Referat Mavzu: Navoiyshunoslik. Navoiy asarlarida til madhi. Bajardi: 2 kurs 204 guruh talabasi



Yüklə 475,2 Kb.
səhifə35/78
tarix17.04.2023
ölçüsü475,2 Kb.
#99069
növüReferat
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78
Marosim folklori-fayllar.org

Uvaysiy ijodi. XX asrning 60-yillarida olimlarimiz Andijon viloyatining Marhamat tumanida Uvaysiy avlodlari yashayotganini aniqlab, shoiraning chevarasi Xoljonbibi bilan uchrashishga va anchagina ma'lumotlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldilar. Uvaysiyning she'riy devoni topilib, 1983-yilda "Ko'ngil gul zori" nomi bilan nashr etilgan.
Shoira devonida ishqiy hamda hasbi hoi she'rlar ko'p uchraydi. Muhabbat mavzusidagi g'azallarida majoziy hamda ilohiy ishq tug'yonlari bayon etiladi. O'zida xosligi shundaki, ijod namunalarida ayol kishining nozik kechinmalari bo'rtib ko'rinib turadi. Uning lirik qahramoni ko'ngil qo'ygan yor go'zallik timsoli, barcha latofat, nozikliklar unga xos:
Qading nozuk, qoshing nozuk, ko'zung nozuk, labing nozuk,
Tiling nozuk, so'zung nozuk, tishing durri Adan, nozuk.
Mana shunday tengsiz mahbub uchun lirik qahramon riyozatlar chekadi, ishqida kecha-kunduz nola qiladi:
Oh, gulruxsora jonon, xordurman ishqida,
Dil aro qon, siynasi afgordurman ishqida.
Uvaysiyning san'atkorona ifoda shakli ushbu baytda yaqqol namoyon bo'ladi. Baytda, avvalo, tanosub san'ati ko'zga tashlanadi. "Xor", "dil aro qon", "afgor" so'z va birikmalar o'rtasidagi mazmuniy yaqinlik bu san'atni yuzaga keltirib, lirik qahramonga xos bo'lgan ruhiy iztiroblar, qaynoq kechinmalarni o'quvchi ko'z oldida gavdalantiradi. Baytdagi ikkinchi san'at iyhomdir. Avvalgi misradagi "xor" so'zi ikki ma'noda qo'llangan: qadrsiz va tikan. Birinchi ma'nosiga ko'ra gul yuzli jonon ishqida xor, qadrsiz bo'ldim; ikkinchi ma'nosi - yuzi gul yor ishqida tikan bo'ldim. Chunki gul tikansiz bo'lmaydi. Bu tikan esa gulni begona qo'llardan, nigohlardan, tashqi balolardan asrashi kerak.
Uvaysiy g'azallarida uning hayoti bilan bog'liq chizgilar ham aks etgan. Masalan, quyidagi baytni olaylik:
Vaysiy jahondin o'tti, muiodig'a yetmadi,
To'ymoqqa rasm yo'qdur qorin suygan oshga.
Shoiraning murodga yetmaganlik to'g'risidagi o'kinchini turmush o'rtog'i Hojixonning bevaqt o'limi bilan bog'liq deb faraz qilish mumkin. Albatta, u iymoni komil musulmon sifatida taqdirga tan beradi, Yaratganning irodasiga bo'ysunadi. Lekin xalq ichida maqol bilan naql qilinganidek, "Suygan oshga qorin to'ymas", ya'ni sevgan kishing bilan qancha yashasang ham, uning diydori, vasli g'animat bo'lib qolaveradi. Baytda xalq maqo-lini qo'llash - irsoli masal san'ati ushbu misralarga uzukka ko'z qo'yganday bo'lib tushgan.
"Sog'indim" radifli g'azal shoiraning o'g'li Muhammadxonning sarbozlikka yuborilishi munosabati bilan farzandidan judo onaning iztiroblari, sog'inchini aks ettiradi.
Bugun, ey do'stlar, farzandi jononimni sog'indim,
Gado bo'lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog'indim.
Birinchi misrada shoira nima uchun farzandini "jononim" deb ta'riflamoqda? Ko'pchilikda "jonon" so'zi faqat go'zal ayollargagina nisbatan qo'llanadi degan qarash hukmron. Aslida, bu so'z "jon" so'zi bilan o'zakdosh bo'lib, "jonga xos", "jonga yaqin, suyukli" kabi ma'nolarni bildiradi. Baytda tazod munosabatidagi "gado", "shohi davron" timsollari shoiradagi intizorlik va ilojsizlik tuyg'ulari naqadar chuqur, qanchalar alamli ekanligini ifodalaydi. Shuningdek, "Dog' o'ldi", "Meni", "Uvaysiyman" g;azallarida shoira hayotining turli lavhalar, jihatlari qalamga olingan.
Uvaysiyning ko'p g'azallarida so'fiyona ruh balqib turadi. Uningcha, mutlaq yor yodi bilan yashash umrning mazmuni bo'lishi kerak. Aks holda kishi haq yo'ldan adashgan hisoblanadi:
Uvaysiy, olma boshing zikr-u fikri yor yodidin,
Suluki ishq aro beyodi haq yo'ldin odoshibdur.
"Suluk" tariqat so'zi bilan ma'nodosh bo'lib, "yo'l" degan ma'noni anglatadi. Ishq suluki — Yaratganning visoliga olib boruvchi yo'l. Maqsadga erishish uchun solik bir dam bo'lsin Uning zikri-fikridan xoli bo'lmasligi kerak. Buning uchun esa ko'nglida ishq bardavom bo'lmog'i zarur. Shoiraning lirik qahramoni qarashiga ko'ra, borliqdagi barcha narsalar Yaratganning ishqida yonadilar, Uning uchun oh-nola chekadilar, dunyoni darbadar kezadilar. Go'yo yaratiqlarning holati, harakati ulardagi Ollohga bo'lgan ishqning izhorlari. Lekin ular bu o'rtanish, sar-gashtalikni lirik qahramon — oshiqdan o'rgangandirlar:
Ki bulbul nola, afg'on aylamakni mendin o'rgandi,
Vujudin sham'i so'zon aylamakni mendin o'rgandi...
Seni izlarman andoqki, quyosh diydorin izlarda,
Kezib tun-кип, shitob aylamakni mendin o'rgandi.
Lekin bu qalbidagi ishq olovlarining tabiatdagi ramzlarini insonlar ichida tushunadiganlari ozligi shoirani iztirobga soladi:
Rumuzi ishq ko'nglimg'a chunon sohib bo'libdurkim,
Dam ursam bir necha ramzi muhabbatdin, qani mahram?
G'ofil kishilar dunyoning o'tkinchiligini, uning har bir daqiqasidan unurnli foydalanish zarurligini unutadilar:
Dunyoni bu кип davr ila davroni g'animat,
Kelturdi xaloyiqniki, mehmoni g'animat.
Yaratilgan dunvoning har bir zamoni (daqiqasi) g'animat. Ya'ni bu hayol insonga poklanish uchun berilgan fursat, urnr poyoniga yetmay turib, maqsadga erishishga ulgurish lozim.Bugina emas, xudo yaratgan har bir narsa, jonzot dunyoning, ayni paytda bir-birlarining him mehmonidirlar. Demak, ular bir birlariga g'animat. Har bir inson, har bir jonzot va narsalarning qadriga yetmoq kerak. Uvaysiy she'riyati asosini ana shunday buyuk insoniy qarashlar tashkil etadi.
Uvaysiy adabiyotimizda chiston janri rivojiga hissa qo'shgan san'atkor shoiradir. U bir nechta chiston yaratgan. Bu chistonlar ichida anorga atalgani she'riyatimizdagi o'ziga xos hodisa bo'lgan.
Snoira ijodida epik xarakterdagi asarlar — uchta doston bor. Bular: "Voqeoti Muhammad Alixon", "Shahzoda Hasan haqida doston", "Shahzoda Husayn haqida doston". Ularning barchasi tarixiy mavzuda. "Voqeoti Muhammad Alixon"da otasi vafotidan bir muncha muddatdan so'ng taxtni mustaqil boshqara boshlagan Muhammad Alixonning Qashqarga yurishi qalamga olingan. Asarda xonning tug'ilishi, taxtga chiqishi va safarga otlamshi voqealari berilib, Marg'ilonda onasi bilan xayrlashib, yo'lga tushishi bilan uziladi. Bu doston yakunlanmay qolgan.
Shahzodalar Hasan va Husayn payg'ambarimizning nabiralari, Hazrat Alining o'g'illaridir. Keyingi ikki doston islom olamining ana shu ikki mo'tabar zotlariga bag'ishlangan. Avvalgisida Imom Hasanning Muoviya bilan bo'lgan janglari va xiyonatkorona o'ldirilishi, keyingi dostonda esa Imom Husayn va uning farzandlari Yazid bilan bo'lgan tengsiz jangda shahid bo'lganliklari bayon etiladi. Bu voqealar Karbalo dashtida bo'lib o'tganligi tufayli doston "Karbalonoma" deb ham ataladi.
Shoira o'zining betakror va jozibador ijodi bilan zamondoshlari diqqatiga tushdi va keyingi avlodning e'tiborini qozonib kelmo­qda. O'zbek shoiralari ijodining tadqiqotchisi Mahbuba Qodirova u haqida shunday yozgan edi: "Uvaysiy merosi o'zining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan yillar, asrlar davomida yashab kelmoqda, shoira she'rlari bugungi o'quvchilarimizga ham katta zavq bag'ishlaydi. Ular xalq orasida keng yoyilgan. Hofizlar, xonandalar tomonidan shashmaqom ohanglarida haligacha kuylanib keladi".
Tayanch tushunchalar:

  • Uvaysiy

  • Shoshmaqom

  • "Karbalonoma"


  • "Voqeoti Muhammad Alixon"


  • "Mag'ziy"


  • “Xokiy”



Savol va topshiriqlar:

  1. Shoiraning hayot yo'li, yashash tarzi uning avlodlarida qanday iz qoldirdi?


  2. Uvaysiy ijodi merosi va mavzu ko'lami to'g'risida so'zlab bering.


  3. Uvaysiyning hayoti uning asarlarida qanday namoyon bo'lgan?


  4. Shoiraning so'fiyona ruhdagi she'rlari to'g'risida fikr yuriting.


  5. Uvaysiy g'azallarining badiiy jihatlariga to'xtaling.


  6. Shoira she'rlarida ayollarga, onalarga xos fikrlash yo'sini, tuyg'ular tizimi ko'ringan o'rinlarni toping.



Adabiyotlar:
  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007


  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001


  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006


  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005.





Yüklə 475,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin