bir a’zosidan – shohmi, gadomi – inson nomiga munosib bo‘lishlikni talab etadi. Navoiyning fikricha, yaxshilikning, odamiylikning mezoni – bu xalq g‘am tashvishi bilan yashashdir:
Odamiy ersang, demagil odamiy
Oniki, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin