Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Mashg‘ulot mavzusi


Alisher Navoiy “qanoat” to‘g‘risida



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə17/32
tarix28.11.2023
ölçüsü125,4 Kb.
#166805
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Maruza 3

Alisher Navoiy “qanoat” to‘g‘risida. Qanoat buloqdur-suvi olgan bilan kurimaydi; xazinadir – naqdisi sochgan bilan kamaymaydi, ekinzordir – urug‘i izzat va shavkat mevasi beradi; daraxtdir – shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi etkazadi.
Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-keldisidan ozod bo‘ladi... Qanoat qo‘rg‘ondir, u erga kirsang nafs yomonligidan qutularsan, tog‘likdir – u yerga chiqsang dushman va do‘stga qaramlikdan xalos bo‘larsan; tubanlashishdir – natijasi yuksaklik; zoriqishlikdir – foydasi ehtiyotsizlik urug‘ining mevasi farovonlik...
Alisher Navoiy “sabr” to‘g‘risida. Sabr achchiqdir – ammo foyda beruvchi, qattiqdir – ammo zararni daf etuvchi... Sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir.
U o‘rtoqdir – suhbat zerikarli, ammo maqsadga olib boruvchi; ulfatdir – umidi uzun, ammo oxiri estakka eltuvchi.
Ulovdir – yurishi taxir, ammo manzilga eltuvchi; tuyadir – qadami og‘ir, lekin bekatga tushirguvchi.
Achchiq so‘zli nasixatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminda maqsad hosil bo‘ladi. Badxo‘r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so‘ngida sog‘lik yuz beradi.
Alisher Navoiy “muruvvvat va saxovat ” to‘g‘risida. Saxovat insoniyat bog‘ining borvar shajaridur (boqiy ildizidir), balki ul shajarning mufid samaridur (hosilasidur). Odamiylik kishvarining bahri mavjvari (odamiylik dengizining mavjlari), balki ul mavj bahrining samin gavhari... Ma’dumlikda (insoniy fazilat sifatida) muruvvat karamning urug‘ qayoshidur (qarindoshidir), balki tav’amon (umuman) qarindoshidur... Sohibi muruvvat (muruvvatli kishi) sharif xalqidin ayrilmaydurkim, u qayda bo‘lsa Tengri panohida bo‘lsin – izzat va sharaf oromgohida.
Muruvvat – barcha bermakdur, emak yo‘q, // Futuvvat – barcha qilmoqdur, demak yo‘q. Shoir nazdida muruvvat odamgarchilik yuzasidan qilingan yaxshilik, saxovat, himmatdir, o‘zida bor narsalarni muhtojlarga berish, emay edirish, kiymay kiydirishdir. Futuvvat esa barchaga yaxshilik ko‘rsatish, ammo evaziga hech narsa talab va ta’ma qilmaslikdir

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin