1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)
Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti. Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk xoqonligi tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo‘lib, ular o‘rtasida tinimsiz to‘qnashuvlar ro‘y berib turar edi. Ayniqsa, Turk xoqonligi bilan sosniylar Eroni o‘rtasidagi to‘qnashuvlar o‘ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu xudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movarounnahr hududida yashovchi xalqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo‘qligi, o‘zaro qirg‘in-barotlarning avj olishi sabab bo‘ldi.
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so‘zi arabcha o‘zini to‘shirish, itoat, bo‘ysunish, tinchlik kabima’nolarini anglatadi. Islom dini bayrog‘i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo‘yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil to‘gan.
Qur’on va hadislarda islomiy ta’limotning asosi bayon qilingan. Qur’on - muqaddas kitob. Unda islom qoidalari, iymon-e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini to‘gan. U 114 sura va ular tarkibidagi oyatlardan tashkil to‘gan.
«Sunna» esa hadislar majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to‘ldiradi. Unda Muhammad payg‘ambarning so‘zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan.
Qur’on va sunnadan keyingi muhim manba - shariatdir. Shariat (to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l demakdir) - islomda huquqiy, axloqiy me’yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo‘nalishlar - sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorga oid masalalarda o‘zaro faqrlanib turadi. Abu Mansur Moturidiy kalom ilmining aql maqomiga alohida e’tibor qaratgan Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. Mu’taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka xudolikning adolatli ekanini, Qur’onning tangri tomonidan yaratilganligini, iroda erkinligini yoqlab chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir . Uning oxirgi vakillaridan biri Zamahshariydir.
Kalom islom ilohiyotining o‘ziga xos falsafiy ta’limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishga uringan. U Qur’onga tayanib, jannat va do‘zaxning azaliy ekanligini, insonda iroda erkinligining yo‘qligini, lekin insonning Olloh oldida o‘z qilmishlari uchun mas’ul ekanligini asoslab berishga harakat qilgan.
Bunday ma’naviy jarayonlar bilan yonma-yon islomda mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o‘rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari shakllana borgan. Bu islomiy ma’naviyatning dunyoviy va diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro‘y berayotgan jarayonlarga nisbatan tashabbuskor bir kuch ekanini ko‘rsatib turibdi.