Referat ishi qabullovchi: ass. Tursınov M. Tayyorlagan: Yangiboev M. Nukus 2016 yil 2


 Jamiyat va tabiat o’zaro munosabatlarining evolyutsiyasi



Yüklə 330,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix03.03.2023
ölçüsü330,12 Kb.
#86415
növüReferat
1   2   3   4   5
tabiat va jamiyat ortasidagi ozaro munosabatlar (2)АААААААААААААААА

3. Jamiyat va tabiat o’zaro munosabatlarining evolyutsiyasi. 
Ijtimoiy ekologiyaga doir adabiyotlarda jamiyat va tabiatning o’zaro ta’sirini 
davrlarga bo’lish xususida turli fikrlar mavjud. Mualliflarning bir toifasi beshta 
davrni tilga oladilar. Ko’pgina mualliflar davrlarga bo’lishda jamiyat tarixi beshta 
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda bo’lishini asos qilib oladilar.
Birinchi davr ibtidoiy-jamoa tuzumini o’zichiga oladi. Bu davr ibtidoiy 
odamlari oddiy mehnat qurollariga ega edi. U qurollar asosan ovchilik va 
tirikchilik uchun narsalar to’plashda qo’llanilgan. Jamiyat qaror topishining ilk 
bosqichlarida tabiat hayot kechirish vositalarini bevosita beravergan va shu bois 
oldiniga ishlab chiqarishga ehtiyoj bo’lmagan.
Jamiyat bilan tabiatning o’zaro ta’siri evolyutsiyasi ikkinchi quldorlik 
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya bilan bog’liqdir. Bu davr odamga ishlab chiqarish 
vositalari va umuman tabiat boyliklariga nisbatan xususiy mulkchilik paydo 
bo’lishini shuningdek, materiallardan yasalgan mehnat qurollari yanada rivoj 
topishi hamda ularni qo’llash doirasi kengayishini o’z ichiga oladi. Mazkur 
qurollar yordamida inson tabiat bosqichlarini o’z ehtiyojlariga ijodiy ravishda 
moslashtirishga tobora faolroq kirishadi.


15 
Jamiyatning tabiiy vositalarga ta’sir o’tkazishining uchinchi davri feodalizm 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga to’g’ri keladi. Jamiyatning tabiatga ta’sir o’tkazishi 
shakllari jihatidan bu davr ikkinchisidan kam farq qiladi. Ikkinchi davr bilan 
uchinchi davr o’tasidagi jiddiy farq shundaki, qulchilik shakllarining krepostnoy 
qaramlik bilan almashishi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, tabiatni bilish 
va o’zgartirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berdi.
To’rtinchi davr kapitalistik tuzumni o’z ichiga oladi. U ikki bosqichga 
bo’linadi. Birinchi bosqich mashinalashgan ishlab chiqarish paydo bo’lishi, fan va 
texnikaning zamonaviy sivilizatsiya turli shakllarining gurkirab rivojlaninshi bilan 
bog’liqdir.
Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatning tabiatga ta’sir o’tkazish imkoniyatlarni 
shu qadar oshirib yubordiki, V.I.Vernadskiy ta’biricha, «insoniyat, umuman 
olganda, tabiat muhitini o’zgartiruvchi va qayta tuzuvchi qudratli geologik kuchga 
aylandi».
Jamiyatning tabiatga ta’sir o’tkazishi kapitalistik tuzumining ikkinchi bosqichi 
kapitalizmning monopolistik pog’onasi bilan bog’liqdir. Kapitalizm rivojining bu 
bosqichida mashinalashgan texnikani yoppasiga qo’llash, raqobat va ishlab 
chiqarish anarxiyasi sharoitlarida jamiyatning tabiatga vaxshiyona munosabati 
saqlanib qoldi. Jamiyat bilan tabiat o’tasidagi ziddiyat ancha keskinlashdi. 
Ekologiya buxroni (krizisi) havfi ro’y-rost voqelikka aylandi. Biosfera boyliklari 
chegarasiz va bitmas-tuganmasligi to’g’risidagi gaplar shippakka chiqadi.
Jamiyatning tabiatga ta’siri evolyutsiyasining beshinchi davrini sotsialistik 
tuzum poydo bo’lishiga bog’lashadi. Bu davrning birinchi bosqichi tabiatdan 
foydalanishning kapitalistik va sotsialistik tuzumlari amal qilishi bilan tavsiflanadi. 
Bu tuzumlar nafaqat «inson va jamiyat» munosabatlari tamoili bo’yicha, balki 
«jamiyat-tabiat» munosabatlari tamoili bo’yicha ham bir-biriga qarma-qarshidir. 
Bu tuzumlarning mavjudligi o’zaro birgalikda ularning tabiatga bo’lgan 
munosabatlarida ham muayyan iz qoldiradi.
Bu davrning ikkinchi bosqichi yangi ekologik tafakkurning paydo bo’lishi, 
umuminsoniyat mafaatlari yo’lida tabiiy muhitni g’oyat katta miqyoslarda qayta 


16 
qurish zarurati bilan bog’liqdir. Bu bosqichda tabiatni juda katta miqyoslarda 
oqilona o’zgartirish sohasi oyoqqa turadi va rivojlanadi.
Adabiyotlarda shuningdek jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri tarixini to’rt 
davrga bo’lish keng o’rin olgan. Ya’ni 1) O’ziniki qilib olish; 2) Agrar; 3) 
Industrial; 4) Noosfera davrlari.
Neogen davri yer yuzida Xomo sapiens (ongli odam) ning paydo bo’lishiga 
to’g’ri keladi. Hozirgi zamon antropologiya va arxeologiya tadqiqotlari 
ma’lumotlariga ko’ra bu 30-40 ming yil ilgari sodir bo’lgan. Bungacha 
insoniyatning uzoq davom etgan tashkil topish tarixi bo’lgan. U kopchilik 
antropolog olimlarning hisoblashicha bundan 1-1, 5 mln. yil muqaddam paydo 
bo’lgan «paleantrop» (tik yuruvshi odam) davridan boshlanadi. Bir qator olimlar, 
ayniqsa arxeologlar insoniyat evolyutsiyasi boshlanishini oldingi shakl - 
«parantrop» (Uquvli odam) bilan boshlashadi. Bunday odam dastlabki sun’iy 
qurollarni yaratgan va 2-3 mln. yil ilgari yashagan.
Insoniyat tashkil topishining ana shu butun davri davomida ajdodlarimizning 
biosferaga ta’sir o’tkazishi hayotning dastlabki 20-30 ming yilliklarida ko’pgina 
umumiylikka ega bo’lgan.
Ba’zi bir tadqiqotshilar tabiatdan o’ziniki qilib foydalanish davrini ikki 
bosqichga ajratadilar; ibtidoiy odamlar hayotida tabiatning tayyor mahsulotlarini 
to’plash ustun bo’lgan bosqich va ovchilik va baliqchilik hisobiga tirikchilik 
vositalarini qo’lga kiritish ustun bo’lgan bosqich. Ammo yashash vositasini qo’lga 
kiritishning bu har ikkala yo’li o’z tamoyiliga ko’ra bir-biriga juda yaqindir. 
Yig’ib-terish, - deb yozadi S.A.Semyonov, - ozuqa topishning ancha qadimgi 
usulidir, ovchilik esa, yig’uvchilar faoliyatining murakkablashgan va texnika 
jihatidan takomillashgan usulidir. Buning ustiga ular o’zaro yaqindan bog’lanib 
ketgan va tabiiy sharoitlari jihatidan sayyoraning turli mintaqalari odamlari 
hayotida o’z salmog’i bo’yicha ancha o’zgarib turadi. Bunda terib-termashlash 
bilan asosan ayollar, ovchilik bilan esa erkaklar shug’ullanishgan.
Jamiyat bilan tabiat o’rtaisdagi biogen yoki moslashish davrining keyingi 
bosqichlarida paydo bo’lgan ziddiyat yangi, texnogen davrining pishib etilichiga 


17 
olib keldi. Bu o’zlashtiruvshi odamdan shorvasxilik va dehqonchilik bilan 
shug’ullanuvchi odamga asta-sekin o’tishda nomoyon bo’ldi. Boshlanishda 
o’zgaruvchi tamoyilga ega bo’lgan bu o’tish zarur hayot vositalarini qo’lga 
kiritishda faqat yordamchi rolnigina o’ynagan.
Texnika davrini tavsiflar ekan, G.V.Platonov bu dvrning agrar bosqichini 
ajratib ko’rsatadi. Mazkur bosqichda tabiat kuchlari bilan kurashda jamiyatning 
ahvoli biogen davriga nisbatan mustahkamlanadi, inson tomonidan tabiatga 
yetkaziladigan zarar jiddiy ravishda o’sadi. Feodalizm sharoitlarida jamiyatning 
tabiatga munosabati taxminan qulchilik tuzumidagidek bo’lgan. Shuning uchun 
ham jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri tarixini davrlarga bo’lish muammolariga 
taaluqli tadqiqotlarning kopchiligida har ikkala ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar 
ekologik jihatdan jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri tarixining bitta, ya’ni agrar 
bosqichiga kiritilgan.
Feodalizm bag’rida sanoat ishlab chiqarishining paydo bo’lishi bilan texnogen 
davrning ikkinchi bosqichiga o’tish jarayoni boshlanadi. Fan taraqqiyotining 
jadallashuvi va uning ishlab chiqarish doirasida materiallashuvi, fan va texnikaning 
uyg’unlashuvi (integratsiyasi)ga, pirovardida fan-texnika inqilobiga olib keldi. 
Jamiyat taraqqiyotining bunday holati texnogen davrining industrial bosqichi 
boshlanishini yaqinlashtirdi.
Mazkur bosqich tabiat o’z-o’zicha yaratmaydigan moddalar va ashyolarning 
ko’plab vujudga keltirilishi bilan tavsiflanadi. Mashinalarning yaratilishi, bug’ va 
elektrning «rom» qilib olinishi ularni ommaviy tarzda ishlab chiqarishga olib keldi. 
Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida nafaqat kutilayotgan foydali mahsulotlar, 
balki ishlab chiqarish chiqindilaridan ko’pgina qo’shimcha moddalar yaratildi. 
Ularning miqdori ba’zan mehnatning rejalashtirilgan mahsulotlari hajmidan o’nlab 
barobar oshib ketadi.
Bu salbiy jarayonlar XX asrning ikkinchi yarmidagi fan-texnika inqilobi 
sharoitlarida ayniqsa kuchaydiki, pirovardida u ekologik halokat xavfiga olib keldi.

Yüklə 330,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin