Avtor: felin s. A


Muhokama uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 77,09 Kb.
səhifə7/23
tarix26.10.2023
ölçüsü77,09 Kb.
#161482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
бизнесни бошкариш кейслар

Muhokama uchun savol va topshiriqlar
1.Savolli keys-stadi bilan tanishing va undagi muammolarni aniqlang.
2.Maqsadga erishish strategiyasini bosh ofis va filial rahbari tomonidan turlicha tushunishi qanday iqtisodiy, ijtimoiy va moliyaviy oqibatlar keltirib chiqarishini bilasizmi?
3.Korxona faoliyatini muvaffaqiyatini ta’minlashga ta’sir ko’rsatuvchi quyidagi omillarni muhimligiga qarab qanday ketma-ketlikda joylashtigan bo’lar edingiz? Xodimlarning tashabbuskorligi, korxona byudjetini muvofiqligi, korxona va filial rahbarlarining yakdil maqsadga ega ekanligi, bozor kon’yunkturasi, bozor sig’imi, bozordagi raqobat darajasi, iqtisodiyotning joriy rivojlanish bosqichi.
Keys-4
Wal-Martda oddiy kishi g’ayrioddiy natijalarga erishmoqdalar.
Menga W ni bering! Menga A ni bering! Menga L ni bering! Menga M ni bering! Menga A ni bering! Menga R ni bering! Menga T ni bering! Bizda nima hosil bo’lyapti? Wal-Mart kimniki ? Wal-Mart meniki! Bu yerda kim boshliq ? Xaridor ! Hamisha! Bu qutlov xitoblari komandaviy ruh bilan Wal-Mart biznesining falsafasi yaxlit bir butun bo’lib qo’shilib ketishining yaqqol ramzidir. Bunday qo’shilish g’oyasi SEM Uoltonning u tennis koptokchalarini ishlab chiqaruvchi Janubiy Koreya fabrikasining ishchilarini motivlashtiruvchi guruhiy mashqlarni kuzatayotgan chog’da uning miyasiga kelgan. Ushbu guruhiy mashqlarning ishchilar o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga ko’rsatayotgan ta’siri Uoltonda kuchli taassurot qoldirgan va Wal-Martning asoschisi mazkur amalni Arkanzasga ko’chirishga qaror qilgan.
Omadsizlik bilan tugashi yoki ahamiyatsiz epizodga aylanishi mumkin bo’lgan narsalar kompaniyaning kundalik hayotida mustahkam o’rnashib qolgan va endilikda ushbu qutlov xitoblaridan Wal-Martning xorijdagi do’konlarida ham foydalaniladi. Yaponiyada ishlovchilar shunday deb xitob qiladi: « Seiyu kimniki? Seiyu meniki!». Buyuk Britaniya ham shunga o’xshash xitoblar yangraydi: « ASDA kimniki? ASDA meniki! ». Xitoblar matni mahalliy xususiyatga ega, ammo ma’nosi o’zgarishsiz qoladi: xaridor hamisha birinchi o’rinda! Yoki bu narsa uzoq Argentinada ispan tilida shunday jaranglaydi: «El Cliente Siemple!»
Wal-Martning ishga va o’yinga doimiy ravishda bunday ixlos qo’yishlari SEM Uoltonning liderlik uslubining ifodasidir. Wal-Martning birinchi rahbari bir marta shunday degan : Biz aynan ko’p ishlaganimiz uchun chehralarimiz so’lg’in bo’lmasligi kerak! «Mister Sem»ning so’zlari uning ishlari bilan ayro bo’lmagan. Amerika biznesining xudosiga aylangan bu odam o’zining top-menejerlaridan biri bo’lgan Devid Glassga garovda yutqazib qo’yganidan so’ng egniga keng yubka kiyib olib toshko’chada «xula» deb ataluvchi ekzotik raqsni o’ynab berishdan qo’rqmagan. Keyinroq bu voqeani Uolton shunday eslagan: «Men kiyimimni almashtirib raqsga tusha boshlayman, Devid esa bularning hammasini videoga suratga olib, shanba kuni o’tkaziladigan yig’ilishda men o’z majburiyatimni bajarganligimni namoyish qiladi, deb o’ylagan edim». Ammo Devid platformali yuk mashinasini yollab, uning ustiga «xula»raqsini ijro etuvchi usta raqqosalarni va ukule cholg’u asbobini chaladigan musiqachilarni joylashtirgan, undan tashqari bu voqea to’g’risida televideniya va matbuotchilarga xabar bergan.
Garchi Uolton tomoshabinlar nigohida «xula»raqsini ijro etishga tayyor bo’lmasa-da, o’zini yo’qotib qo’ymagan: «Men yubka hamda kostyumim ustidan gavayilik erkaklar ko’ylagini kiyib oldim va mening tasavvurimdagi «xula» raqsini ijro etdim».Bu juda g’alati manzara bo’lsa kerak, uni o’tkazib yuborish mumkin emas, deb hisoblagan OAVlar tezgina otlanib aqldan ozgan Arkanzaslik direktorlar kengashi raisining ahmoqona libosda raqsga tushishini tomosha qilish uchun etib kelgan. Uolton uchun bu taassurotli tomosha muhim saboq bo’lgan. «Siz Wal-Martda menga o’xshab bahs boylashadigan bo’lsangiz......... siz hamisha to’liq jazoingizni olasiz». Wal-Martdagi yaxshi zamonlar ham shunday davom etaverdi. Ko’plab ishchilar uchun mehnatida erishgan yuksak yutuqlari uchun taqdirlangan hamkasblarning ko’rinishi ajoyib motivator bo’lib xizmat qilgan. 2009 yilda Shounalin Konner Wal-Martning kompaniyasining yangi avlod magazinlariga boshchilik qilishi uchun tanlab olingan yuzlab menejerlardan biri bo’lib chiqqan. Konner Wal-Martda o’n yil avval kichik sotuvchi lavozimida ishlay boshlagan, endilikda esa Shimoliy Karolinaning Vivervill shahridagi maydoni 176000 kv. funtni tashkil etuvchi eski omborni yangi savdo majmuiga aylantirish uchun mas’ul bo’lgan. Mazkur savdo majmui tarkibida o’nlab oziq-ovqat va sanoat tovarlari bo’limlari, dorixona, fotoxizmatlar kioski va boshqa ko’pgina xizmatlar mavjud. Yangi magazinda ishlash uchun 360 kishi yollangan. Konner yangi ishga kelganlarga o’zi o’n yil oldin o’zlashtirgan qutlov xitoblarini shaxsan o’zi o’rgatgan. «Wal-Martning xodimlari sifatida biz ekstravert bo’lgan va xaridorlar bilan ishlashni yoqtiradigan odamlarni ko’rishni istardik»,-deb hikoya qiladi Konner o’zining rekruting borasidagi sa’y-harakatlari to’g’risida. Konnerning kichik sotuvchilikdan yillik tovar aylanmasi 70 mln dollar bo’lgan magazinning direktoriga aylanishi tarixi yangi ishga kelganlarni hammadan ko’proq qiziqtirishi hayron qolarli emas. «Men kompaniyada ish boshlaganimda 19 yoshda edim,-deb hikoya qiladi Konner. Hozir o’zimning ham 31 yoshimda ko’p millionlik tovarlar aylanmasiga ega bo’lgan savdo korxonasiga rahbarlik qilayotganimga ishonishim qiyin». Yangi ishlovchilarga yo’llangan tilaklarning mazmuni aniq : Wal-Martga sodiq qoling va muvaffaqiyat sizga yor bo’ladi. Wal-Mart aynan shunday yo’lni sizga taklif etadi.
Wal-Martning rahbarlari kompaniyaga katta bir oila sifatida qaraydilar. Bu yerda vaysaqi va g’alamislar yo’q-hech bir ishlovchi mehnat staji qanchalik kamligidan qat’iy nazar ikkinchi navli odam deb hisoblanmaydi. Kompaniya tomonidan o’tkazilayotgan «ochiq eshiklar» siyosatiga muvofiq barcha xodimlarning o’z xavfsirashlari to’g’risida ochiq so’zlashlari va kundalik operatsiyalarni takomillashtirishga oid g’oyalarni ilgari surishlari rag’batlantiriladi. O’z navbatida ishlovchilar barcha bahs-munozaralarga adolatli va xolisona munosabatda bo’lishlariga ishonishlari mumkin. Bunday siyosat Uoltonning g’oyalariga to’liq mos keladi. «Qo’l ostingizda ishlovchilarga quloq tuting ,- degan edi Uolton.-Ular g’oyalarning eng yaxshi generatoridir». Kompaniya asoschisining donishmandligi uning «Betonvillda biror-bir amaliy (konstruktic) g’oya tug’ilmaydi». (Betonvillda Wal-Martning shtab kvartirasi joylashgan) degan mashhur iborasida ham namoyon bo’ladi. Uoltonning fikricha aynan joylardagi ishlovchilar original g’oyalarni ilgari suradilar.
Kun oxirida Wal-Martning menejerlari o’zlarining ko’rinishlari buyuk rollarni ijro etgan super –yulduzlarga o’xshashiga intilmaydilar. Wal-Martning falsafasiga ko’ra har gal oddiy odamlar kelishilgan holda umumiy maqsadlarni ro’yobga chiqarishga intilganlarida ular zo’r muvaffaqiyatlarga erishadilar. Sem Uolton «Nima oddiy odamlarga aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirish imkonini beradi?-deb so’ragan, biz o’zimiz oddiy odamlar emasmizmi?. Oddiy odamlarmiz!-Ammo men o’ylaymanki, biz hammamiz birgalikda yagona komanda sifatida misli ko’rilmagan natijalarga erishayapmiz..... Biz hammamiz o’zimiz uddalashimiz mumkin deb o’ylaganimizdan ko’ra ko’prog’iga erishamiz».
SAVOLLAR
1.Wal-Mart kompaniyasi ish o’rniga talabgor bo’lganlardan qanday shaxsiy fazilatlarning mavjud bo’lishini talab qiladi?
2. Wal-Martning asoschisi Uoltonning liderlik uslubini qanday tavsiflagan bo’lar edingiz?
3.Ishlovchilarni motivlashtirish uchun qanday dastaklardan foydalaniladi?
4.Motivlashtirishning mavjud bo’lmasligi ishlovchilarning faoliyatiga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkin va bunga menejer qanday munosabatda bo’lishi (reaksiya qilishlari) kerak?
c) Porter-Louler nazariyasi.

Yüklə 77,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin