Keys No6
Samarali va normal ish faoliyatini tashkil qilish uchun xodimlar bo’limi rahbari firma prezidentidan korxonani malakali xodimlar bilan ta’minlash vazifasini oldi.
Yangi xodimlar bo’limi funksiyalari boshqa an’anaviy faoliyat ko’rsatuvchi xodimlar bo’limi funksiyalaridan farq qilishini hisobga olib, prezident belgilangan vazifalarni aniq qilib qo’ydi:
1.Xodimlar bo’limi boshqaruv tuzilmasini tasdiqlash va yangi funksiyalarni ishlab chiqish.
2.Xodimlarni tanlash va joylashtirish tamoyillarini, xodimlar malakasini oshirish tizimini, korxonani zarur kadrlar bilan ta’minlash tizimini ishlab chiqish.
3.Buning uchun quyidagilarni aniqlash:
4.Korxona jamoasida ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish uslubiyatini ishlab chiqish.
5.Korxona xodimlari mehnatiga haq to’lash va ularga ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimini yaratish.
6.Amal qilayotgan ish bilan ta’minlash tizimiga baho berish hamda korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlashning ichki va tashqi manbalarini aniqlash.
Prezidentdan topshirig’ini olgach, xodimlar bo’limi rahbari bir qator vazifalarni bevosita funksional bo’linmalarga topshirdi. Bunda u kiritiluvchi takliflar muhokama uchun xodimlar bo’limi Kengashiga kiritilish lozimligini aytib o’tdi.
Har bir vazifani tahlil qilish uchun 2 soatdan, masalani yechish uchun esa 16 soat ajratiladi.
Keys No7
Ma’lumki, qo’shma korxona dasturiy boshqaruvga asoslangan stanoklar ishlab chiqaradi. Stanoklarni ommaviy ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgach, bu mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga chiqarish vazifasi ko’ndalang bo’ldi. Biroq qo’shma korxona Rossiya hududida faoliyat ko’rsatadi, uning xodimlari esa raqobat uchun juda muhim bo’lgan bu masalada unchalik tajribaga ega emas, chunki mahsulot Rossiya hududida va xorijga reja-buyruq asosida jo’natilar edi. Yagona qiyinchilik mahsulotni o’z vaqtida iste’molchiga jo’natib yuborish edi, xolos.
Hozirgi paytda mahsulotning raqobat kuchli bo’lgan Yevropa bozorlariga chiqarilishi sababli korxona prezidenti sotuv bo’limiga vaziyatni tahlil qilish hamda tovarni siljitishni jadallashtirish bo’yicha mos keluvchi tadbirlarni qo’llash vazifasini topshirdi. Aniq va muayyan vazifalar ham belgilandi, xususan:
1.Yangi stanok modelini ommaviylashtirish bo’yicha mahalliy reklama organlari qanday ishlashini baholash.
2.Savdo agentlarini attestatsiyadan o’tkazish, ularning ishbilarmonlik hislatlarini baholash va ularning stanoklarni bozorga chiqarishdan qanchalik manfaatdor ekanliklarini aniqlash.
3.Qo’shma korxona mahsulotlarini sotish bilan shug’ullanuvchi vositachilar doirasini aniqlash.
4.Bozordagi savdogarlar funksiyalarini, ularning mehnati qanchalik intensivligini aniqlash.
5.Korxona mahsulotini siljitishning eng samarali usullarini tanlash.
6.Qilingan tahlil natijalari bo’yicha oldindan menejment va sotuv bo’limlari xodimlari bilan muhokama qilgandan so’ng korxona prezidentiga doklad qilish va stanoklarni bozorga siljitish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Dokladni tayyorlash va tavsiyalar ishlab chiqish uchun 16 soat ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |