Referat Mavzu: Navoiyshunoslik. Navoiy asarlarida til madhi. Bajardi: 2 kurs 204 guruh talabasi



Yüklə 475,2 Kb.
səhifə42/78
tarix17.04.2023
ölçüsü475,2 Kb.
#99069
növüReferat
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
Marosim folklori-fayllar.org

Shoir ijodi. Gulxaniy - iste'dodli shoir. U o'zbek va fors-tojik tilida bemalol ijod qila olgan zullisonayn hamdir. Shoir "Gulxaniy" va "Ju’rat" taxallusi bilan she'rlar yozgan. Ayrim adabiy manbalarda shoir hammomda go'laxlik, ya'ni o't yoquvchilik qilgan, shuning uchun o'ziga "Gulxaniy" deb taxallus olgan deyiladi. Zamondoshi Fazliy esa Muhammad Sharifning o'ziga "Gulx­aniy" taxallusini olish sababini shoirning devonavorligi, olovtabiatligidan kelib chiqqan deb hisoblaydi:
Xusho Gulxaniy shoiri purfanast,
Chi gulxanki, zebotar az gulshan ast
Zi devonaxo'yiyu otashfani
Taxallus nihoda ba xud Gulxaniy, —
ya'ni "Gulxaniy gulxandek shu'la tarqatuvchi san'atkor shoir. Gulxan nima bo'libdi, u gulxandan ham go'zalroq. U devona fe'lligi va otash tabiatligidan o'ziga "Gulxaniy" deb taxallus qo'ydi". Shoirning "Jur'at" taxallusini olganligi, uning jur'atli , jasur va qat'iyatli bo'lganidan nishona beradi. Gulxaniy adabiy merosini ikki turdagi asarlar - forsiy va turkiy tildagi she'rlari va " Zarbulmasal" asari tashkil qiladi. Turkiy tildagi she'rlari "Gulxaniy", forsiy tildagi she'rlari esa "Jur'at" taxallusi bilan yozilgan. Shoirni she'r va qasidalardan iborat devoni bo'lganligi haqida xabar bor, lekin u hali hanuz topilgan emas. Uning 12 ta g'azal va bir qasidasi Fazliy tazkirasi orqali bizgacha yetib kelgan. Shunga qaramasdan, bu sanoqli she'rlar shoirning badiiy mahorati haqida to'la tasavvur bera oladi. Gulxaniyning bizga ma'lum she'rlarini o'zi ham uning g'azalchilikdagi mahoratini va o'ziga xos uslubini belgilay oladi, ya'ni shoirning xos tomonlaridan biri she'rlari sodda, misralar samimiy va tushunarli, kezi kelganda xalqona:
Va'dalar qilib erding: "Shod etay seni g'amdin",
Ushbu g'amdajon berdim, qani ahdu paymonlar?!
San nechuk paridursen, topmadim so'rog'ingni,
Kezmisham quyun yanglig' vodiyu biyobonlar.
Gulxaniyni qon tortdi - azmi ko'yi yor etti,
Qatl etarga mijgonlar chekti tig'i uryonlar.
Shoirning mahorati shunda ko'rinadiki, shoir lirik qahramonining zabun holi, ma'shuqaning o'jarligi, vafosizligi, oshiqqa bergan azoblarini tasvirlovchi ishqiy manzumalarining tubida ham katta ijtimoiy mazmun, ijtimoiy voqelikka munosabat hukm suradi. Gulxaniyning mayjud she'rlari shoir ijodining badiiy mahora­tini bemalol belgilay oladi. Chunonchi, shoirning "Biri" radifli g'azalida shoir o'zining poetik imkoniyatini, ijodiy salohiyatini namoyon etadi. Shoir o'zining otashin ishqini sevgilari dunyoga doston bo'lgan Farhod, Majnun kabilarning tuyg'ulariga mengzaydi, hatto o'zidagi ishq o'tini ularnikidan ko'ra haroratliroq deb ham baholaydi.
Gulxaniyning purma'no baytlarida xalq hikmatini eslatuvchi satrlar ham bor.
O'z makonin tilar hargiz qafasdin qochsa qush,
Eyki, istarsiz ko'ngulni, zulfi ham torin ko'rung.
Mumtoz adabiyotimizda "irsoli rnasal" degan san'at bor. Bu she'riyat va nasrda ifodala-nayotgan biron fikrni isbotlash uchun xalq maqolini keltirish san'ati sanaladi. She'riyatda maqol har doim ham aynan qo'llanmaydi, ko'p hollarda maqollar ma'nosi she'r mazmuniga singdiriladi. Shuningdek, yuqoridagi biz keltirgan baytda ham xuddi shunday hol mayjud, baytning birinchi misrasida xalq orasida keng qo'llaniladigan "O'z uying o'lan to'shaging" maqoli she'rning mazmuniga singdirilgan.

Yüklə 475,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin