Avtor: felin s. A


Muddati uzaytirilgan –rejali



Yüklə 77,09 Kb.
səhifə5/23
tarix26.10.2023
ölçüsü77,09 Kb.
#161482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
бизнесни бошкариш кейслар

Muddati uzaytirilgan –rejali

  • O’zgartirishlarni amalga oshirish bo’yicha barcha chora-tadbirlarni to’xtatish;

  • O’zgartirishlarni amalga oshirish rejasini unga manfaatdor shaxslarni ishtirokida ishlab chiqish;

  • Kutilayotgan o’zgarishlar to’g’risida xodimlarga xabar bermaslik;

  • Kerakli bo’lgan barcha jarayonlar, tadbirlar, hisobot shakllarini va boshqalarni ishlab chiqish;

  • Tashkilot strukturasini kelishish;

  • Xodimlarga bo’linmalar to’g’risida yangi holat bo’yicha lavozim yo’riqnomasi va boshqa yo’riqnomalar ishlab chiqish. Ularga barcha kerakli yangiliklarni kiritish. O’zgartirishlar amalga oshirilgandan so’ng barcha xodimlar uchun ish yuklamasi belgilansin. O’zgartirishlarni qisqa muddatlarda amalga oshirish.

Muhokama uchun savollar

  1. Moliyaviy ishlar bo’yicha direktor haqmi?

  2. General direktor nima qilishi kerak?

  3. Konsultant tomonidan taklif etilgan variantlardan qaysi birini tanlash lozim? Balki boshqa variantlarlar ham mavjuddir?

  4. Boshqa direktorlar yo’l tutishi kerak ?

KEYS-STADI-2:
Keys: «Zamonaviy menejerning maqsadga erishish strategiyasi»
KIRISh
Menejerlar nafaqat tadqiqotchi, balki strategik maqsadli ham bo’lishlari lozim. Ishlab chiqariladigan tovarga bozorda talab mavjudligini, bozorga ta’sir etish, talab o’zgarishiga moslashib ish tutish, o’z kelajagini aniq ko’ra bilish, taraqqiyot bosqichidan orqada qolmaslik, samarali xo’jalik yuritish mexanizmi qaror topish uchun ertangi kunga befarq qaramasliklari zarur. Bularni amalga oshirish uchun bozor munosabatlari sharoitida yuqori darajadagi yakuniy natijalarga erisha oladigan kuchli boshqaruv apparati mavjud bo’lishi lozim. Rahbar faoliyatining puxta va samarali tashkil etilishi korxonaning istiqbolini ta’minlab beradi. Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Siz mavzu bo’yicha korxonaning maqsadga erishish strategiyasi haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:

  • o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash;

  • muammoning hamda qabul qilingan individual va guruhiy tahlilida bilim va ko’nikmalarni qayta topshirish;

  • mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;

  • mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallash;

  • o’quv axborotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’rish.




Yüklə 77,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin