Avtor: felin s. A



Yüklə 77,09 Kb.
səhifə1/23
tarix26.10.2023
ölçüsü77,09 Kb.
#161482
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
бизнесни бошкариш кейслар


KEYS-STADI-1 : « YAKKABOSHLIK VA SUBORDINATSIYA»
AVTOR: FELIN S.A.
Vaziyat: Tashkilot madaniyati
2012 yilning 16 va 20 avgustida menejmentni rivojlantirish konsultanti S.Felin tomonidan (Kompaniya xodimlari bilan) konsultatsion intervyu o’tkazildi. 2012 yilning avgustida direktorning iltimosi bilan kompaniyaning marketing va sotish bo’yicha direktori bilan Olma-Otadagi biznes tashkilotlar imkoniyatlari to’g’risida aytib berish uchun uchrashdim. Suhbat jarayonida kompaniyadagi ishlar ancha zerikarli bo’lib qolganligi to’g’risida shikoyatni eshitdim. So’rovlarga qaraganda kompaniyaga moliyaviy ishlar bo’yicha direktor kelgan va u o’z boshqaruv usullari bilan jamoani demotivatsiyalagan.
14 avgustda men kompaniyani general direktori etib taklif qilindim. Uchrashuvda shu aniqlandiki, haqiqatdan ham yangi moliyaviy direktorning kelishi bilan jamoada nizo yuzaga keladi. General direktor bu nizoni asosan kompaniya direktorlarining o’zaro munosabatlari darajasida kuzatadi. Lekin shunday ma’lumotlar borki, tashkilotning ko’pchilik xodimlari moliyaviy ishlar direktoriga qarshi chiqishadi. Muammoning mohiyati shundan iborat ediki, yangi moliyaviy ishlar bo’yicha direktor nimaniki taklif etadiki, ammo o’zgarishlarni amalga oshirish usullari kollektivda jiddiy qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi. Qarshilikning asosiy sababi shundaki, moliyaviy ishlar bo’yicha direktorning qattiqqo’l va avtoritar boshqaruv uslubida tamoyillarining buzilishi. Bunday yondashuv jamoani demotivatsiya qildi va xodimlarni ishdan bo’shashiga olib keldi.
Konsultant oldiga qo’yilgan vazifalar:

  1. Mazkur vaziyatga xolis baho berish.

  2. Uning kelajakdagi rivojlanishi bo’yicha taxminlar qilish.

  3. Vaziyatni boshqarish bo’yicha maslahatlar berish

Vaziyatni baholash uchun kompaniya direktorlari (5 kishi va bosh buxgalter bilan intervyu o’tkazishga qaror qabul qilindi.
Intervyu yuqoridagi boshqaruvchilar va moliyaviy bo’limning xodimlardan biri bilan inervyu amalga oshirildi. Bundan tashqari firmaning xodimlari bilan qator suhbat o’tkazildi.

Yüklə 77,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin