Referat ishi qabullovchi: ass. Tursınov M. Tayyorlagan: Yangiboev M. Nukus 2016 yil 2


   4. Biosfera va noosfera to’g’risidagi ta’limot



Yüklə 330,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix03.03.2023
ölçüsü330,12 Kb.
#86415
növüReferat
1   2   3   4   5
tabiat va jamiyat ortasidagi ozaro munosabatlar (2)АААААААААААААААА

 


18 
 4. Biosfera va noosfera to’g’risidagi ta’limot 
Ekologiya va ijtimoiy ekologiyaning nazariy sohasida V. I. Vernadskiyning 
Biosfera va Noosfera to’g’risidagi umumlashtiruvchi tabiiyotshunoslikka oid 
ta’limoti alohida o’rin egallaydi. Qomusiy olim, Yerda hayotning rivojlanishiga 
sayyora va koinot jarayonlari bilan uzviy aloqada amalga oshadigan jarayon deb 
qaraydi. Bunda hayotning o’zi jonli moddaning alohida, yagona bir butunligi, Yer 
yuzasidagi barcha jonli organizmlarning majmui sifatida ta’riflanadi. Ana shu 
a’zolar Yer yuzasi bo’ylab tarqaladi, uni o’zgartiradi, alohida uyushqoqlikni 
yaratadi. Jonli organizmlarning sayyorada tarqalishi Vernadskiy tomonidan 
biosfera, hayotning yagona bir butunligi joylashgan alohida makon sifatida 
ta’riflanadi.
Biosfera o’z-o’zidan rivojlanuvchi eng ulkan ekologik tizim sifatida koinotda 
nodir hodisadir. V.I.Vernadskiy tizimining tabiiy faoliyati va doimiy harakatdagi 
muvozanatini ta’minlaydigan biosferaning uyushqoqligi geologik davrida yer 
qobig’idagi 
biologik-geologik-kimyoviy 
jarayonlarining 
asta-sekin 
murakkablashuvi natijasida qaror topgan. Bu jarayonlar esa jonli moddaning tabiiy 
faoliyati sababli ro’y beradi.
Olimning talqinicha, «Jonli modda» (materiya) - bu uning o’ziga xos bir 
qancha xususiyati bo’lgan tiriklikka (jonga) ega moddadir va ayni zamonda 
geologik jarayonlarda qatnashadigan organizmlar majmuidir.
V.I.Vernadskiy yer qobig’ida ro’y beradigan jarayonlarga biogeokimyoviy 
ta’sir ko’rsatadigan jonli modda tarkibiga insoniyatni ham kiritadi. Odamning 
biologik mohiyati ekologiya jihatidan biosfera bilan bog’langandir, zero u o’z 
fiziologiyasi bilan energetika oqimlari va biogeokimyoviy hodisalar davrasiga 
tortilgan. Demak, «Jamiyat-tabiat» tizimiga (biosfera tushunchasiga kiruvchi) ikki 
tarkibiy qisimli tabiiy-ijtimoiy tizim, planetar (umumsayyoraviy) ijtimoiy ekologik 
tizim, deb qarashga asoslar bor. Uning shakllanishi va faoliyat ko’rsatishida inson 
ongi alohida o’ringa ega.
Ammo bu tizimda insoniyatning roli jonli moddalarning boshqa shakllaridan 
farq qiladi. Bu xususda olim shunday deb yozadi: “Insoniyatning bir xil jonli 


19 
modda sifatida geokimyoviy ahamiyatini o’rganishda biz uning butunlay vaznga, 
tarkibga va energiyaga mansub qilib qo’ya olmaymiz. Biz bu yerda yangi omil-
inson ongiga duch kelamiz”.
Shunday qilib, biosfera, bir tomondan, jonli moddaning faoliyatidir, ikkinchi 
tomondan, planetar ekologik tizim sifatida organik hayot evolyutsiyasining tabiiy 
platformasidir. Inson esa uning cho’qqisidir. Bilimlar va texnikaviy yutuqlar bilan 
qurollangan inson biosferaning faoliyat ko’rsatishiga va uyushqoqligiga hamda 
uning sifat jihatidan yangi holat - Noosferaga o’tishiga ta’sir ko’rsata boshladi. 
«Noosfera» - iborasi ilmiy adabiyotga V. I. Vernadskiyning biogeokimyoviy 
fikrlari tarafdori, fransuz matematigi va faylasufi E. M. Rua tomonidan kiritilgan.
Ammo V.I.Vernadskiy unga butunlay yangi ijtimoiy, ekologik mazmun bahsh 
etgan. Uning tushuntiricha, noosfera biosferaning shunday bir holatidirki, unda ong 
va shu ong yo’naltirib turgan inson ishlari sayyorada misli ko’rilmagan kuch 
sifatida namoyon bo’lishi kerak. Ko’rinib turibdiki, noosfera «biotik» va 
«ijtimoiylik»ni birlashtiradi, bu yangi uyg’unlashgan fan - ijtimoiy ekologiyaning 
shakllanishida muhim ahamiyatga egadir.
V.I.Vernadskiy, Yerdagi hayot juda qadimda paydo bo’lgan deb taxmin 
qilgan. Hozirda bu taxminni tasdiqlovchi turli-tuman ma’lumotlar mavjud. 
Shulardan eng muhimi 3-5 mlrd. yil avval mavjud bo’lgan Yerdagi hayot izlari 
topilganligidir. Boshqacha qilib aytganda, koinot jismi sifatida Yerning paydo 
bo’lishi va unda hayotning vujudga kelishi 4-5 mlrd. yil muqaddam fazoviy 
miqyoslarda deyarli bir vaqtda ro’y bergan.
V.I.Vernadskiy birinchilardan bo’lib Yerda hayot paydo bo’lishi faktining 
kosmik ahamiyatini tushuna oladi va uning sayyora rivojiga ta’sirini o’rganadi. 
Uning fikricha, bizning sayyoramiz va koinot hozir yagona tizim sifatida tasavvur 
qilinadi. Bu tizim hayot, jonli modda Yerda sodir bo’ladigan jarayonlarni bir-
butunlikka birlashtiradi. Yerning butun tarixi davomida V. I. Vernadskiyning 
baholashi bo’yicha, biosferada jonli modda miqdori amalda doimiy bo’lgan. 
Quyosh energiyasi hisobiga geokimyoviy davrlar yoki tabiatda moddalarning 
doimiy o’zgarib turishi yuzaga keldi. Bunday o’zgarib turishga dastlabki 


20 
materiyaning yangidan-yangi massalari jalb bo’lgan. Chunki shunday jinslar 
qatlami paydo bo’la boshladiki, ular keyin geologik va geokimyoviy jarayonlar 
ta’sirida o’zgardilar.
Umumsayyoraviy rivojlanishning bu mislsiz miqyosdagi manzarasi aql egasi- 
odamning paydo bo’lishini ham o’z ichiga olgan edi. Odam esa sayyorada sodir 
bo’luvchi barcha jarayonlarni yanada tezlashtirdi.
Biokimyoviy yaratilish tabiiyki, yangi masalani-umumsayyoraviy rivojlanish 
manzarasida insonning o’rni masalasini o’rtaga qo’yadi. Bu masalaga V. I. 
Vernadskiy javob berdi. XX asrning dastlabki yillaridayoq olim insonni tabiatga 
ta’siri shunchalar tez o’sayotgan ediki, uning asosiy geologik o’zgartiruvchi 
kuchga aylanishi vaqti unchalik uzoq emas. Ana shu gapning ma’nosi shuki, inson 
tabiatni rivojlantirish istiqboli ma’suliyatini o’z zimmasiga olishi kerak. Ekologik 
tizim va jamiyatning rivoji chambarchas bog’lanib ketmoqda. Kuni kelib biosfera 
aql jabhasi - Noosferaga o’tadi.
Inson va insoniyatning biosferada tutgan o’rni masalasiga ilmiy tarzda 
birinchi marotaba XVIII asrning o’rtalarida e’tibor qaratilgan edi. Shu davrda K. 
Linney sut emizuvchilar guruhida eng yuqori turkumni ajratgan edi. Ammo, bu 
qariyib 2, 5 mln. yil muqaddam paydo bo’lgan dastlabki «gominid»lar (lotincha 
xomo-odam) ning biosferaga ta’siri boshqa, yuqori darajada uyushqoq bo’lgan sut 
emizuvchilar ta’siridan kam farq qilgan. Gominidlar sodda (ibtidoiy) miyaga ega 
bo’lgan va mehnat qurollaridan foydalanmagan. Ilk paleolitda oddiy mehnat 
qurollari bilan foydalana oladigan Xomo faber (usta odam) paydo bo’ladi. Uning 
populyatsiyasi kam bo’lganligi sababli biosferaga ta’siri keng ko’lamni tashkil 
etmagan.
Insonning aqliy jihatdan rivojlana borgani sari paleolitning pirovard davrida 
tabiiy muhitga ancha faol ta’sir ko’rsatadigan Xomo sapiens (ongli odam) 
shakllanadi. Biroq V. I. Vernadskiyning isbotlashicha, insonning ta’siri ortib 
borishi uning soni ko’payishi bilan (bunday ta’sir muayyan joyda nomoyon 
bo’ladi) belgilanmaydi, balki insoniyat ilmiy tafakkuri o’sishi bilan bog’liqdir. Shu 
tariqa asta-sekin biosfera rivojida yangi bosqich - biotik bosqich boshlandi, 


21 
demakki biosferaning sifat jihatdan yangi holati noobiosfera yoki V. I. 
Vernadskiyning izohlashicha, Noosfera shakllanishi uchun shart-sharoit yaratiladi.
Noosfera rivoji boshlanishini olim dehqonchilik va katta shaharlar, nisbatan 
rivojlangan qudratli antik davlatlar shakllanishi bilan bog’lagan. Ayni mana shu 
ijtimoiy- iqtisodiy negiz V.I.Vernadskiyning ta’kidlashicha, inson populyatsiyasi 
tez ko’payishiga, «insoniyatning madaniy biokimyo energiyasi o’sishi» va 
demakki, ijtimoiy hayotda tafakkur paydo bo’lishi ko’maklashgan.
Insoniyatning biosfera va noosfera tizimida tutgan o’rni jonli modda boshqa 
formalaridan sifat jihatdan farq qiladi, zero biz bu o’rinda inson tafakkuri va ongli 
harakatining yangi omili bilan to’qnashamiz. Ayni ana shu omil jamiyat va tabiat 
munosabatlarini qulaylashtirishda hal qiluvchi ko’rsatkichdir.
Noosfera orqali atrof-muhitdagi sifat jihatdan yangi ekologik jarayonlar bilan 
insoniyat rivojlanishi tarixi o’tasidagi sabab va oqibat aloqalari o’rnatiladi. V.I. 
ernadskiy bizning asrimiz tarixda burilish hisoblanadi, deb ta’kidlaydi. Chunki 
inson birinchi marotaba biosferaning o’zaro bog’langan barcha bloklari ya’ni 
litosfera, gidrosfera, atmosfera, jonli modda faoliyatining butun jabhasini va hatto 
fazo bo’shlig’ini ham o’zining texnogen ta’siri bilan qamrab oldi.
Biroq V.I.Vernadskiy izohlashicha, ilmiy tafakkurning geologik kuch 
sifatidagi ahamiyati faqat biosferaga texnogen ta’sir ko’rsatish va uning noosferaga 
aylanishidagina namoyon bo’lmaydi. Balki, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan 
insonning atrof-muhit ekologik halokatini oldini olishga qodir bo’lgan 
imkoniyatlarida ham namoyon bo’ladi. Hozirgi zamon olimlari oldida, - deb 
yozgan edi V.I.Vernadskiy, - noosfera uyushqoqligini ongli ravishda 
yo’naltirishning misli ko’rilmagan vazifalari turibdi. Olimlar bu vazifalardan yuz 
o’gira olmaydilar, zero, ilmiy bilishning tabiiy jarayoni ularni shunga yo’llaydi.
V.I.Vernadskiy ta’limotning puxta ishlangan qoidasini ajratib ko’rsatishda 
olim tomonidan ta’riflangan ikki biogeokimyo prinsiplari to’g’risida gapirish 
mumkin. Bu prinsiplar biosfera rivojini ko’zdan kechirishda hal qiluvchi 
ahamiyatga egadir.


22 
Birinchi biogeokimyo prinsipining ma’nosi shuki, jonli moddaning 
biosferadagi geokimyo energiyasi (jonli moddaning ongga ega bo’lgan oliy 
ko’rinishi insoniyatni qo’shib) o’zini eng ko’p darajada namoyon etishga intiladi. 
Ikkinchi biogeokimyo prinsipining ma’nosi shuki, turlar evolyutsiyasi jarayonida 
organizmlar, jonli moddaning ayrimlari omon qoladiki, ular o’z hayot faoliyati 
bilan biogen munosabatni yuqori darajada ko’paytiradi. Biotizimning faoliyat 
ko’rsatishi xususida ayni shunday ta’rifni taxminan ayni bir vaqtda (XX asr 30-
yillarining birinchi yarmi) biofizik E. Bauer ham taklif qilgan edi. Shu boisdan 
yuqorida ta’riflangan prinsiplarni Vernadskiy-Bauer qonunlari deb atash ham 
mumkin.
Bu qonunlardan juda muhim hulosalar keltirib chiqarish mumkin. Uning 
mohiyati shundan iboratki, biosfera (noosferagenez) ni hozirgi zamonda 
o’zgartirishning barcha jarayonlarida insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taqazolangan 
ehtiyojlari va sayyora o’zgarishi tabiiy qonuniyatlarining o’zaro ta’siri yuqorida 
ta’riflangan ikki qonunga zid bo’lmasligi kerak.
Shunday qilib, V.I.Vernadskiyning umuman biosfera haqidagi ta’limoti ilmiy 
bilim taraqqiyotining hozirgi bosqichi uchun ham muhim ahamiyatga egadir: 
insoniyatning ijtimoiy faoliyati bilan o’zaro munosabatda bo’ladigan bu tabiat, 
koinot-sayyora jarayonlarini o’rganish bo’yicha to’xtovsiz o’sib boruvchi goelogik 
omil sifatida maydonga chiqishini tahlil etilishi biosfera to’g’risidagi ta’limotning 
uzviy davomidir.
Noosfera to’g’risidagi ta’limot tabiat kuchlaridan inson manfaatlari yo’lida 
foydalanish va uni rivojlantirish, ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish, tabiatdan 
oqilona foydalanish, aholi salomatligini saqlash va rivojlantirish yo’llarini 
ko’rsatib beradi. Bu masalalar V. I. Vernadskiyning insoniyat rivoji tabiiy-tarixiy 
aspektlariga doir ishlanmalari bilan bog’liqligi yuqorida ko’rsatib o’tilgan edi. 
Mazkur ishlanmalar bir qator xorijiy olimlar, shu jumladan Rim klubi xomiyligida 
(A. King, J. Forrester, D. Medouz, P. Yerlix va bosh. ) faoliyat yuritgan olimlar 
ishlab chiqqan umidsiz bashoratlarga barham berishning real imkoinyatlarini ochib 


23 
beradi. Ular ekologik, energetik, demografik deb ataluvchi juda ulkan muammolar 
ro’y berishhini karomat qildilar.
Ta’limotning asosiy g’oyasi V. I. Vernadskiy tamonidan insoniyatning 
avtotrofligi to’g’risidagi fikriga umumlashtirilgan. U insoniyat biosferaning 
chegaralangan resurslarini, energiya manbaalarini, xom ashyo boyliklari 
materiallari va ularning rivojlanishini yaqin kelajakdayoq jiddiy ravishda cheklab 
qo’yadi deb hisoblagan. Olim shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarini avval 
labaratoriyalarda, keyinchalik esa sanoat miqyosida ham sintezlash bu qaramlikni 
bartaraf etishda ko’maklashishini ta’kidlaydi.
Bu holat insoniyatning avtotrofligi ijtimoiy sabablar asosida ro’y berganini 
ifodalaydi. Odamlar hayotida va biosferada oziq-ovqatni ana shunday sintezlash 
qanday ma’noni bilidiradi? Uning amalga oshirilishi insonni boshqa jonli moddaga 
qaramlikdan ozod qilgan bo’lur edi. Ya’ni inson ijtimoiy geterotrof mavjudotdan 
ijtimoiy avtotrof mavjudotga aylanadi.


24 
Xulosa 
Xulosa qilib shuni aytish lozimki. Qadimdan odamlar tabiatda ro'y beradigan 
hodisalarning qaytarilib turishini kuzatib borishgan. 
Bo'lib o'tgan jarayonlarni talqin qilish tabiiy jarayonlarni rivojlanish 
yo'nalishini anglab olishga yordam beradi va ekstrapolyatsiya usulini qo'llagan 
holda bu rivojlanish tendensiyasini kelgusi davrga tadbiq etish mumkin. 
Tabiiy jarayonlarni ritmik harakatini hisobga olgan holda bashorat qilishga 
ko'plab misollar keltirish mumkin. Ob-havoni yil davomida o'zgarishini bashorat 
qilish, daryo oqimi me'yorini aniqlash, o'simliklar qoplamini o'zgarishini bashorat 
etish shular jumlasiga kiridi. Ayniqsa jarayonlarni sutkalik o'zgarishi, sayyoralar, 
Quyosh harakatlarini, Quyosh va Oy tutilishini ilgaritdan aytib berish ayniqsa 
yaxshi aniqlangan.
Osmondagi jismlami aniq ritmik harakati ularni bir-biriga nisbatan tutgan 
o'rnini o'nlab va yuzlab yil oldindan aytib berish imkonini beradi. 
Osmondagi jismlarni harakati mexanik harakat, tabiiy geografik jarayonlar 
esa ancha murakkab qonuniyatlar asosida amalga oshadi.
Antropogen landshaftshunoslik F.M.Milkov va uning shogirdlari tomonidan 
rivojlantirildi. 
Antropogen landshaftlarning turli xii sinflashtirish sxemalari mavjud. Ulardan 
eng keng tarqalgani inson faoliyati turiga va kelib chiqishiga ko'ra sinflashtirishdir. 
Insonni faoliyati turiga qarab 8 ta antropogen landshaftlar turi 
ajratiladi:Qishloq xo'jalik landshaftlari, o'z navbatida to'rtta sinfchalard an iborat: 
sug'orma dehqonchilik, o'tloq-yaylov, bog' va aralash. Sanoat landshaftlari sinfi 
sanoat ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi. Eng keng tarqalgan turlari: 
karer, tashlama, terrikon, karer-tashlama va h.k. Chiziqli yo'llandshaftlari turli xiI 
yo'llarni qurilishi natijasidahosil bo'ladigan landshaftlardir. Antropogen o'rmon 
landshaftlari sinfi madaniy o'rmontarva kesilgan o'rmonlar o'rnida vujudga kelgan 
ikkilamchi o'rmonlardan iborat. Gidrogen landshaftlar sinfi suv omborlaridan, 


25 
hovuzlardan,kanallardan iborat. Rekreatsiya landshaftlari sinfi dam olish zonalari 
va turizmta'sirida vujudga keladi. Qadimdan odamlar tabiatda ro'y beradigan 
hodisalarning qaytarilib turishini kuzatib borishgan. Tabiiy jarayonlarning davriy 
harakatlarini aniqlash ulami bashorat qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Davriy 
harakatlar ma'lum vaqt davomida qaytarilib turadigan jarayonlardir, agar bu 
jarayonlarni tarixan bo'lib turishi aniqlangan bo'lsa, ularni kelgusida yana bo'lish 
ehtimoli katta.


26 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Kalesnik S.V. Obshie geograficheskie zakonomernosti. Zemli. M., 1970. 
2. Gerenchuk K.I. i dr. Obshee zemlevedenie. M., 1984. 
3. Milpkov F.N. Obshee zemlevedenie. M., 1990. 
4. Kalesnik S.V. Umumiy yer bilimi qisqacha kursi. T., 1966. 
5. Shubaev L.P. Umumiy yer bilimi. T., 1975. 
6. Ermolaev M.M. Vvedenie v fizicheskuyu geografiyu. L., 1975. 
7.Maqsudov X., Abdug’aniev I., Xisomov A. Umumiy yer bilimidan 
laboratoriya mashg’ulotlari. T., 1986. 
8. 
www.ziyonet.uz
 

Yüklə 330,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin