Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari


Tabiat tushunchasining falsafiy tahlili



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə55/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

Tabiat tushunchasining falsafiy tahlili. «Tabiat» tushunchasi eng muhim va keng qo‘llaniladigan falsafiy kategoriyalardan biridir. Bu atama bir necha talqinga ega bo‘lib, falsafada ko‘pincha u keng, tor va maxsus ma’noda ishlatiladi. Mazkur ma’nolarning har biri, o‘ziga xos xususiyatga ega.
Tabiat tushunchasining keng ma’nosi borliqni, butun dunyoni barcha rang-barang shakllari bilan jamuljam holda aks ettiradi. Bu ma’noda «tabiat» atamasi borliqqa nisbatan tatbiq etiladi va «materiya» kategoriyasidan ham kengroq falsafiy kategoriya sifatida amal qiladi, zero u moddiy va ma’naviy asoslarning birligidan iborat muayyan yaxlitlik sifatidagi insoniyatni ham o‘z ichiga olgan Koinotning butun moddiy-energetik va axborot dunyosini qamrab oladi. Ayni shu ma’noda «tabiat» tushunchasi falsafaning borliq muammolari o‘rganiladigan sohasi, ya’ni ontologiyada keng qo‘llaniladi. Mazkur atama ko‘rsatilgan ma’noda falsafada ko‘proq XIX asrgacha ishlatilgan.
Tabiat tushunchasining tor ma’nosi XIX asrda hayotning paydo bo‘lishi va Erdagi evolyusiya jarayonlari muammolarini tushunishga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga kelishi, shuningdek Inson dunyoda o‘z o‘rnini anglab etishi bilan shakllana boshladi. Shu ma’noda «tabiat» atamasi muayyan hajmgacha torayib, ob’ektiv borliqning biosfera (J.Lamark 1802 yilda biosfera atamasini muomalaga kiritgan), ya’ni «hayot sohasi» deb nomlagan qisminigina anglata boshladi. Biosfera jonsiz tabiatning avvalgi rivojlanish mahsuli bo‘lib, Erning hayot kechayotgan nozik qatlamini tashkil etadi. U atmosfera, gidrosfera va litosferaning yuqori qismini qamrab oladi.
Biosferada inson alohida o‘rin egallaydi. U jonli tabiatning tabiiy qismi bo‘lsada, vaqt o‘tishi bilan unga qarshilik ko‘rsatuvchi faol asosga aylandi. Bu faktni u ekologiya muammolari yig‘ilishiga qarab anglay boshladi. Mazkur muammolar keskinlashgani sari inson o‘zining o‘zgargan holati haqida yanada teranroq mulohaza yuritib, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqasi masalasini ilmiy, falsafiy va amaliy nuqtai nazardan echishga harakat qila boshladi.
Shu ma’noda, tabiat insonni qurshagan muhitni, ya’ni borliqning biosferadan biologik tur sifatida o‘rin olgan insonning mavjudlik sharoitlari majmui sifatida amal qiladigan qismini anglata boshladi.
INSON BORLIG‘Ining. tahlilida insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig‘ini farqlash o‘rinli bo‘ladi.
Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma’noda uning qonunlariga bo‘ysunadi. Tananing mavjudligi inson o‘limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo‘qlik dialektikasi bilan bog‘lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok bo‘lish holatlaridan o‘tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga o‘tadi. Inson tanasi mavjud bo‘lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta’minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o‘z-o‘zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini ta’minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega bo‘lish ehtiyojida o‘z ifodasini topadi;

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin