KEYS-5 Mavzusi: “Korxonalar faoliyatini tashkil etish va uning samaradorligi” Korxonada ishlab chiqarishni samarali boshqarishni qanday ta’minlash mumkin?
Berilgan keysning maqsadi: korxonalar faoliyatini to’g’ri tashkil qilish va faoliyatni tashkil etishda samaradorlik darajasini ko’tarish;
Kutilayotgan natijalar: korxonalar faoliyatini o’rgangan holda, bilimni chuqurlashtirish, moliyaviy tahlilni baholash, mahsulotlarning raqobatbardoshlik tahlilini o’rganib chiqish va berilgan muammolarning yechish. keysni muqaffaqiyatli yechish uchun talabalar quyidagi natijalarga erishishlari lozim: iqtisodiy bilim, tovar siyosati va tovar nomenklaturasi, bozorda tovarni joylashtirish, ishlab chiqarish samaradorligi va boshqarish samaradorligini;
Ushbu iqtisodiyotdagi korxonaning real faoliyati asosida ishlab chiqilgan;
Keysda ishlatilgan ma’lumotlar manbai quyidagilardan iborat: “Toshkent yog’-moy kombinati” qo’shma korxonasining 2010 – 2012 yillardagi moliyaviy hisoboti balansi, korxonaning nizomi, Toshkent viloyati qishloq xo’jaligining statistik ma’lumotlari.
Mazkur keys xo’jalik tadqiqotlari asosida syujetsiz toifaga kiradi. holat korxonaning tahliliy ko’rsatkichlari asosida tuzilgan. keysning ob’ekti: “Toshkent yog’-moy kombinati” qo’shma korxonasi hisoblanadi. ushbu keys ma’lumotlar va dalillar asosida ishlab chiqilgan. u tuzilmaviy va katta hajmdagi keys hisoblanadi.
Didaktik maqsadlarga ko’ra keys –tahlillarni o’rgatish va korxona faoliyatini samaradorligini oshirishni baholash hisoblanadi. Shu sababdan, keys muammosining shakllanishi va tuzilishi uning masalasining yechimida algoritm va tahlil asosida ishlab chiqilgan.
Kirish
Respublikamiz hukumatining faoliyat ko’rsatayotgan va yangi tashkil qilinayotgan qo’shma korxonalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash siyosati hozirgi vaqtda, ayniqsa, viloyatlarda iqtisodiy infratuzilmani ishbilarmon tadbirkorlar tomonidan takomillashtirish va qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda.
Ko’p xarajatlar talab qilinishiga qaramay, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini ko’paytirish qo’shma korxonalar oldida turgan turgan dolzarb vazifalardan eng asosiysi hisoblanadi.
Quyidagi ma’lumotda “Toshkent Yog’-Moy Kombinati” qo’shma korxonasining ish faoliyati haqida asosiy tushunchalar, qo’shma korxonada mehnat qiluvchi mutaxassislar, chiqarilayotgan mahsulotlar va boshqa ma’lumotlar berilgan.
Ushbu keysda korxonaning moliyaviy faoliyati tahlil qilingan bo’lib, korxonalarda tovar assortimentini ishlab chiqish, ularni bozorda joylashtirish, tovarlar nomenklaturasi bilan ishlash va tovarlar strategiyasini ishlab chiqish muammolarini hal etishga, hamda ularning yechishiga yordam beradi.
Keysda masalaning yechimi orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:
mazkur mavzu bo’yicha bilimni chuqurlashtirish;
individual va guruhlarda muammoning yechimi tahlili va qaror qabul qilish ko’nikmalarini ishlab chiqish;
mantiqiy fikr yuritishni jonlantirish;
mustaqil qaror qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’lish;
o’quv ma’lumotlarni o’rganish darajasini tekshirish.