Referat Mavzu: Navoiyshunoslik. Navoiy asarlarida til madhi. Bajardi: 2 kurs 204 guruh talabasi



Yüklə 475,2 Kb.
səhifə34/78
tarix17.04.2023
ölçüsü475,2 Kb.
#99069
növüReferat
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Marosim folklori-fayllar.org

MAVZU: UVAYSIY SHE’RIYATI


R E J A:

  1. Hayot yo'li.


  2. Uvaysiyningh ijodiy faoliyati


  3. "Uvaysiyman" radifli g'azali tahlili




Hayot yo'li. Jahon otin Uvaysiy 1789/90-yilda Marg'ilon shahridagi Childuxtaron mahallasida tug'ildi. Otasi Siddiq kosiblik bilan shug'ullansa-da, madrasa ko'rgan, she'r va musiqaga oshno kishilardan bo'lganligi uchun el orasida "Hofiz bobo" nomi bilan tanilgan edi. Ta'bi nazmi bor bo'lib, o'zbekcha va tojikcha she'rlar bitganligi ma'lum. Onasi Chinnibibi maktabdor otin bo'lib, qizlarga dars berardi. Akasi Oxunjon hofiz esa shaharda ko'zga ko'ringan xonanda va sozandalardan bo'lgan. Ziyoli oilada o'sib-ulg'aygan Jahon otin erta savodini chiqardi, arab va fors tillarini o'rgandi. She'rga, musiqaga ko'ngil qo'ydi. Ilk she'rlari bilanoq atrofdagilarning diqqatini tortdi.
Jahon otinni o'n yetti yoshida hamshaharlari Hojixon ismlik bir kishiga turmushga uzatadilar. Hojixon ma'rifatli, so'z va sozni xush ko'rgan, bir so'z bilan aytganda, shoiraga munosib turmush o'rtoq edi. Bu ahil oilada o'g'illari Muhammadxon va qizlari Quyoshxon tug'ildi. Jahon otinning "Uvaysiy" taxallusi bi­lan bitilgan she'rlari xalq orasiga yoyila bordi va uning dovrug'i bu vaqtlarda Marg'ilon hokimi bo'lib turgan Umarbekning umr yo'ldoshi shoira Nodirabegimga ham yetib bordi. Ikki oila bir-biri bilan yaqinlashib, Oxunjon hofiz saroy sozandasi qilib olindi. Hojixonga esa, hokimlikdagi martabalardan biri in'om qilindi. Biroq bu kunlar uzoq davom etmadi. Hojixon erta vafot etdi.
Umarxon Amiriy Qo'qon taxtiga o'tirgach, Nodirabegimning iltimosiga ko'ra Uvaysiy oilasini Qo'qonga ko'chirtirib keladi. U saroyda tab'i nazmi bor ayollar - Ko'ka bibi, Qo'zixon, Ulfat begimlar bilan tanishadi. Ojiza, Jahon bibi, Hayot, Baqo, Dilorom ismli shoira shogirdlarni tarbiyalaydi.
1822-yilda Amir Umarxon vafot etib, o'rniga o'g'li Muhammad Alixon o'tirgach, Uvaysiy xonadoniga notinchlik kirib keladi. Xon shoiraning o'g'li, 14-15 yoshli Muhammadxonning "Majnun" taxallusi bilan durustgina she'rlar bitishidan xabar topib, saroy xizmatiga mahram qilib oladi. Shu orada Uvaysiy bilan Muhammad Alixon orasida gap qochadi va xon shoiraning o'g'lini sarboz sifatida Qashqarga harbiy yurishga jo'natib yuboradi. Uvaysiyga o'g'lini qayta ko'rish nasib etmaydi. Bu narsa shoira­ga qattiq ta'sir qiladi. She'rlarida ayriliq ohangi kuchayadi. Uvay­siy Nodirabegimdan ijozat olib, Marg'ilonga qaytadi. Butun mehrini qizi Quyoshxonga berib, uning tarbiyasiga kirishadi. Quyoshxon "Xokiy" taxallusi bilan she'rlar yozar, dutor va tanburda ajoyib kuylar chalardi. U Abdusamad qori nomli kishiga uzatiladi. Lekin Quyoshxonning ijodiy fazilatlari mutaassib eriga yoqmaydi. Turmushda qattiq siquvga olingan Quyoshxon 30 yoshida olamdan ko'z yumadi. Uvaysiyning Hadicha ismli nabirasi bo'lgan va shoiraning so'nggi ilinji unda edi, lekin Uvay­siy 1850-yil hayotdan ko'z yumgani uchun bu orzusi ham ruyobga chiqmay qoladi.
Bibi Xadicha buvisi va onasining ijod yo'lini davom ettiradi. U "Azmiy" taxallusi bilan she'rlar yozgan. Xadicha Andijonning Mingtepasidan bo'lgan Abduqodir degan kishiga uzatilgan edi. Un­ing qizi Xoljonbibi ham "Mag'ziy" taxallusi bilan tanilgan shoira edi. Uvaysiy merosi bizga asosan, mana shu Xoljonbibi orqali yetib kelgan.

Yüklə 475,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin