Intervyu natijalari: Intervyu davomida kompaniyadagi vaziyat to’g’risida xodimlarning quyidagi fikrlar va baholashlar aniqlandi.
Moliya ishlar bo’yicha direktor:
Yuqori ambitsiyalariga ega va tashkilotda Hokimiyat uchun kurashda yaqqol siyosiy xulq-atvorini ko’rsatadi (barcha so’roq qilinganlar) ;
Hamma odamga bir narsa to’g’risida turli xil gapiradi (so’rov olib borilganlardan ikkitasi) ;
O’z so’zlaridan voz kechadi (so’rov olib borilganlardan ikkitasi) ;
Tashkilotda byurokratiyani kuchaytirdi va shu bilan birga birdaniga personalga qo’shimcha ish yuklatdi va bu esa personalni ustida qayta ishlashga olib keldi (barcha so’roq qilinganlar) ;
Qaror qabul qilish vaqti uzaydi (ko’paydi), (barcha so’roq qilinganlar)
Bevosita boshliqlar orqali xodimlarga ko’rsatmalar berib, yakkaboshchilik tamoyilillarini buzadi. (barcha so’roq qilinganlar) ;
Personal ishida ularni kamsitish va xulq-atvorni boshqarish maqsadida kamchiliklarni qidiradi. Xodimlarga dose yig’adi. (so’rov olib borilganlardan ikkitasi) ;
Mavjud personal o’rniga o’z qarindoshlarini yig’adi. (so’rov olib borilganlardan ikkitasi). Yangi ishga qabul qilingan buxgalter uning qarindoshi;
O’zining talab va yangi kiritmalariga yetarlicha izohlar bermaydi. (so’rov olib borilganlardan ikkitasi) ;
Tashkilot xodimlarining barchasini o’g’rilikda va nokompetentlikda, o’z ishiga ma’suliyatsizlikda ayblaydi so’rov olib borilganlardan to’rttasi) ;
Bundan oldin bir firmani yo’qotdi. (so’rov olib borilganlardan ikkitasi);
Bosh buxgalterni ochiq oydin inkor qiladi (uning tavsiyalari va fikrlarini eshitmaydi); Moliyaviy direktor o’zi tayinlagan qo’l ostidagi yordamchisidan bosh buxgalterni hammani oldida tekshiradi. Shuni aytdiki, general –bosh direktor kelishi bilan bosh buxgalter va uning yangi xodimasi bilan o’rin almashishadi. (so’rov olib borilganlardan ikkitasi) ;
Xodimlarning ishdan ketishiga majbur qiladi (so’rov olib borilganlardan to’rttasi) ;
Boshqalarning fikrini eshitmaydi va xodimlarni fikrlarini ham inobatga olmaydi. (so’rov olib borilganlardan uchtasi) ;
Tashkilotda ishonch muhitini buzdi (so’rov olib borilganlardan uchtasi) ;
Undan oldin nimaiki qilingan bo’lsa barchasi noto’g’ri qilingan va xodimlarning ko’pchiligini yanada kompetent ishchilarga almashish kerak deb hisoblaydi. (so’rov olib borilganlardan to’rttasi) ;
Xodimlar bilan gaplashishni bilmaydi, madaniyatsizligini va odob-axloq maneralari yo’qligini ko’rsatadi. (so’rov olib borilganlarning barchasi) .
So’roq qilinganlardan uchtasi moliyaviy ishlar bo’yicha direktorning boshqaruvchilik axloqini tuzatishda o’z ishonchlari komil emasligini aytishdi. Ikki kishi bu kabi sharoitlarda uzoq ishlay olmasligini ta’kidladi. Shu bilan birga so’roq qilinganlarning barchasi moliyaviy ishlar bo’yicha direktorning ish uslubi o’zgarganida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarni ta’kidlashdi.